O‗zbekiston respublikasi



Download 2,96 Mb.
bet174/288
Sana22.07.2021
Hajmi2,96 Mb.
#126115
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   288
Bog'liq
MM uzb 2 60678

Nyu-York Federal Zaxira Banki bir nechta sabablarga ko‘ra asosiy axamiyatga ega. Birinchidan butun amerika moliya tizimining xolatini xavfsizlik va farovonligini belgilovchi AQSHning kupchilik yirik xususiy banklar bu tumanda joylashgan. Nyu-York Federal Zaxira Banki barcha bank xolding kompaniyalari va uz tumanidagi shtat ma‘muriyati bilan litsenziyalangan banklarni, shuningdek AKSHning yirik moliya tizimi muassasalarini faoliyatini nazorat kiladi. Xayratlanarli emas, bank nazorat guruxi- Nyu-York Federal Zaxira Bankida va FZT eng yirik bulinmasi xisoblanadi.

Nyu-York bankining asosiy o‘rin egalashining ikkinchi sababi - bu uning obligatsiyalar va valyuta bozorlaridagi aktiv faoliyati. Nyu-York Federal Zaxira Banki tarkibiga, ochiq bozordagi operatsiyalarni (obligatsiyalarni sotish va sotib olish) olib borish uchun javobgar savdo bo‘limi kiradi. Bu operatsiyalarni miqyosini bank tizimining zaxiralarining miqdori belgilab beradi. Xazina qimmatli qogozlari bozoridagi aktiv faoliyatiga binoan va Nyu-York va Amerika fond bozorlariga teritorial yaqinligi bo‘lgan, Nyu-York Federal Zaxira Banki boshliqlari, doimiy ravishda AQSHning asosiy moliya bozorlari bilan aloqadorlikni olib borishadi. Bundan tashqari bank valyuta bozoridagi operatsiyalar bo‘yicha bo‘linmalarini, valyuta intervensiyalarini FZT va AQSH g‘aznachiligi nomidan olib borilishini o‘z ichiga oladi. Bu moliya bozorlaridagi faoliyat Nyu-York Federal Zaxira Bankini mamlakatdagi va chet eldagi moliya bozorlaridagi tadbirlari xaqida, ayniqsa inqiroz vaqtida va FZTning boshqaruvchilari va boshqa bozor ishtirokchilarini aloqalari xaqida ma‘lumot bilan ta‘minlab turadi.

Nyu-York Federal Zaxira Bankining 3 asosiy o‘rin egalashining sababi, bu- xalqaro xisoblar Bankining (Bank for InternationalSettlements, BIS) ishtirokchisi bo‘lib xisoblanuvchi yagona FZbankidir. Shuning uchun FZB prezidenti, boshqarma kengashi ishtirokchilari bilan bir qatorda chet davlatlari asosiy banklari bilan birgalikda xar oylik majlislarda FZTni taqdim etadi. Chet davlatlari markaziy banklarining boshqaruvilari bilan yaqin aloqasi va valyuta bozorlaridagi faoliyati, Nyu-York Federal Zaxira Banki xalqaro aloqalarda markaziy banklararo va boshqa ishtirokchilari o‘rtasida asosiy o‘rin egalashini ko‘rsatadi. Undan tashqari Nyu-York Federal Zaxira Bankida 100mlrd.dollariga yaqin oltin zaxira mavjud – Fort Knoxdan ko‘prok.

Nixoyat, Nyu-York Federal Zaxira Bankining presidenti - federal rezerv prezidentlari o‘rtasida yagona FOMC ning doimiy ishtirokchisi va shu kengashning vitse-prezidenti bo‘lib xisoblanadi. Shu sababli Nyu-York Federal Zaxira Bankining prezidenti, boshqarma kegashining prezidenti va vitse prezidenti

bu FZTdagi 3ta muxim shaxslar bo‘lib xisoblanadi.





FRS okrugi

  1. rasm. Federal zaxira tizimi.121

    • FRS boshqaruv Kengashi

    • FRS Banklari

    • FRS bank filiallari

    • FRS Okrugi chegaralari

(Alaska va Gavai 12 okrud ichiga kiradi)

Barcha federal zaxira banklari- bu xususiy kvazi (ma‘lum kismi davlatga tegishli) muassasalari. Uning egalari – viloyat xususiy tijorat banklari FZTmi ishtirokchilari. Bu banklar FZBning uzining viloyatidagi aksiyalariga ega va shu aksiyalar buyicha dividentla yillik 6%dan oshmasligi kerak. Xar bir viloyatda ishtirokchi-banklar 6ta viloyat federal banki direktorini saylashadi; yana 3tasini FZT boshkarma kengashi tayinlaydi. Bu 9ta direktor bank prezidentini saylab so‘ngra uni boshqarma Kengashi tasdiqlaydi.

Viloyatlararo direktorlari 3ta kategoriyaga bo‘linadi. A kategoriyaning 3ta direktori (bank ishtirokchilari tomonidan tayinlagan) – bu professional bankirlar, yana 3ta B kategoriya direktorlari, - yirik sanoat kompaniyalari, qishlok xo‘jaligi yoki xizmat bo‘limi boshqaruvchilari. Boshqaruv kengash bilan tasdiklangan 3ta S kategoriya direktori, jamiyat manfaatlarini taqdim etib, boshqaruvchi, xizmatchi yoki bank aksioneri bo‘lla olmaydilar. Federal Zaxira Konuni mualliflari direktor tanloviga shunday yondashilganki xar bir federal zaxira banki direktorini amerikaning barcha viloyat bo‘linmalari taqdim qilishi shart.

Download 2,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish