O‟zbekiston respublikasi



Download 2,87 Mb.
bet96/222
Sana19.10.2022
Hajmi2,87 Mb.
#854186
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   222
Bog'liq
Одам анатомияси ва физиологиясиc

Fikrlovchi tip – bu tipga mansub odamlarda ikkinchi signal tizimining ishi sezilarli darajada kuchaygan, borliqdan boshqa narsalarga ham e‘tiborni jalb qilish, ularni tahlil qilishga intilish, borliqni ayrim qismlarga ajratish, keyin esa bu qismlarni bir butun qilish qobiliyati keskin namoyon bo‗ladi.

  • O„rtacha tip – bu tipga mansub odamlarda ikkala signal tizimi muvozanatlashgan bo‗ladi. Bu tiplarni chuqur o‗rganish nafaqat oliy asab faoliyati tiplari muammosi uchun, balki odam miyasining signalli faoliyati muammolari uchun ham ma‘lumotlar beradi.

    Tashqi va ichki muhitning turli signallariga odamda ham shartli refleks hosil qilish mumkin va tegishli sharoitlarda, bu reflekslar shartli va shartsiz tormozlanishga uchraydi. Atrof-muhit hodisalari va jismlar to‗g‗risidagi signallarni inson sezgi a‘zolari orqali bevosita qabul qilib, analizatorlari yordamida ushbu axborotlarni tahlil va sintez qiladi.
    Tashqi va ichki muhitni bevosita tasavvur qilish odam va hayvon uchun yagona bo‗lgan birinchi signal tizimini tashkil etadi. Lekin, odamda, mehnat faoliyati va ijtimoiy rivojlanish tufayli ikkinchi signal tizim, ya‘ni so‗z bilan bog‗liq bo‗lgan tizim rivojlanadi va takomillashadi. Bu tizim yozma va og‗zaki so‗zni anglash hamda gapirish va yozishdan iborat.
    Odamda nutqning rivojlanishi murakkab jarayon bo‗lib, gapirish uchun nafas mushaklari, hiqildoq mushaklari, til, halqum va lablar harakati uyg‗unlashishi kerak. Bu mushakli a‘zolarning ishi yuqori darajada bir-biriga moslashmaguncha, bola so‗zlarni noto‗g‗ri talaffuz qiladi. SHuning
    uchun, go‗dak bilan gaplashganda ham, unga gapirilayotgan va o‗rgatilayotgan so‗zlarni to‗g‗ri talaffuz qilish lozim.

    Odam oliy asab faoliyatini tipologik xususiyatlari


    Inson bolalik davridonoq shaxs sifatida shakllana boshlaydi va bunda, uning bolalar jamoasiga qo‗shilish davri muhim rol o‗ynaydi. Bu jarayonda bola duch keladigan qiyinchiliklar va muvaffaqqiyatsizliklar kelajakda uni o‗z atrofidagilar bilan chiqisha olmasligiga, ba‘zan esa, xatto kasal bo‗lib qolishiga ham olib kelishi mumkin. Natijada, bola o‗ziga ishonmaydigan va atrofidagilarga loqayd bo‗lib o‗sadi. Reaksiyalari sust bo‗lgan va boshqalar bilan o‗ynashga yaxshi o‗rganmagan bolaning jamoaga qo‗shilishi juda qiyin kechadi.


    Bola tomonidan hayotning birinchi yillarida o‗zlashtiriladigan ma‘lumotlarning miqdori, keyinchalik uni umri davomida olgan axborotlaridan ko‗p bo‗ladi. SHu tufayli ham, bolani atrof- muhit ta‘sirotlaridan ajratmasdan, aksincha, uni ushbu muhit bilan munosabatlarini osonlashtirgan holda, qabul qiladigan ma‘lumotlarni o‗zlashtirish va singdirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib bergan holda tarbiya qilish kerak. Bolaning asab tizimi behisob ma‘lumotlarni qabul qilish va o‗zlashtirishga moslashgan bo‗ladi. Agar, ushbu tabiiy ehtiyojlar qondirilmasdan bolaning harakatlari cheklanib qo‗yilsa, bolaning rivojlanishiga va oliy asab faoliyatiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi.
    Odamzot jamiyatdan ajralgan holda va boshqa insonlar bilan muloqotdan mahrum bo‗lsa, unda ikkinchi signal tizimi rivojlanmaydi. Demak, ijtimoiy hayot bilan ikkinichi signal tizimi uzluksiz bog‗likdir. Odamlar jamiyatidagina, inson shaxs sifatida shakllanadi, uning ichki qiyofasi boshqa odamlar bilan bo‗lgan muloqotda shakllanadi va shu jarayonda odam o‗z hatti-haraktlari bilan ma‘lum bir chegaralarni aniqlaydi, o‗z xulq - atvorini boshqa odamlar tomonidan baholanishiga ahamiyat beradi hamda uni, jamiyat talablariga moslab monandlashtirishga intiladi. Insonlarga ma‘lum bir guruh a‘zosi bo‗lish xos bo‗lib, ushbu guruhning o‗zi to‗g‗risidagi fikriga qiziqadi va ularning talablariga itoat qiladi.



    Download 2,87 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   222




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish