2-BOB. MAMLAKATDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY
TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI.
2.1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo`llab – quvvatlash bo`yicha
amalga oshirilayotga islohotlar
Mamlakatimizda so`nggi yillarda qabul qilinayotgan ko`plab farmоn va
qarоrlar kichik biznеs va хususiy tadbirkоrlikni faоl qo`llab-quvvatlash, оilaviy
tadbirkоrlikni yanada rivоjlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har
tоmоnlama rag`batlantirish, ekspоrt faоliyatini amalga оshiruvchi kоrхоnalar
hamda хоrijiy invеstоrlar uchun eng qulay shart-sharоitlarni yaratib bеrishga
qaratilmоqda.
So`nggi yillarda respublikada ishbilarmonlik va investitsion muhitni tubdan
yaxshilash, tadbirkorlikka keng imtiyoz va imkoniyatlar yo`lini ochib berish
hamda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga muhim ahamiyat berilayotganligi va bu
borada amalga oshirilayotgan tizimli ishlar iqtisodiyotga yo`naltirilgan
investitsiyalar hajmining oshishida muhim omil bo`lmoqda.
2015 – 2019 yillarda mamlakatimiz sanoat tarmoqlarini tarkibiy o`zgartirish,
modernizatsiyalash
va
diversifikatsiyalashni
chuqurlashtirish,
zamonaviy
infratuzilmani shakllantirishga qaratilgan qator dasturlarda 2016 yil uchun
mo`ljallangan vazifa va chora-tadbirlarning samarali amalga oshirilishi
iqtisodiyotga yo`naltirilgan kapital qo`yilmalar hajmining yuqori o`sish sur`atlarini
ta`minlashga xizmat qildi.
Xususan, respublikamiz iqtisodiyotida barcha moliyalash manbalari
hisobidan o`zlashtirilgan investitsiyalar miqdori 2016 yilga nisbatan 9,6 foizga
oshib, 16,6 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi.
Bunda o`zlashtirilgan investitsiyalarning 53,3 foizi korxona va aholining o`z
mablag`lari, 15,3 foizi xorijiy investitsiyalar va kreditlar, 10,3 foizi tijorat banklari
kreditlari va boshqa qarzlar, 4,5 foizi davlat byudjeti, 4,7 foizi davlat maqsadli
jamg`armalari hamda 4,7 foizi O`zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot
jamg`armasi mablag`lari hisobidan moliyalashtirildi.
33
Jumladan, jami kapital qo`yilmalarining 3,7 mrld. AQSh dollaridan
ko`prog`i yoki 11,3 foizdan ortig`i xorijiy investitsiyalar hissasiga to`g`ri kelib,
shuning 73 foizi to`g`ridan-to`g`ri chet el investitsiyalaridir. 2016 yilning o`zida
qiymati 5,2 mlrd. AQSH dollari miqdorida 164 ta yirik investitsiya loyihalari
amalga oshgan.
14
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan investitsiya siyosatining o`ziga xos
xususiyati mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlashga hamda energiya
tejamkor va yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil
etishga yo`naltirilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ustuvor ahamiyat
berilayotganida namoyon bo`lmoqda.
2016 yilda ish o`rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta`minlashga
qaratilgan dasturiy chora-tadbirlarning davom ettirilishi natijasida jami 726 mingta
yangi ish o`rinlari tashkil etildi, shuning 438,5 mingtasi kollej bitiruvchilari
hisobiga to`g`ri keladi. Yangi ish o`rinlarining yaratilishi bilan birga iqtisodiyotda
mehnat unumdorligining barqaror oshib borishi aholi real daromadlarining
o`sishiga xizmat qilmoqda. Xususan, 2016 yilda aholi jon boshiga to`g`ri keladigan
jami real daromadlarning o`sishi 11 foiz, budjet tashkilotlari hodimlari oylik
maoshi, stipendiyalar 15 foiz, pensiya, ijtimoiy nafaqalar 12,1 foizni tashkil etdi.
Iqtisodiyotni isloh qilishni chuqurlashtirish, tarkibiy o`zgartirishlarning o`rta
muddatli dasturlari izchil amalga oshirilishi 2016 yilda makroiqtisodiy
barqarorlikni saqlab qolish va iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ishlab chiqarish
hajmlarining yuqori o`sish sur`atlarini ta`minladi. Xususan, sanoat mahsulotlari
ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish, bunda korxonalarni texnologik jihatdan
yangilash hisobiga tayyor iste`mol tovarlari turlarini kengaytirish hamda xomashyo
resurslarini chuqur qayta ishlash asosida ishlab chiqarishni yanada jadallashtirish
natijasida 2016 yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o`sishi 2015
yilga nisbatan 6,6 foizni tashkil etdi.
14
www.cbu.uz
(O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy veb sayti)
34
Sanoatda yuqori o`sish sur`atlari asosan yengil sanoat (16,6 foiz), qurilish
materiallari ishlab chiqarish (14,1 foiz) hamda oziq-ovqat sanoati (14,4 foiz)
tarmoqlarida kuzatildi. Bunda engil sanoat tarkibiga kiruvchi to`qimachilik
sanoatida o`sish sur`ati 12,1 foizni, charm va poyabzal sanoatida 22,0 foizni hamda
tikuvchilik sohasida 18,9 foizni tashkil qildi.
15
Jumladan, iste`mol tovarlarini ishlab chiqarish hajmi 2015 yilga nisbatan 5,4
foizga o`sib, 47,4 trln. so`mni tashkil etdi. Bunda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab
chiqarish hajmi 2015 yilga nisbatan 11,4 foizga, meva-sabzavot yetishtirish 11,2
foiz, kartoshka 9,7 foiz, sabzavot ekinlari 10,4 foizni tashkil etdi.
2016 yilda xizmat ko`rsatish sohasida ham ijobiy o`zgarishlar kuzatilib,
ushbu davrda ko`rsatilgan xizmatlar hajmi 2015 yilga nisbatan 12,5 foizga o`sdi.
Shuningdek, iqtisodiyotda pullik xizmatlar ko`rsatish sohasida yaratilgan
qo`shilgan qiymat hajmining 2015 yilga nisbatan 9,3 foizga o`sishi yalpi
qo`shilgan qiymat tarkibida xizmat ko`rsatish sohasi ulushi 49,5 foizgacha
oshishini ta`minladi.
16
Xizmat ko`rsatish sohasidagi yuqori o`sish sur`atlari moliyaviy xizmatlar
(30,6 foiz), umumiy ovqatlanish (19,0 foiz), savdo xizmatlari (18,5 foiz), sog`liqni
saqlash (17,2 foiz), kompyuter va maishiy tovarlarni ta`mirlash (16,3 foiz), aloqa
va axborotlashtirish (16,0 foiz), avtomobil transporti xizmatlari (11,8 foiz) hamda
ta`lim (11,2 foiz) kabi sohalarda kuzatildi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4848-sonli ―Tadbirkorlik
faoliyatining jadal rivojlanishini ta`minlashga, xususiy mulkni har tomonlama
himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir
qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida‖gi Farmoniga muvofiq, 2017 yilning 1-
yanvardan boshlab tadbirkorlik subyektlarini rejadan tashqari tekshirishlarning
barcha turlari bekor qilindi va bu mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish va
15
www.cbu.uz
(O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy veb sayti)
16
www.cbu.uz
(O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy veb sayti)
35
xususiy mulkni davlat tomonidan muhofazasini ta`minlashga navbatdagi muhim
qadam bo`ldi.
17
Shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yanada yengillashtirish, qulay
ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, tadbirkorlikni rivojlantirish yo`lidagi
ortiqcha to`siq va g`ovlarni bartaraf etish bo`yicha keskin va ta`sirchan chora-
tadbirlarning amalga oshirilishi sohaning yanada rivojlanishiga zamin va turtki
bo`lmoqda. Jumladan, xususiy mulkni, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
ishonchli himoya qilishni ta`minlash yuzasidan qabul qilingan chora-tadbirlar
dasturlarining izchil amalga oshirilishi natijasida 2016 yil davomida 32 mingga
yaqin yoki 2015 yilga qaraganda 18 foizga ko`p yangi kichik biznes subyektlari
davlat ro`yxatidan o`tkazilib, o`z faoliyatini boshladi.
Dunyoning 189 mamlakatidagi tadbirkorlik muhitini bir xil mezon asosida
baholash uchun, Jahon banki tomonidan ―Doing business‖ – biznes yuritish
qulayligi reytingi har yili tuziladi. Reyting metodikasi asosida, mamlakatlar 10
indikator bo`yicha baholanadi.
Jahon bankining 2015 yil oktyabr oyida taqdim etilgan ―Doing business –
2016‖ hisobotida, O`zbekiston reytingda 141 pog`onadan 87 pog`onaga ko`tarildi.
O`zbekiston, o`tgan yil davomida kamida uch sohada islohotlar o`tkazib,
reytingning yuqori pog`onalariga ko`tarilgan 10 ta eng ilg`or islohotchi davlatlar
qatoridan o`rin oldi(1-jadval).
18
17
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktabrdagi PF-4848-sonli ―Tadbirkorlik faoliyatining jadal
rivojlanishini ta`minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat
jihatidan yaxshilashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida‖gi Farmoni//lex.uz
18
www.chamber.uz
(O`zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi rasmiy veb sayti)
36
Do'stlaringiz bilan baham: |