О‘zbekiston respublikasi


XULOSA 85 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI



Download 2,28 Mb.
bet3/71
Sana14.08.2021
Hajmi2,28 Mb.
#147159
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Bog'liq
ХАЙИТОВА ДИЛАФРУЗ

XULOSA 85

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI 87
KIRISH

Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi.

Vatanimiz mustaqillikka erishgach, asosiy e‘tibor ta’lim tizimini isloh qilishga qaratildi. Birinchi prezidentimiz “… bilimdon, professional jihatdan savodli ɡʻayrat-shijoatli shaxslarni oʻz mamlakatining chinakam vatanparvarlarini tarbiyalay oladigan, ularni buyuk milliy madaniyatli ulkan ma’naviy merosi bilan boyita oladigan, jahon fani va madaniyati durdonalaridan bahramand eta oladigan mamlakatgina, millatgina buyuk kelajakka erishishi mumkinligini yoddan chiqarmasligi lozim” [1, 1995] degan soʻzlari asosida Kardlar tayyorlash milliy dasturi ishlab chiqildi. Mazkur dastur “yuksak, umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy siyosiy hayotda mustaqil ravishda moʻljalni toʻɡʻri ola bilish mahoratiga ega boʻlgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodni shakllantirish” ga yoʻnaltirildi. [1, 1995]

Ushbu hayotbaxsh ɡʻoyalarni amalga oshirish uchun, avvalo, maktabgacha ta’lim, umumta’lim, oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi va ikki bosqichli oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ta’lim (doktorantura, malaka oshirish va qayta tayyorlash) turlaridan iborat uzluksiz ta’lim tizimi yaratildi. Oʻzbekiston milliy modeli deya e‘tirof etilgan ushbu dastur ikkinchi bosqichida ta’lim mazmunini yangilash, ta’limda sifat samaradorligini ta’minlash, ta’limning barcha boʻɡʻinlariga zamonaviy pedogogik va axborot texnologiyalarini tatbiq etishga kirishildi.

Xususan, ta’lim bosqichlarida barcha fanlarni oʻqitishda AKT vositalarini qoʻllashning dasturiy manbalarini yaratish yuzasidan respublika prezidentining farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qator qarorlari chiqdi. Mazkur me‘yoriy hujjatlar dasturulamal sifatida ta’limning barcha boʻɡʻinlarida katta oʻzgarishlar yuz berishiga olib keldi va bugungi kunda oʻzining samarali natijalarini bermoqda.

Ma’lumki, axborot manbalaridan foydalanish nafaqat AKT vositalarini bilishni, balki chet tillarini ham puxta egallashni taqazo etadi. Shu bois respublikamizda “Ta’lim toʻɡʻrisida”gi qonun hamda “Kadrlar tayyorlash” milliy dasturini amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillarni oʻrganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘ɡʻrisida”gi 1875-sonli qarorning e‘lon qilinishi respublikamizda chet tillarni uzluksiz oʻqitishni tashkil qilish, ta’lim bosqichlari uchun belgilangan davlat ta’lim standartlarini jahon ta’lim standartlariga muvofiqlashtirish va xorijiy tillarni oʻqitish tizimini tubdan yaxshilash vazifalarini qoʻydi. Buni amalga oshirish ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik uslublarni tatbiq etish, xorijiy tillarni oʻqitishda turli xil ped texnalogiyalar yordamida, interaktiv metodlardan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyishni ham taqozo etadi. Ma’lumki, xorijiy til ta’limida talabalarning nutqiy kompetentsiyalarini rivojlantirishda tinglab tushunish va soʻzlash malakalari yetakchi oʻrinda turadi. Bunda leksik va grammatik kompitensiyalarning amaliy ahamiyati nihoyatda katta boʻlgani bois bugungi kunda, xususan, akademik litsey, kollej, maktablarda leksik va grammatik kompitensiyalarni turli xil inovatsion metodlar bilan oʻrgatish davr talabi boʻlmoqda. Biroq grammatik kompetensiyalarini rivojlantirishda innovatsion metodlardan foydalanishning didaktik va ilmiy-metodik asoslarini ishlab chiqilishi davlat ta’lim standartlari talablarining bajarilishi va ta’lim samaradorligining ortishida muhim omillardan biri hisoblanadi. Ushbu masala bugungi kungacha maxsus tadqiqot obyekti sifatida toʻliq oʻrganilmagan. Tadqiqot ishining dolzarbligi shular bilan asoslanadi.

Mavzuning Respublikada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yoʻnalishlariga mosligi. Tadqiqot ishi mavzusi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillarni oʻrganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻɡʻrisida”gi 1875-sonli qarorida belgilangan ustuvor vazifalarga toʻla mos keladi.

Tadqiqot ishining maqsadi zamonaviy nemis tilini oʻqitishda predloglarning multimedia vositalari, interaktiv metodlar, oʻyinlar yordamida talabalarning nutqiy kompetentsiyalarini rivojlantirishning samarali metodikasini ishlab chiqishdan iborat.

Tadqiqot maqsadidan kelib chiqqan holda tadqiqot ishining vazifalari sifatida quyidagilar rejalashtirildi:

- nemis tilida predlodlarning etimologiyasi, xususiyatlari aniqlash;

- predloglarning boshqarilish sistemasini koʻrib chiqish;

- predloglarning qoʻllanilishidagi muammoli vaziyatlar;

- predloglarning zamonaviy innovatsion texnalogiyalar orqali oʻrgatish usullari;


Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish