Mavjud vaziyat
TXK va ta’mirlash ishlari ishlab chiqarish binosining maxsus jihozlangan
ishchi postlari va ustaxonalarida bajariladi. Avtomobillarning o’zida bajariladigan
ishlar post ishlari deb ataladi va maxsus postlarda bajariladi. Ayrim ishchi postlar
ba’zi ishlarni bajarishga ixtisoslashgan bo’lishlari mumkin, masalan, moylash va
moylarni almashtirish posti, tormozlarni tekshirish va sozlash, oldingi g’ildiraklarni
o’rnatish burchaklarini nazorat qilish va sozlash postlari va h.k. TXK va
ta’mirlashning barcha umumiy ishlari (sozlash, qotirish, agregatlar, qismlarni
o’rnidan ajratib olish va o’rniga qo’yish va h.k.) universal postlarda bajariladi va bu
ishlar katta hajmni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: