Yevropa Markaziy banki quyidagi birlikdagi banknotalarni emissiya qiladi, ya‘ni, 1,5,10,20,50,100,200,500 yevrolarni emissiya qiladi. Yuqoridagi rasmdagi ma‘lumotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, 200 va 500 yevrolik banknotalar emissiyasi 2008 yildan 2014 yilga qadar o‘zgarmay qolgan. 5,10,20,100 yevrolik banknotalar emissiyasi shu yillar davomida qisman ortgan. Ammo faqat 50 yevrolik banknota emissiyasi 2008 yildan 2014 yilga qadar juda katta tezlikda ortib borgan. Jumladan 2008 yilda 50 yevrolik banknota 4,2 mlrd. dona emissiya qilingan bo‘lsa, 2014 yilga kelib esa 7,5 mlrd. donaga yetgan. Bu holat shundan dalolat beradiki, aholining talabi nisbatan 50 yevrolik banknotalarda yuqori darajada. Shu bilan birga YMB pul siyosati Yevrohudud aholisining iste‘mol darajasini oshirishga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |