O‟zbekiston respublikasi


MAVZU: 17. BIRINCHI VA IKKINCHI SIGNAL SISTEMASI



Download 2,87 Mb.
bet90/222
Sana19.10.2022
Hajmi2,87 Mb.
#854186
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   222
Bog'liq
Одам анатомияси ва физиологиясиc

MAVZU: 17. BIRINCHI VA IKKINCHI SIGNAL SISTEMASI.




Maruza rejasi:
  1. Birinchi va ikkinchi signal tizimlari.


  2. Tasavvur.
  3. Broka afaziyasi, Vernika afaziyasi, amneziya, akalkuliya.


  4. Nutqning neyrofiziologik aspektlari.
  5. Ontogenezda nutqning rivojlanishi.


  6. Odamning maqsadga etishga qaratilgan faoliyatlari mexanizmi.

Tayanch iboralar: Birinchi va ikkinchi signal tizimlari, tasavvur, Broka afaziyasi, Vernika afaziyasi, amneziya, akalkuliya, nutq.


Birinchi va ikkinchi signal tizimlari




Tashqi va ichki muhitdan kelayotgan turli ta‘sirotlarning taxlili va sintezi bir-biridan tubdan farq qiladigan ikkita signal tizimi: birinchi va ikkinchi signal tizimlariga bog‗liq. Tashqi dunyoning signallarini idrok etish, sezish, ya‘ni ko‗rish, eshitish, hid bilish va boshqa retseptorlarning qo‗zg‗alishi bilan ro‗y beradigan taxlil va sintez birinchi signal tizimini tashkil qiladi. Bu signal tizimi hayvonlar uchun ham, odamlar uchun ham umumiy xisoblanadi. Odamlarda oliy asab faoliyati misli ko‗rilmagan darajada rivojlanganligi sababli birinchi signal tizimi asosida ikkinchi signal tizimi - nutq paydo bo‗lgan. Ana shu bilan odamlar hayvonlardan tubdan farq qiladi. Birinchi signal tizimi bilan ikkinchi signal tizimi bir qator xususiyatlari bilan farq qiladi. Bular asosan quyidagilardan iborat: birinchi signal tizimi yordamida konkret sharoitdagi narsalar to‗g‗risida axborot olinadi. Uning signali umumiylashmagan, konkret bo‗ladi. Masalan, ko‗z narsalarni o‗z holicha ko‗radi, quloq tovushni o‗z holicha eshitadi, ikkinchi signal tizimi avval ko‗rilgan, eshitilgan narsalarni ham ifoda eta oladi, ularning obrazini gavdalantira oladi. Demak, u ongning mahsuli. Ikkinchi signal tizimining mahsuli bo‗lmish, so‗z konkret bo‗lmay, balki umumiylashgan, abstrakt holga kelgan signal. Buning ma‘nosi shuki, so‗z aytilganda uni eshitgan odam so‗zning tovushiga e‘tibor bermaydi, balki mazmuniga, mohiyatiga e‘tibor beradi va o‗sha so‗z bilan ifoda qilingan ob‘ekt to‗g‗risida tasavvurga ega bo‗ladi. Masalan, olov deyilganda ham, alanga yoki o‗t deyilganda ham odam yolg‗iz bir narsani, ya‘ni olovni tushunadi. Bu paytda signalning shakli, ya‘ni so‗zlar har xil, mazmun esa, bitta. Ikkinchi signal tizimi signallarning signali bo‗lib, o‗z navbatida birinchi signal tizimi negizida paydo bo‗lgan. CHunki odamning so‗zni qabul qiluvchi maxsus retseptori yo‗q. So‗z ham boshqa tovushlarni idrok qiladigan quloq fonoretseptorlari orqali qabul qilinadi. Demak, odamlarda oliy asab faoliyatining rivojlanishi natijasida, ong paydo bo‗lib, birinchi signal tizimining ham sifat tomonidan o‗zgarishiga ham olib kelgan. Ikkinchi signal tizimi shartli reflekslarni nihoyatda tez qabul qiladi va bu reflekslar juda uzoq saqlanib turadi. Insonning bir gapni bir marta eshitgandan so‗ng uni uzoq vaqt davomida yodda saqlab, qayta takrorlay olish qobiliyatiga ega ekanligi fikrimizning isbotidir.
Birinchi va ikkinchi signal tizimlarni bir-biridan ajratib bo‗lmaydi. Odamning barcha his- tuyg‗ulari, idroki va tasavvuri so‗z bilan ifodalanadi. Demak, birinchi signal tizimida tashqi dunyodagi jism va hodisalar paydo qilgan qo‗zg‗alish ikkinchi signal tizimiga o‗tkaziladi. Birinchi signal tizimini ikkinchi signal tizimi bilan bog‗lanmagan holda faoliyat ko‗rsatishini faqat hali tili chiqmagan bolalardagina kuzatish mumkin. O‗qish-o‗qitish va ijodiy faoliyat ikkinchi signal tizimini rivojlantiradi va takomillashtiradi.
Odam so‗zni bitta tovush yoki tovushlar majmuasi, ya‘ni tovush signali sifatida emas, aksincha ma‘lum mazmun tariqasida qabul qiladi va so‗zning ma‘nosini idrok qiladi. Masalan,
«alanga» so‗ziga shartli refleks hosil qilingan. Agar shartli refleksni vujudga keltirish vaqtida
«alanga» so‗zi o‗rniga «olov» so‗zi ishlatilsa, bu so‗z ham ijobiy natija beradi. Tahsil olish jarayonida o‗quv va yozuv markazlari va miya po‗stlog‗ining boshqa markazlari o‗rtasida ham aloqa o‗rnatiladi. SHu sababli, qo‗ng‗iroq tovushiga shartli refleks hosil qilinganidan keyin, odamga qo‗ng‗iroq so‗zi yozilgan qog‗oz ko‗rsatilishi bilanoq shartli reflektor reaksiya paydo bo‗ladi.
Fikrlovchi miyaning voqelikni aks ettirishini turli shakli bor. Ma‘lum bir narsani hissiy aks ettirish ular ichida nisbatan soddarog‗i, chunki u tuyg‗u, tassavur va idrok etish sifatida namoyon bo‗ladi. Atrof dunyoni mavhum-umumlashtirilgan holda aks ettirish ancha murakkab, chunki u mantiqiy fikr yuritishdan iborat bo‗lib miyaning mavhumiy faoliyat natijasi hisoblangan xulosa va mulohazalar shaklida namoyon bo‗ladi. Tashqi muhitning va organizmning ichki holatini muayyan hissiy aks ettirish birinchi signal tizimi tomonidan erishiladi. Eng avvalo, organizm retseptorlari ta‘sirlovchi jism va xodisalarning ayrim xususiyatlarini sezadi. Bu, bevosita sezgi asosida xaqiqatni aks ettirishning boshqa shakllarini, masalan idrok qilishni rivojlanishiga olib keladi.

Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish