O`zbеkistоn rеspublikasi



Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/156
Sana07.07.2021
Hajmi1,36 Mb.
#111059
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   156
Bog'liq
marketing fanidan oquv metodik material

 
 
9.1-jadval 
«Tovar-bozor» matritsasi 
Tovar 
lar 
Bozorlar 
joriy 
yangi 
Joriy 
bozorga chuqurroq kirib 
borish strategiyasi 
bozorni rivojlantirish strategiyasi 

  yangi bozorlar; 


 
164 
 
 

  sotishni jadallashtirish; 

  yangi xaridorlarni qidirish; 

  raqobatchilarni sindirish; 

  tovarning  iste’mol  sohasi 
kengayishi 

  yangi sotish hududlari; 

  xalqaro bozorlar; 

  tovardan  foydalanishning    yangi 
sohalarini tuzish 
Yangi 
Tovarni takomillashtirish 

 
o‘z kuchi bilan yangi tovar 
ishlab chiqarish; 

  bitimlarni rivojlantirish; 

  litsenziya; 

  mahorat bilan ayirboshlash 
Diversifikatsiya 

  gorizontal; 

  vertikal; 

  konsentrik 
 
Bozorga  chuqurroq  kirib  borish  strategiyasida  tovar  sotishni  yanada 
ko‘paytirishga,  tovarni  iste’mol  sohasini  kengaytirishga,  foydalanilmay 
qolgan imkoniyatlarni ishga solish hisobiga o‘sishga erishish mumkin.  
Tovarni 
takomillashtirishda 
uning 
ozgina 
xossa-xususiyatini 
o‘zgartirgan  holda  egallab  turgan  bozorda  yangi  tovar  ishlab  chiqarishga 
erishish mumkin. 
Bozorni rivojlantirish strategiyasida yangi bozorlarda mavjud tovarlar 
bilan o‘sishga erishish, bozor hududlarini kengaytirish nazarda tutiladi. 
Diversifikatsiya  strategiyasi  ishlab  chiqarilayotgan  tovarga  yaqinroq 
bo‘lgan  tovarni,  tovardan  tubdan  farq  qiluvchi  boshqasini  ishlab 
chiqarishni  o‘zlashtirishni  nazarda  tutadi.  Diversifikatsiyani  uchta  turi 
mavjud: gorizontal, vertikal va konsentrik. 
Gorizontal diversifikatsiya deganda ilgarigi tovralarga o‘xshash ishlab 
chiqarish, texnik, ta’minot va sotish sharoitlariga yaqin bo‘lgan tovarlarni 
ishlab chiqarish tushuniladi. 
Vertikal  diversifikatsiya  esa  ilgarigi  tovar  ishlab  chiqarishni  sotuv 
yo‘nalishi sifatida ham tovar dasturining chuqurligini o‘stirishni anglatadi. 
Masalan, go‘sht mahsulotlarini sotuvchi maxsus do‘kon mol yetishtirishni 
o‘zlashtirishi mumkin. 
Konsentrik  diversifikatsiya  korxona  uchun  yangi  tovarni  ishlab 
chiqarishni ko‘zda tutadi. 
Diversifikatsiya tovarlarni turli-tumanligi hisobiga jalb  etuvchanligini 
yaxshilashga asoslanadi. 
Tovar  diversifikatsiyasining  maqsadi,  iste’molchilarni  tovarni  afzal 
ko‘rish,  alohida  bozor  yoki  bozor  segmenti  xususiyatlarini  hisobga  olish 
orqali  tovarni  jalb  etuvchanligini  oshirish,  uni  raqobatbardoshligi  ortishi 
hisoblanadi. 
Tovar diversifikatsiyasi quyidagi omillar bo‘yicha amalga oshiriladi: 


 
165 
 
 

  tovarning qo‘shimcha imkoniyatlari; 

  tovardan foydalanish samaradorligi; 

  komfortlilik; 

  ishonchlilik; 

  tovar dizayni va uslubi. 
Tovar  diversifikatsiyasi  firmaning  tovar  siyosatida  muhim  o‘rin 
egallaydi.  Bu  strategiya  yangi  sotuv  bozoriga  taklifni  rejalashtirishda 
qo‘shimcha  tovarlarni  ishlab  chiqarishni  boshlaganda  qo‘llaniladi. 
Diversifikatsiya  firma  faoliyatida  barqaror  o‘sishini  ta’minlash  uchun 
samarali vosita sifatida ilgari suriladi. 
Yangi  tovarlarni  ishlab  chiqish  va  qo‘llash  innovatsiya  siyosatining 
tamoyil va uslublariga, xususan, tovar innovatsiyasi jarayoniga mos holda 
amalga oshiriladi. 
Tovar innovatsiyasi jarayoni 6 bosqichni o‘z ichiga oladi: 

 
yangi tovar haqida g‘oya izlash; 

 
g‘oyani tanlash; 

 
yangi tovar g‘oyasini tijoratlashtirishning iqtisodiy tahlili; 

  tovarni ishlab chiqish; 

 
bozor sharoitida uni tajribadan o‘tkazish; 

 
tovarni bozorga qo‘llash. 
Tovar innovatsiyasi jarayoni yangi tovar haqidagi g‘oyani izlash bilan 
boshlanadi.  Yangi  tovar  g‘oyasini  izlashni  asosi,  tovar  haqidagi  ichki  va 
tashqi g‘oyalar manbai hisoblanadi. 
Tashqi  tovar  haqidagi  g‘oyalar  manbaiga:  savdo  korxonalari,  xaridor 
va  iste’molchilar,  raqobatchilar,  yarmarka  va  ko‘rgazmalar,  tadqiqot 
institutlari, ta’minotchilar, vazirliklar va boshqa davlat institutlari kiradi. 
Tovar  haqidagi  ichki  g‘oyalar  manbaiga:  marketing  tadqiqotlari 
bo‘limi,  ishlab  chiqarish  bo‘limi,  marketing  bo‘limining  barcha  qismlari, 
xalqaro iqtisodiy hamkorlik bo‘limi, tovarni tayyorlash bo‘limi kiradi. 
Tovar  innovatsiyasi  jarayoni  bosqichlari  o‘z  mazmuniga  ko‘ra  yangi 
tovarni rejalashtirish jarayonini ifodalaydi. 
Yangi tovarni rejalashtirishning vazifasi  muqobil variantlarni  qidirish 
va ishlab chiqishdan iboratdir. 
 Yangi  tovarni  rejalashtirish  uchun  turli  uslublar  qo‘llaniladi.  Yangi 
tovar  haqidagi  g‘oyani  baholashda  bozorni  tadqiq  qilish  va  ijodiy 
uslublardan foydalaniladi. 
Iqtisodiy  tahlil  bosqichida  foydani  solishtirish,  zararsizlikni  baholash 
uslubi, xavf-xatar tahlili uslublaridan foydalaniladi. 


 
166 
 
 
Tovarni  ishlab  chiqish  bosqichlarida  tovar  ishlab  chiqish  uslublari, 
tovar  markasini  ishlab  chiqish  texnikasi  uslublari,  xarajatlarni  hisoblash 
uslublari qo‘llaniladi. 

Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish