Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar mazmuni va mohiyati
Mamlakatimizda mehnatni muhofaza qilishning asoslari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tarkibidagi bo‘lim va moddalarda ko‘zga tutilgan. O‘zbekiston Respublikasining “Mehnat kodeksi” va “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunida va boshqa hozirda amalda bo‘lgan huquqiy-me’yoriy hujjatlarda mustahkamlangan.
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi me’yoriy hujjatlar mazmunan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar ishchi-xodimlari, ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan oliy o‘quv yurtlari talabalari, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, kollej va litseylar, umumiy ta’lim maktablarining o‘quvchilari va alohida muassasalarda faoliyat olib borayotgan ishtirokchilarning mehnat faoliyati xususiyatlaridan kelib chiqqan holda mehnatni muhofaza qilish yo‘nalishlarini yoritib beradi.
O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni ahamiyati va qisqacha mazmuni. Mehnat muhofazasi insonning mehnat faoliyati, sog‘lig‘i va hayotiga bevosita daxldor tushuncha sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.
Mehnat muhofazasi mehnat faoliyati jarayonida inson hayoti va sog‘lig‘ining xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, sanitariya-gigiyena, davolash-oldini olish kabi tadbirlar tizimidan iborat. Mehnat muhofazasiga nisbatan bunday yondashuv xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitini ta’minlashga qaratilgan va shu bilan birga, huquqiy, iqtisodiy, tashkiliy-texnikaviy, tibbiy va boshqa tadbirlarni o‘z tarkibiga qamrab olgan. Bu tadbirlar O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 1993 yil 6 mayda qabul qilingan qonunida mujassamlashgan. Ushbu qonun mamlakatimizda ishlab chiqarish korxonalarida va boshqa barcha muassasalarida mehnatni muhofaza qilishni tashkil etishning yagona tartibini belgilaydi. Ushbu qonunning asosiy maqsadi fuqarolarning ishlab chiqarish sharoitida sog‘lig‘i va mehnatining muhofaza qilinishini ta’minlashga qaratilgan.
Mehnat muhofazasi mehnat huquqi instituti sifatida xodimning ishlab chiqarishdagi mehnat faoliyati jarayonida hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitini yaratib berishga xizmat qiluvchi huquqiy me’yorlar yig‘indisi tushiniladi. Bundan tashqari, unga mehnat huquqi institutining asosiy tamoyillaridan biri – mehnat muhofazasini ta’minlash tamoyili, shuningdek, xodimning mehnat muhofazasiga nisbatan subyektiv huquqi sifatida ham qaraladi. Aniqroq aytganda har bir xodim xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitiga ega bo‘lishi va ish beruvchidan talab darajasidagi mehnat sharoitlari ta’minlanishini talab qilishga haqlidir.
Mehnat muhofazasiga oid munosabatlarning huquqiy jihatidan tartibga solinishida O‘zbekiston Respublikasining yuqorida zikr etilgan “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi va “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi qonunlari muhim o‘rin tutadi.
“Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonun ishlab chiqarish usullari, mulk shaklidan qat’i nazar, mehnatni muhofaza qilishni tashkil etishning yagona tartibini belgilaydi. Fuqarolarning sog‘lig‘i va mehnatining muhofaza qilinishini ta’minlashga qaratilgan mazkur qonunning 1-moddasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar mehnati muhofaza qilinish huquqiga ega deb ko‘rsatilgan.
Ushbu qonunning 2-moddasida mehnat muhofazasi tushunchasining keng ma’nodagi ta’rifi keltirilgan. Unga ko‘ra mehnatni muhofaza qilish – tegishli qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida amal qiluvchi, insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobiliyatining saqlanishini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy, iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya- gigiyena va davolash-oldini olish tadbirlari hamda vositalari tizimidan iboratdir.
Mazkur qonun ishlab chiqarishda sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlashda juda katta ahamiyat kasb etadi. Shuningdek u:
mehnatkashlarning mehnat muhofazasiga oid huquqlarini ta’minlaydi;
mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalarda xodimlar bilan ish beruvchi o‘rtasidagi mehnat muhofazasiga oid munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning yagona tartibini belgilab beradi;
xodimlar uchun sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlashga huquqiy zamin yaratadi.
Mehnatni muhofaza qilish borasida qabul qilingan qonunlar orasida O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi qonuni alohida o‘rin tutadi [12]. Mazkur qonunning asosiy vazifalari:
fuqarolar sog‘lig‘ini saqlashga doir huquqlarining davlat tomonidan kafolatlanishini ta’minlash;
fuqarolarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish;
davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solishdan iborat.
Shu bilan birga, mehnat muhofazasi sohasida boshqa qonun hujjatlari, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan qabul qilingan qarorlar, boshqa davlat organlari hujjatlari, jamoa shartnomasi hamda kelishuvlari tatbiq etiladi.
Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunda asosiy e’tibor mehnatni muhofaza qilish sohasida olib boriladigan asosiy ishlarga qaratilgan. Ushbu ishlarga:
korxonaning ishlab chiqarish faoliyati bilan mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini barcha boshqa yo‘nalishlari bilan muvofiqlashtirib borish;
mehnatning ekologiya jihatidan xavfsiz sharoitlari yaratilishini va ish joylarida atrof-muhit holati muntazam nazorat etilishini ta’minlash;
muntazam ravishda korxonalarda mehnatni muhofaza qilish talablarining tizimiy ravishda bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish;
mehnatni muhofaza qilishni mablag‘ bilan ta’minlashda davlatning ishtirok etishi;
mehnat muhofazasi bo‘yicha oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida mutaxassislar tayyorlashga katta e’tibor berish;
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha fan, texnika yutuqlaridan hamda vatanimiz va chet el ilg‘or tajribasidan keng miqyosda foydalanish;
ishchi-xodimlarning ish sharoitini, yoshi, sog‘lig‘i va boshqa holatlarini e’tiborga olgan holda ularga imtiyozlar berish, shaxsiy himoya vositalari va boshqa zaruriy jihozlar bilan ta’minlash;
korxonada kasaba uyushmalari va boshqa jamoat birlashmalari, korxonalar va alohida shaxslarning mehnatni muhofaza qilishni ta’minlashga qaratilgan faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash kabi masalalar echimi kiradi.
Jumladan mehnat muhofazasini boshqarish masalalarini har qanday korxonada to‘g‘ri olib borilishi ishlovchilar xavfsizligini ta’minlash holatining
yuksalishiga olib keladi. Ushbu qonunning 5-moddasida mehnat muhofazasini boshqarish davlat tomonidan olib borilishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Mehnatni muhofaza qilish qonuniga muvofiq barcha korxonalardagi mehnatni muhofaza qilish muammolari korxonalarda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining jamoat birlashmalari to‘g‘risidagi qonuniga muvofiq amal qiladigan jamoat birlashmalariga uyushishlariga muvofiq tashkil topgan birlashmalar tomonidan hal qilinadi.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi idoralari, nazorat qilish idoralari, shuningdek, korxonalar bu birlashmalarga har tomonlama yordam va madad ko‘rsatadilar hamda mehnatni muhofaza qilishni ta’minlash masalalari bo‘yicha qarorlar tayyorlash va qabul qilishda ular ishlab chiqqan nizomlar va tavsiyalarni hisobga oladilar.
Shunisi e’tiborliki mehnat muhofazasini huquqiy jihatdan tartibga solishda mehnat qonunlarining markazlashtirilgan tartibdagi me’yorlari bilan jamoa shartnomasi va kelishuvlari hamda mehnat shartnomasi asosida kelishilgan shartlari uyg‘un holda qo‘llaniladi. Ma’lumki amaldagi qonunchilikda markazlashtirilgan tartibdagi huquq me’yorlari bilan mehnat muhofazasi borasidagi huquqlarning eng quyi darajasi belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra lokal hujjatlar orqali fuqarolarning minimum huquqlari aniqlashtiriladi va amalga oshiriladi.
Vazirliklar, idoralar, korxonalar, tegishli kasaba uyushmalari bilan mehnat sharoitlarini yaxshilashga oid tarmoq dasturlarini ishlab chiqadilar va moliyaviy ta’minlaydilar.
Mehnatni muhofaza qilish ishlarini muvaffaqiyatli olib borish uchun shu sohaga tegishli mutaxassislarni tayyorlash juda muhim ahamiyatga ega. Hozirgi kunda respublikamiz oliy o‘quv yurtlarida korxonalarning mehnatni muhofaza qilish xizmatlarida ishlash uchun mutaxassislar tayyorlanmoqda. Bu esa mehnatni muhofaza qilish qonunini ijrosini ta’minlaydi. Zaruriy hollarda vazirliklar, idoralar, konsernlar, assotsiatsiyalar va boshqa xo‘jalik boshqaruvi idoralari
mehnatni muhofaza qilish tizimida ishlash uchun mutaxassislarning qayta ixtisoslashuvini ta’minlaydilar.
Mehnatni muhofaza qilish qonunining 11-moddasida mehnatni muhofaza qilishni moliyaviy ta’minlashga oid moddalar mavjud, ya’ni mehnatni muhofaza qilishni moliyaviy ta’minlash davlat tomonidan, shuningdek, mulk shaklidan qat’i nazar, jamoat birlashmalari, korxonalarning ixtiyoriy badallari hisobiga amalga oshiriladi.
Korxonada mehnatning sog‘lom va xavfsiz sharoitlarini ta’minlash, ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillari ustidan nazorat o‘rnatilishini tashkil etish va nazoratning natijalari to‘g‘risida mehnat jamoalarini o‘z vaqtida xabardor qilish ma’muriyat zimmasiga yuklanadi.
Mehnat sharoiti zararli va xavfli ishlab chiqarishlarda, shuningdek o‘ta noxush haroratli yoki ifloslanishlar bilan bog‘liq sharoitlarda bajariladigan ishlarda mehnat qiluvchilarga davlat boshqaruvi idoralari belgilagan me’yorlarda maxsus kiyim, poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalari, yuvish va dezinfeksiyalash vositalari, sut yoki unga tenglashadigan boshqa oziq-ovqat mahsulotlari, parhez ovqat bepul beriladi.
Mehnatni muhofaza qilish xizmatlariga mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunning 14-moddasida to‘xtalib o‘tilgan. Agarda korxonalarda xodimlar soni 50 nafar va undan oshadigan bo‘lsa maxsus tayyorgarlikka ega shaxslar orasidan mehnatni muhofaza qilish xizmatlari tuziladi, hamda 50 va undan ziyod transport vositalariga ega bo‘lgan korxonalarda esa bundan tashqari yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi). Xodimlar soni va transport vositalari miqdori kamroq korxonalarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalari rahbarlardan birining zimmasiga yuklanadi.
Xodimlarni baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan ijtimoiy sug‘urta qilish masalalari qonunning 15-moddasida keltirilgan.
Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunning III bo‘limida ishlovchilarning mehnatni muhofaza qilishga doir huquqlarini ro‘yobga chiqarishdagi kafolatlar berilgan: mehnat shartnomasi (bitimi) shartlari mehnatni
muhofaza qilishga oid qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarning talablariga muvofiq bo‘lishi shart; fuqarolarni ularning salomatligiga zid bo‘lgan ishga qabul qilish ta’qiqlanadi; ma’muriyat xodimni kasb kasalligining paydo bo‘lish ehtimoli yuqori darajada ekanligi oldindan ayon bo‘lgan ishga qabul qilayotganda uni bu haqida ogohlantirishi shart.
Mehnat xavfsizligi standartlar tizimi, uning ahamiyati va vazifasi. Mehnat xavfsizligi standartlar tizimi (MXST), ya’ni o‘zaro bog‘liq standartlar jamlanmasi, xavfsizlik talablarini, me’yor va qoidalarni o‘z ichiga oladi. MXST ish jarayonida xavfsizlikni ta’minlash, ishlovchilar ish qobiliyatini va sog‘lig‘ini saqlash uchun yo‘naltirilgan.
MXST strukturaviy tuzilishi bo‘yicha davlat, tarmog`iy, respublika va korxonalar standartlariga bo‘lingan. Tashkiliy-uslubiy standartlarda atamalar ta’rifi va tushunchalar berilgan, mehnatni muhofaza qilishda hisobga olinadigan ishlab chiqarishdagi zararli omillarning tasnifi keltirilgan, ishlab chiqarish uskunalari va jarayonlariga, muhofaza vositalari, bino va inshootlarga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari bayon etilgan. Mehnat xavfsizligi standartlar tizimining maqsadi, mazmuni, strukturaviy tuzilishi va boshqa qoidalar GOST 12.0.001-90 da ifodalangan.
Standartlarni belgilashda quyidagicha tartib qabul qilingan: bunda birinchi ikki son (12) MXSTning davlat standartlashtirish tizimidagi shifrini ko‘rsatadi. Uchinchi son (0) – ichki tizim shifrini, keyingi uch son (001) – standartning ichki tizimdagi tartib raqamini, oxirgi ikki son (90) – standartning ro‘yxatga olingan yoki qayta ko‘rib chiqilgan yilining oxirgi ikki sonini ko‘rsatadi.
Ishlab chiqarishdagi barcha standartlashtiriladigan masala va muammolar “ichki” tizimlarga bo‘lingan. MXSTning strukturaviy tuzilishi quyidagi 2.1 – jadvalda berilgan.
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, ishlab chiqarishdagi xavfli va zararli omillarga qo‘yiladigan talab va me’yorlar standartlari, masalan, shovqin darajasiga, titrashga, chang, gaz va boshqalarga qo‘yiladigan talablar birinchi ichki tizim
standartlarida ifodalangan. Bu guruh standartlariga, masalan, GOST 12.1.008-76 “Biologik xavfsizlik” va boshqalar kiradi.
Ikkinchi guruh standartlariga ishlab chiqarish uskunalariga xavfsizlik talablari standartlari kiradi. Masalan, GOST 12.2.019-2005, qishloq xo‘jaligi traktorlari va o‘zi yurar mashinalarga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari kiradi.
– jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |