Algoritm nima degan savolga, u asosiy tushuncha sifatida qabul qilinganligidan, uning faqat tavsifi beriladi, ya’ni biror maqsadga erishishga yoki qandaydir masalani yechishga qaratilgan ko’rsatmalarning (buyruqlarning) aniq, tushunarli, chekli hamda to’liq tizimi tushuniladi.
Algoritm - berilgan natijaga erishish uchun qilinishi kerak bo‘lgan aniq ko‘rsatmalar ketma-ketligi. Algoritm keng ma’noda faqat kompyuterga oid atama bo‘lmay, balki unda berilgan ko‘rsatmalarni bajara oluvchi har qanday narsaga oiddir.
Algoritm, algorifm — ma’lum bir turga oid masalalarni yechishda ishlatiladigan amallarning muayyan tartibda bajarilishi haqidagi aniq qoida (dastur). Kibernetika va matematikaning asosiy tushunchalaridan biri. O‘rta asrlarda sanoqning o‘nli tizimi bo‘yicha to‘rt arifmetik amal bajariladigan qoidani algoritm deb atashgan. Bu qoidalarni matematikaga 9-asrda al- Xorazmiy kiritgan. Yevropada bunday qoidalar uning tugilgan yurtiga nisbatan lotinchalashtirilgan (Algoritmus yoki Algorithmus shaklida "algorizm" deyilgan), keyinchalik "algoritm"ga aylangan" (akad. A. N. Kol- mogorov). Fanda "Yevklid algoritmi", "G‘iyosiddin Koshiy algoritmi", "Laure algoritmi", "Markov algoritmi" deb ataluvchi algoritmlar ma’lumalgoritm tushunchasi tobora kengayib borib, kibernetikaning nazariy va mantiqiy asosi
hisoblangan algoritmlar nazariyasi paydo bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasida da bir necha ilmiy tatqiqot muassasalari va hisoblash markazlarida algoritmdan foydalanish sohasida samarali ishlar olib borilmoqda. Masalan, O‘zbekiston FA "Kibernetika" ilmiy ishlab chiqarih birlashmasida, O‘zbekistondagi barcha unuveritetlarda, Toshkent davlat texnika universitetida, O‘zR Makroiqgisod va statistika vazirligi qoshidagi Hisoblash markazi va boshqa muassasalarda olib borilayotgan ishlar bunga misol bo‘la oladi.
"Algoritm" atamasi mashhur matematik, yurtdoshimiz Al-Xorazmiy nomi bilan bog‘liq bo‘lib uni lotinlashtirilishidir. Bizga ma’lum bo‘lgan eng qadimiy algoritm bu Yevklid algoritmidir. Algoritmlar nazariyasi, ayniqsa, XX asrda juda rivojlanib, u bilan Tyuring, Post, CHyorch, Viner, Markov, Kolmogorov kabi yuksak olimlar shug‘ullanishgan.
Hisoblash mashinasiga algoritm dastur shaklida beriladi. Bitta masalani yechishning bir necha algoritmi mavjud bo‘lishi mumkin. Ular orasida eng samaralisini, bajarilishi uchun eng kam amallar, mashina vaqti, xotira va h.k.ni talab qiluvchi algoritmni tanlash lozim.
Qo‘yilgan biror masalani kompyuterda yechishuchun, avval uning matematik
modelini, keyin esa yechish algoritmi va dasturinituzish kerak bo‘ladi. Ushbu uchlikda algoritm bloki muhim ahamiyatga ega. Endialgoritm tushunchasining ta’rifi va xossalarini bayon qilamiz. Masala echiminicheklangan qadamlar natijasida hosil qiladigan, oldindan tayinlangan va aniqbelgilangan qoidalar yoki buyruqlar ketma- ketligi algoritm deyiladi. Soddaroqqilib aytganda, algoritm bu - oldimizga qo‘yilgan masalani yechish uchun zarurbo‘lgan amallar ketma- ketligidir. Algoritm tuzish - bu dasturlashdir, algoritmnituzuvchilar esa dasturchilardir.
Algoritmni tasvirlash usullari
-So’zlar yordamida
-Formulalar yordamida
-Jadval yordamida
-Grafik yordamida
ALGORITMNI FORMULALAR YORDAMIDA IFODALASH
*Qo’llaniladigan fanlar Matematika,fizika, kimyo,biologiya
*Formulalar yordamida mashq va masalalar yechishning umumiy shakldagi chiziqli algoritmi
*Formula berilsin
1-amal(qadam) bajarilsin 2-amal bajarilsin
3-amal bajarilsin 4-amal bajarilsin
...........................
n-amal;formula chiqarilsin va yechim amal tugallansin
Masalan, ax2+bx+c=0 kvadrat tenglamani yechish uchun quyidagi amallar ketma-ketligi zarur bo‘ladi:
a, b, c koeffitsiyentlar berilgan bo‘lsin.
Berilgan a, b, c koeffitsiyentlar yordamida discriminant.
D b2-4ac hisoblanadi.
D>0 bo‘lsaX 2 hisoblanadi.
D<0 bo‘lsa, haqiqiy echimi yo‘q.
Misol sifatida berilgan a, b, s tomonlari bo‘yicha uchburchakning
yuzasini
0>
Do'stlaringiz bilan baham: |