Kuchli fiskal dizbalans valyuta inqirozini keltirib chiqaradi.
Ko‗rib o‗tganimizdek, kuchli fiskal dizbalans bank balansining yomonlashuviga olib keladi, o‗z navbatida yuqorida tasvirlanganidek valyuta inqirozini yuzaga kelishiga olib keladi. Fiskal dizbalans bevosita valyuta inqirozini keltirib chiqaradi. Davlat byudjeti defitsiti nazoratdan chiqib ketsa, xorijiy va maxalliy investorlarda davlat qarzini to‗lash borasida muammolar mavjudligi to‗g‗risida shubhalanisha boshlaydi. Bu holat xorijiy va mahalliy investorlar tomonidan mamlakatdan pulni olib chiqib ketish va milliy valyutani sotish jarayoni boshlanadi. Fiskal holatning nazoratdan tashqarida ekanligini tan olinishi valyutaga nisbatan spekulyativ hujumni keltirib chiqaradi. Natija valyutaning sinishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |