Bitiruvchi umumkasbiy va maxsus tayyorgarligining tavsifi: Bitiruvchi
universitetdagi 4 yillik ta`lim jarayonida nazariy bilim olib, malakaviy
amaliyotlar davrida ularni amaliyot bilan bog`lab, mukammal o`rgangan.
Bitiruvchi talabaning mustaqil ishni bajarish layoqati, maxsus
adabiyotlardan foydalanish qobiliyati va shaxsiy xususiyatlari: Talaba
bitiruv malakaviy ishini bajarish bo`yicha berilgan barcha topshiriqlarni
mustaqil bajardi, O`zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirish istiqbollari va uni takomillashtirishga doir maxsus adabiyotlarni
talqin qildi, ilmiy-ommabop jurnallardagi maqolalarni o`rgandi. U bilimga
intiluvchan, tirishqoq va intizomli talaba.
Do'stlaringiz bilan baham: |