SHartli refleksning kechikishi
SHartli ta‘sirot bilan shartsiz ta‘sirot ta‘siri o‗rtasida ozmi-ko‗pmi vaqt o‗tsa, bunda shartli refleks birmuncha kechikadi. Masalan, chiroq yoqilishiga nisbatan so‗lak ajratish shartli refleksi hosil qilingan hayvonda chiroq yoqilishi bilan ozuqa berish o‗rtasida juda oz vaqt (1-5 sekund) o‗tsa, chiroq yoqilishi bilanoq darrov so‗lak ajralaveradi. Ammo chiroq yoqilishi bilan ozuqaning berilishi o‗rtasida ko‗proq vaqt (2-3 minut) o‗tsa, keyinchalik chiroq yoqilishi bilan so‗lak ajralishi o‗rtasida ham ko‗proq vaqt (2-3 minut) o‗tadigan bo‗lib qoladi. Bu vaqtda shartli ta‘sirot shartli refleks markazini dastlab tormozlaydi, so‗ngra qo‗zg‗atadi. SHartli tormozlanish organizm uchun nihoyatda katta ahamiyatga ega. SHartli tormozlanish bo‗lmaganida edi, organizm shartsiz ta‘sirot bilan mustahkamlanmagan, ammo shartli ta‘sirot bo‗la oladigan har qanday signallarga ham ortiqcha, keraksiz reaksiyalar bilan javob beraverar edi. Tormozlanish tufayli organizm faqatgina shartsiz ta‘sirot bilan mustahkamlanadigan, o‗zi uchun zarur reaksiyalarni vujudga keltiradi va shunday qilib, tashqi muhitga mukammalroq moslashadi.
Ichki tormozlanish
SHartli-reflektorli faoliyatning ichki tormozlanishida shartli ta‘sir shartsiz ta‘sir tomonidan quvvatlanmaydi, ya‘ni o‗zining yurgizib yuboruvchi signal mohiyatini asta-sekin yo‗qotadi. Bunday tormozlanish tezkor va birdaniga rivojlanmasdan, sekin-asta, shartli reflekslar umumiy qonuniyati bo‗yicha rivojlanadi va shunchalik o‗zgaruvchan, dinamik bo‗ladi (3.3 - rasm). I.P.Pavlov ushbu holatini – shartli tormozlanish deb atagan. Uning fikricha, bunday ishlab chiqilgan tormozlanish, shartli reflekslarning o‗z ichida, markaziy asab tizimlari ichida hosil bo‗ladi.
SHartli tormozlanishning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:
U, shartli refleks yoki salbiy signal xususiyati sekin-asta namoyon bo‗ladigan quvvatlanmaydigan qo‗zg‗atuvchilar ta‘sirida rivojlanadi;
SHartli tormozlanish o‗rgatishga (mashq qilishga) moyil. Tormozlangan shartli refleks o‗z-o‗zidan tiklanishi mumkin va bu xususiyat, yosh hayvonlar xulq - atvor tarbiyalashda juda muhim rol o‗ynaydi;
SHartli tormozlanish qobiliyatining turli ko‗rinishlari asab tizimining individual xususiyatlariga bog‗liq bo‗lib, tez qo‗zg‗aluvchan individiumlarda qiyin va sust rivojlanadi;
U, shartli refleksning ijobiy shartli signalni quvvatlovchi fiziologik kuchiga bog‗liq;
U, oldin shakllangan shartli refleksning kuchiga bog‗liq;
U, shartli refleks bilan hamkorlik qilishi mumkin. Bu holda tormozlanishdan chiqish hodisasi ro‗y beradi, ayrim xollarda esa, shartli va shartsiz tormozlanishning summatsiyasi natijasida ularning umumiy samarasi ko‗payishi mumkin.
I.P.Pavlov shartli tormozlanishni to‗rtta turga: 1) so‗nuvchi, 2) differensialashgan, 3) shartli tormoz va 4) kech qoluvchi tormozlanishga bo‗lgan.
So‗nuvchi tormozlanish, shartli signal shartsiz signal bilan quvvatlanmagan paytda rivojlanadi (3.4 - rasm). Masalan, hayvon doimo bir joyda ovqatlansa va keyinchalik shu joyda ovqat topa olmasa, u, bu joyga boshqa kelmaydi, chunki so‗nuvchi tormozlanish rivojlanadi.
Differensiyalashgan tormozlanish – xususiyatlari bo‗yichaquvvatlovchi signallarga yaqin bo‗lgan qo‗zg‗atuvchilar quvvatlanmagan paytda rivojlanadi. Tormozlanishning bu turi har xil qo‗zg‗atuvchi-larga asoslangan bo‗ladi. Differensiyalashgan tormozlanish yordamida turli o‗xshash qo‗zg‗atuvchilarning orasidan bitta quvvatlovchiga reaksiya qiladigani ajratiladi, ya‘ni uning uchun biologik jihatdan muhim bo‗lgani, boshqa o‗xshash qo‗zg‗atuvchilarga esa shartli reaksiya sust namoyon bo‗ladi yoki umuman bo‗lmaydi.
SHartli tormoz – ijobiy shartli signal va indiferent qo‗zg‗atuvchidan tashkil topgan kombinatsiya quvvatlanmagan paytda hosil bo‗ladi. Masalan, itda tovushga nisbatan ovqat shartli refleksi hosil qilingan bo‗lib, bu signalga yorug‗lik signalini qo‗shib, lekin ularning birgalikdagi ta‘siri ovqat berish bilan mustahkamlanmasa, bir nechta qaytarishdan so‗ng bu signallar
kombinatsiyasi ovqat raeksiyasini chaqirmay qo‗yadi. SHundan keyin tovush signali alohida berilsa, so‗lak ajralishi paydo bo‗ladi.
Kech qoluvchi tormozlanish hosil qilingan paytda, mos ravishdagi shartli refleks bilan quvvatlanish, oldingi tormozlanish turlaridagi kabi bekor qilinmaydi, balki shartli qo‗zg‗atuvchi ta‘sirining boshlanishidan ancha nariga siljiydi (3.5 - rasm). SHartli signalning faqatgina ohirgi ta‘sir davri quvvatlanadi, undan oldingi muxim ta‘siri esa quvvatlanishdan mahrum bo‗ladi. Aynan shu davr, kech qoluvchi tormozlanish bilan birga o‗tadi va kech qoluvchi shartli refleksning tinchlik (faoliyatsiz) fazasi deyiladi. U, tugagandan so‗ng, tormozlanish to‗xtaydi va qo‗zg‗alish bilan almashadi, bu refleksning faoliyatli fazasi deyiladi. Bu xolatda, ikkita qo‗zg‗atuvchi majmua ko‗rinishida ta‘sir ko‗rsatadi (vaqt - ikkinchi komponent xisoblanadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |