Marketing tizimini axborot bilan ta’minlash - 1) marketing
hujjatlarini rasmiylashtirish usullari va vositalari majmuasi, marketing
tizimining holati va xulq-atvori to‘g‘risidagi ma’lumotlarni izlab topish,
kodlashtirish va saqlashni tashkil etish; 2) marketing tizimining normal
faoliyat ko‘rsatishini ta’minlovchi quyi tizimlardan biri (tashkiliy,
huquqiy, iqtisodiy, texnik, dasturiy, matematik ta’minot va boshqalar); 3)
marketing axborotlari manbai, uning asosida korxona menejmenti turli xil
boshqaruv qarorlarini qabul qiladi; 4) ma’lumotlarni olish, ishlov berish,
tizimlashtirish va ularni «iste’mol uchun tayyor» axborotga aylantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |