Muammoning o`rganililganlik darajasi. Kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni tashkil etilishi va rivojlanishining ayrim jihatlari Y.Shumpeter,
A.Xosting, R.Xizrich, F.Xayek, K.Lemblendlarning ilmiy asarlarida tadqiq
qilingan. Xorijlik iqtisodchi olimlardan A.Busygin, Ye.Vasileva, M.Ovchiyan,
A.Krutik, Yu.Rubina, S.Smirnov, A.Taev va boshqalarning ilmiy ishlarini shular
jumlasiga kiritish mumkin. O`zbekistonda so`nggi yillarda kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik faoliyatining nazariy jihatlari iqtisodchi olimlardan
A.Vahobov, S.Salaev, A.Samadov, U.G`afurov, R.Yunusov, R.Omonovlarning
ilmiy tadqiqot ishlarida yoritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |