4.4.5-rasm. To‗lov talabnomalari bo‗yicha hisob-kitoblardagi hujjatlar aylanishi50
Maqsulot jo‗natuvchi korxona bilan maqsulot oluvchi korxona o‗rtasida xo‗jalik shartnomasi tuziladi.
Maqsulot jo‗natuvchi korxona maqsulot oluvchi korxonaga tovar jo‗natadi.
Maqsulot jo‗natuvchi korxona o‗ziga xizmat ko‗rsatuvchi bank bo‗limiga to‗lov talabnomasi va tovar-transport hujjatlarini taqdim qiladi.
Maqsulot jo‗natuvchi korxona banki maqsulot oluvchi korxona bankiga pochta yoki kurerlar orqali hujjatlarni jo‗natadi.
Maqsulot oluvchi korxona banki kelib tushgan to‗lov talabnomasini
akseptlash uchun maqsulot oluvchi korxonaga beradi.
Korxona o‗z bankiga akseptlangan talabnomani taqdim etadi.
Maqsulot oluvchi korxona banki talabnomada ko‗rsatilgan summani to‗lovchi korxona hisob varag‗idan chegirib, talabnoma bo‗yicha to‗lovni amalga oshiradi.
Maqsulot oluvchi korxona banki hisob Markaziga to‗langan elektron to‗lov talabnomasini modem orqali jo‗natadi.
Hisob Markazi elektron to‗lov tizimi orqali to‗langan talabnomani maqsulot sotuvchi korxona bankiga o‗tkazadi.
Maqsulot sotuvchi korxona banki talabnoma summasini maqsulot
sotuvchi korxonaning hisobvarag‗iga o‗tkazadi.
To‗lovning kelib tushganligini habar qilish uchun kompyuterda chiqarilgan elektron to‗lov talabnomasining ikkinchi nusxasini hisobvaraqdan ko‗chirma bilan birgalikda maqsulot sotuvchi korxonaga topshiradi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarning boshqa shakllari kabi to‗lov talabnomasi bo‗yicha hisob-kitoblar xam ma‘lum bir afzallik va kamchiliklarga ega. To‗lov talabnomalari bilan hisob-kitoblarnig afzalliklari quyidagilardan iborat:
Maqsulot sotuvchi bilan maqsulot oluvchi tomonlar bir-birini o‗zaro
nazorat qilishga kulay.
Maqsulot oluvchiga tovarni jo‗natish kechiktirilmaydi.
Mol jo‗natuvchi bilan hisob-kitob qilish uchun maqsulot oluvchining mablag‗ini aloxida hisobvaraqda deponent qilib ko‗yish talab etilmaydi, ya‘ni to‗lovchining mablag‗lari biror muddatga oborotdan tashqariga chiqib ketmaydi.
To‗lovchiga taqdim etilgan hujjatlar asosida mol etkazib beruvchining shartnoma shartlari .ay darajada bajarilishini tekshirish huquqi beriladi, shu bilan birga shartnoma shartlaridan biri buzilgan holda to‗lov to‗lashdan bosh tortish huquqiga ega bo‗ladi.
Mol oluvchi hisob varag‗idan akseptsiz talabnomalar bo‗yicha mablag‗larning majburiy olinishi maqsulot etkazib beruvchi yoki xizmat ko‗rsatgan tomon manfaatlariga mos keladi.
50 Ўзбекистон Республикаси Марказий банки маълумотлари асосида тузилди.