O‘zbekiston respublikasi


Hududlar kesimida aksiyadorlik jamiyatlarining soni va ular



Download 482,21 Kb.
bet14/19
Sana27.06.2021
Hajmi482,21 Kb.
#102737
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Курс иши

Hududlar kesimida aksiyadorlik jamiyatlarining soni va ular

tomonidan muomalaga chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar8



Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, faoliyat ko‘rsatayotgan aksiyadorlik jamiyatlarining 244 tasi, ya’ni 37 foizi Toshkent shahrida joylashgan bo‘lib, ular tomonidan 26189,3 milliard so‘mlik, ya’ni jamiga nisbatan 86 foiz qimmatli qog‘ozlar chiqarilgan.

Bu borada eng past ko‘rsatkich Surxondaryo viloyatiga to‘g‘ri keladi. Korporativ tuzilmalar kapital jalb qilish nuqtai nazaridan investitsiya institutlari, xususan investitsiya va pay fondlari bilan munosabatlarga kirishadi. Bunda “investorlarning pul mablag‘larini jalb etish va ularni investitsiya aktivlariga qo‘yish maqsadida aksiyalar

chiqarishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs – aksiyadorlik jamiyati investitsiya fondidir”.9 Keltirilayotgan ta’rifdan ham ko‘rishimiz mumkinki, investitsiya fondlari bevosita qimmatli qog‘ozlar bozorida faoliyat ko‘rsatadi va korporativ qimmatli qog‘ozlar bilan ham operatsiyalarga kirishadi.

Milliy qonunchiligimizga ko‘ra, “aksiyadorlik jamiyatlari, banklar va boshqa kredit tashkilotlari, sug‘urta tashkilotlari, investitsiya fondlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mablag‘larini jamlab turuvchi boshqa fondlar hamda ularning investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar, manbalari yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari bo‘lmish xayriya fondlari va boshqa ijtimoiy fondlar, mablag‘larining hosil bo‘lish manbalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qilinadigan majburiy ajratmalar bo‘lmish byudjetdan

tashqari fondlar, ustav fondida davlatga tegishli ulush bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar va davlat unitar korxonalari, fond va Tovar birjalari har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi kerak”.10

Shuningdek, qonunchilikda belgilangan tartibda ixtiyoriylik asosida ham auditorlik tekshiruvi jalb qilinishi mumkin. Bundan ko‘rinib turibdiki, korporativ tuzilmalar o‘z faoliyati davomida auditorlik tashkilotlari bilan moliyaviy munosabatlarga kirishishga majbur. Ayrim moliyaviy qarorlarni qabul qilishda auditorlik xulosasi talab etilishi ham korporativ tuzilmalar va auditorlik tashkilotlarining o‘zaro hamkorligiga xizmat qiladi.

Xaridorlar va mol yetkazib beruvchilar bilan moliyaviy munosabatlar o‘z-o‘zidan muntazam amalga oshirib borilishi bilan xarakterli. Chunki belgilab olingan faoliyatni amalga oshirish orqali qo‘yilgan maqsadga erishish, ya’ni foydani maksimallashtirish uchun xaridorlar va mol yetkazib beruvchilar bilan moliyaviy munosabatlar tashkil

etilishi talab etiladi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida aktivlar bahosi bevosita talab va taklif asosida shakllanadi. Shuningdek, ma’lum bir holatlarda aktivlarning bozor bahosini aniqlash baholash tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Korporativ tuzilmalar o‘z faoliyatlari davomida ma’lum bir moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish uchun baholash tashkilotlari xizmatlaridan foydalanishlariga to‘g‘ri keladi.

Qo‘shimcha ravishda qonunchilik talablari asosida baholash tashkilotlari xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha majburiy holatlar ham mavjud. “Garov to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, “Garov narsasini baholash garovga qo‘yuvchi bilan garovga oluvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra yoki baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq garov narsasini baholashdan o‘tkazish orqali

amalga oshiriladi”.11 Baholash to‘g‘risidagi qonunchilikka ko‘ra, “Baholashni o‘tkazishni davlatga to‘la yoki umumiy mulk huquqida qisman qarashli baholash obyektlari bitim tuzishga jalb etilgan taqdirda, shu jumladan: baholash obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish, ishonchli boshqaruvga topshirish yoki

ijaraga berish maqsadida ularning qiymati aniqlanayotganda; baholash obyektlaridan garov narsasi sifatida foydalanayotganda; baholash obyektlari sotilayotganda yoki o‘zga shaxsga boshqacha tarzda o‘tkazilayotganda; baholash obyektlari bilan bog‘liq qarz majburiyatlaridan boshqaning foydasiga voz kechilayotganda; baholash obyektlari yuridik shaxslarning ustav fondlariga ulush tariqasida berilayotganda majburiydir.

Baholash o‘tkazish baholash obyektining qiymati to‘g‘risida nizo chiqqan taqdirda ham, shu jumladan, mol-mulk natsionalizatsiya qilinayotganda; ipoteka krediti berilayotganda; taraflardan birining talabiga binoan er-xotinning mol-mulki bo‘linayotganda; mol-mulk mulkdorlaridan davlat ehtiyojlari uchun sotib olinayotgan yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqacha tarzda olib qo‘yilayotganda; soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘g‘ri to‘lanishi ustidan nazorat o‘tkazilayotganda majburiydir”12, deb belgilab qo‘yilgan.

Yuqoridagilar asosida ta’kidlash mumkinki, korporativ tuzilmalar bank kreditlarini jalb qilish jarayonida garov ta’minotini baholash yuzasidan baholovchilarga bevosita murojaat qiladi. Umuman baholovchilar faoliyati nafaqat garovni baholash, balki qimmatli qog‘ozlarni baholash, biznesni baholash va hokazolarda ham namoyon bo‘ladi.

Lizing kompaniyalari bilan moliyaviy munosabatlarning tashkil etilishi natijasida korporativ tuzilmalar o‘z faoliyatlariga yangi texnologiyalar, asosiy vositalar jalb qilishlari mumkin. Korporativ tuzilmalarning asosiy vositalar sotib olish imkoniyati cheklangan sharoitda lizing xizmatlaridan foydalanish nisbatan samarali bo‘lishi mumkin.

Soliq maslahatchilari bilan munosabatlarda esa soliq imtiyozlaridan samarali foydalanish, soliqlarni rejalashtirish, soliq xatoliklarini bartaraf etish va hokazolarga e’tibor qaratiladi.

Shuningdek, korporativ tuzilmalar konsalting firmalari, yuridik xizmatlar ko‘rsatuvchi subyektlar, ilmiy tadqiqot muassasalari, birjalar va boshqa ijtimoiy hamda bozor infratuzilmalari subyektlari bilan ham moliyaviy munosabatlarga kirishishlari mumkin.



Xulosa va takliflar.

Umuman, korporativ moliyani samarali tashkil etish strategiyasini toʻgʻri belgilash mamlakat iqtisodiy taraqqiyotida va xalq turmush farovonligini oshirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Bu borada Birinchi Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganlaridek, “...

avvalambor roʻy berishi mumkin boʻlgan turli falokatlar, jahon iqtisodiyotiningyuksalishi va inqirozini oldindan koʻrish imkonini beradigan, har tomonlama chuqur oʻylangan, aniq maqsad va ustuvor yoʻnalishlarni oʻz ichiga olgan taraqqiyot dasturi va uni amalga oshirish strategiyasiga ega boʻlgan mamlakat va xalq pirovard natijada muvaffaqiyatga erishadi”. Shundan kelib chiqqan holda mamlakatimizni rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqish maqsadida Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan korporativ moliyani samarali tashkil etish va rivojlantirishga doir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda biznesni tashkil etish uni amalga oshirishning turli xil shakllarini taqozo etadi. Biror bir shaklni tanlash koʻp sonli omillarga bogʻliq holda amalga oshiriladi va quyidagilarni aniqlash lozim boʻladi: belgilangan asosdagi tashkiliy-huquqiy xususiyatlar; kapital egalari oʻrtasidagi munosabatni oʻzida ifodalovchi mulkchilik shakli; nafaqat texnologik jarayonlar, shu bilan birga resurslar, shu jumladan moliyaviy resurslarni ham talab qilish darajasiga koʻra faoliyat xususiyatlari. Bulardan tashqari biznesni tashkil etish nuqtai nazaridan tabiiy-iqlim va geografik sharoitlarni ham hisobga olish lozim boʻladi.

Umuman keltirib oʻtilgan sharoitlardan kelib chiqqan holda korxonalardan resurslarni oʻzlashtiribgina qolmasdan qoʻyilgan maqsadlarga erishish ham talab etiladi. Natijada iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, davlat, milliy, global ahamiyat kasb etuvchi masalalar oʻz yechimini topishi mumkin. Shunda tashkil etiladigan biznes faoliyati muvaffaqiyat keltirishi bilan birga kutilgan natijaga erishish va eng asosiysi maqsadlarga erishish imkonini beruvchi biznez jarayonini doimiy yangilab borishga ham imkon beradi.

Korporativ tuzilma pul oqimlari va moddiy zaxiralar oʻrtasida balanslilikka erishish uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

- ustav kapitalini shakllantirish (pul koʻrinishida yoki moddiy koʻrinishda) va faoliyat uchun qoʻshimcha mablagʻlarni (resurslarni) jalb qilishning eng ratsional usullari aniqlanadi;

- pul oqimlarini optimallashtirish imkonini beruvchi moliyaviy boshqaruv tashkiliy tuzilmasi shakllantiriladi;

- soliqlar va majburiy ajratmalarni optimallashtirish maqsadida hisob siyosati ishlab chiqiladi;

- kontragentlar bilan hisob-kitoblar usullari va muddati, jarimalar qoʻllanilishi bilan bogʻliq xoʻjalik shartnomalari shartsharoitlari aniqlanadi;

- xarajatlar, daromadlar, foyda va investitsiyalar javobgarlik markazlarini yaratish asosida byudjet boshqaruvi tizimi joriy qilinadi;

- bosh kompaniya va uning filiallari oʻrtasida pul oqimlari harakati hisobi va nazorati tashkil qilinadi.

Korporativ moliyani boshqarish tizimini ishlab chiqish jarayonida yetarlicha pul mablagʻlari va toʻlovga layoqatlilikning yuqori darajasi sharoitida korporatsiyani rivojlantirish va mulkdorlar (aksiyadorlar) manfaatlarini uygʻunlashtirish muammosi paydo boʻladi. Bunday sharoitda korxona faoliyat davomiyligi va qoʻyilgan maqsadlar

tavsifidan kelib chiqqan holda strategik va taktik moliyaviy vazifalar qoʻyiladi.

Korporativ tuzilma doirasida pul fondlarini shakllantirish va taqsimlash, ulardan foydalanish jarayonlari korporativ moliyaning asosi sifatida xizmat qiladi. Shu o‘rinda ta’kidlashimiz lozimki, korporativ tuzilma bu tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxsdir. Yuridik shaxs tushunchasi esa “o‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z

majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o‘z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot” ni anglatadi.

Qo‘shimcha ravishda qonunchilik talablari asosida baholash tashkilotlari xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha majburiy holatlar ham mavjud. “Garov to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, “Garov narsasini baholash garovga qo‘yuvchi bilan garovga oluvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra yoki baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq garov narsasini baholashdan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi”. Baholash to‘g‘risidagi qonunchilikka ko‘ra, “Baholashni o‘tkazishni davlatga to‘la yoki umumiy mulk huquqida qisman qarashli baholash obyektlari bitim tuzishga jalb etilgan taqdirda, shu jumladan: baholash obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish, ishonchli boshqaruvga topshirish yoki ijaraga berish maqsadida ularning qiymati aniqlanayotganda; baholash obyektlaridan garov narsasi sifatida foydalanayotganda; baholash obyektlari sotilayotganda yoki o‘zga shaxsga boshqacha tarzda o‘tkazilayotganda; baholash obyektlari bilan bog‘liq qarz majburiyatlaridan boshqaning foydasiga voz kechilayotganda; baholash obyektlari yuridik shaxslarning ustav fondlariga ulush tariqasida berilayotganda majburiydir.

Baholash o‘tkazish baholash obyektining qiymati to‘g‘risida nizo chiqqan taqdirda ham, shu jumladan, mol-mulk natsionalizatsiya qilinayotganda; ipoteka krediti berilayotganda; taraflardan birining talabiga binoan er-xotinning mol-mulki bo‘linayotganda; mol-mulk mulkdorlaridan davlat ehtiyojlari uchun sotib olinayotgan yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqacha tarzda olib qo‘yilayotganda; soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘g‘ri to‘lanishi ustidan nazorat o‘tkazilayotganda majburiydir” , deb belgilab qo‘yilgan.




Download 482,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish