Shaxsga yoʻnaltirilgan yondashuv chet tili ta’limida nafaqat ilmiy bilimlar berish, balki ta’lim jarayonining ishtirokchilari (oʻquvchilar, oʻqituvchilar, ota-onalar) munosabatlarining faol shakllariga asoslangan ta’lim jarayonini tashkil etadi. Ushbu yondashuv oʻquvchining xarakteri va rivojlanish yoʻnalishini oʻrganish, ularning qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda, chet tillarda muloqot koʻnikmalarni shakllantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, oʻquvchining rivojlanish dinamikasini uning oldingi holati bilan taqqoslash orqali amalga oshirishni koʻzda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |