MAVZU: 18. OLIY NERV FAOLIYATI TIPLARI. XOTIRA. UYQU.
Maruza rejasi:
Odam oliy asab faoliyatining tiplari.
Odam oliy asab faoliyatini tipologik xususiyatlari.
YOsh bolalar oliy asab faoliyatining xususiyatlari.
Xotira va uning turlari.
Uyqu va uning turlari.
Tayanch iboralar: qo„zg„alish va tormozlanish, hodisalarining irradiatsiyalanish va konsentratsiyalanish, qo„zg„aluvchan tip, harakatchan tip, inert tip, nimjon tip, badiiy tip, fikrlovchi tip, o„rtacha tip, xolerik, sangvinik, flegmatik, melanxolik, gipnoz, gipnotik uyqu, tez uyqu, “Pappengeymer omili”, Nagasaki omili, Monne omili, “delta-uyqu peptidi”, gipnotoksin, “gipnogen moddalar”, somnambulizm, sekin uyqu, patologik uyqu, narkotik uyqu, gipnotik uyqu, mavsumiy uyqu, tush ko„rish, xotira, xotira mexanizmlari, hissiy xotira, harakat xotirasi, so„z- mantiq xotira, sensorli xotira, uzoq muddatli xotira, qisqa muddatli xotira, anterogradli amneziya, retrogradli amneziya, isterik amneziya, diqqat o„rganish shakllari, hissiyot, Peyps nazariyasi, Peyps doirasi, hissiy zo„riqish, astenik zo„riqish, nevroz.
Odam oliy asab faoliyatining tiplari
Qadimdan odamlar bir-birini xulq - atvorida individual xususiyatlarni kuzatganlar. Qadimgi yunonlar davridan ma‘lum bo‗lgan quyidagi 4 tipdagi mijoz: xolerik («xole» – o‗t-safro), sangvinik («sangvis» - qiziqqon), flegmatik («flegma» – shilimshiq) va melanxolik («melanxole» - qora o‗t- safro) hozirgi vaqtda ham ishlatiladi. SHunday qilib, qo‗zg‗aluvchanligi yuqori bo‗lgan, asabi tez taranglashadigan, serjahl, reaksiyalari kuchli bo‗lgan odamlarni xoleriklar, hayotning o‗zgaruvchan sharoitlariga o‗zining harakatlari muvozanatini saqlagan holda jonli reaksiya bilan javob beruvchi odamlarni – sangvinik deb atashgan. Muvozanatlangan xarakterli, hayot sharoitlarining o‗zgarishlariga o‗z munosabatini qiyin o‗zgartiradigan odamlarni – flegmatik; kuchsiz, qo‗rqoq, bir qarorga kela olmaydigan, ko‗ngli bo‗sh odamlarni – melanxolik deb atashgan.
Mijozlar to‗g‗risidagi ta‘limotga qadimgi sharq mamlakatlarining olimlari va hakimlari ham katta ahamiyat berganlar. Ularning fikricha, uchta asosiy mijoz – issiq, o‗rtacha va sovuq mijozlar mavjud bo‗lib, odam o‗z mijoziga qarab hayot kechirishi, ovqatlanishi va kasal bo‗lganda davolanishi zarurligini aytganlar.
Odam oliy asab faoliyati to‗g‗risidagi nazariy bilimlari va klinik kuzatishlari oqibatida I.P.Pavlov, odam va hayvonlar uchun umumiy bo‗lgan 4 tip bilan bir qatorda, faqat inson uchun xos bo‗lgan yana 3 tip mavjudligi to‗g‗risidagi xulosaga kelgan. Bular 1) badiiy, 2) fikrlash va 3) o‗rtacha tiplar hisoblanadi.
Badiiy tip – birinchi signal tizimining nisbatan kuchli faoliyati bilan tavsiflanadi. Bu tipga mansub odamlavr fikrlash jarayonida sezish a‘zolari orqali olingan atrof-muhit obrazlaridan foydalanadilar. I.P.Pavlovning ta‘biriga ko‗ra, ular borliqni butunligicha, ya‘ni qismlarga ajratmasdan qamrab oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |