Marketing axborot tizimi (MAT) - 1) marketing tadbirlarini
rejalashtirish, hayotga tatbiq tatbiq nazorat maqsadida aniq, dolzarb
ma’lumotlarni o‘z vaqtida to‘plash, tasniflash, tahlil qilish, baholash va
undan marketing sohasida foydalanish maqsadida tarqatish uchun
mo‘ljallangan metodik usullar, asbob-uskunalar va odamlarning muntazam
faoliyat ko‘rsatuvchi o‘zaro aloqalar tizimi; 2) marketing sohasida
qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida foydalaniluvchi
ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish va yetkazish usullari, asbob-uskunalar
va xodimlar majmui.
Do'stlaringiz bilan baham: |