O‟zbekiston respublikasi


CHegaradan chiqqan tormozlanish



Download 2,87 Mb.
bet86/222
Sana19.10.2022
Hajmi2,87 Mb.
#854186
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   222
Bog'liq
Одам анатомияси ва физиологиясиc

CHegaradan chiqqan tormozlanish


Bu tashqi tormozlanishning bir ko‗rinishi bo‗lib, shartli ta‘sirot kuchi yoki ta‘sir qilish muddati odatdagisidan haddan tashqari oshib ketganda kuzatiladi (3.2 - rasm). Masalan, qo‗ng‗iroq chalinishiga so‗lak ajratish shartli refleksi hosil qilingan itga qo‗ng‗iroqni odatdagidan ancha kuchli yoki uzoq vaqt davomida chalsak, so‗lak ajralishi kuzatilmay qo‗yadi. CHunki asab hujayralarining qo‗zg‗alish me‘yori, chegarasi bor. Agarda qo‗zg‗alish shu me‘yordan, chegaradan chiqib ketsa, tormozlanish paydo bo‗ladi. SHartsiz tormozlanish tug‗ma bo‗lib, po‗stloq bilan bir qatorda markaziy asab tizimining qo‗yi qismlari uchun ham xos. SHartli tormozlanish faqatgina po‗stloqda kuzatiladi, sekinlik bilan paydo bo‗lib, uzoq vaqt davom etadi. SHartli refleks shartli ta‘sirot bilan doimo bir zayilda mustahkamlanib turmasa, shartli
tormozlanish paydo bo‗ladi. Bu vaqtda tormozlanish mustahkamlanmay qolgan shartli refleks markazining o‗zida paydo bo‗ladi. Tormozlanish shartli refleksning o‗z markazida paydo bo‗lganligi tufayli, u ichki tormozlanish ham deyiladi. SHartli tormozlanishning to‗rtta xili bor:

    1. shartli refleksning so‗nishi; 2) shartli ta‘sirotni differensiatsiyalash (tabaqalash); 3) shartli tormoz va 4) shartli refleksning kechikishi.

SHartli refleksning so„nishi


SHartli refleks hosil qilingandan so‗ng shartli ta‘sirot avvaldagiga nisbatan boshqacha qilib ta‘sir ettirilsa va shu boshqacha ta‘sirot shartsiz ta‘sirot bilan mustahkamlanmasa, shartli refleks so‗nib qoladi. Masalan, itda qo‗ng‗iroq chalinishiga so‗lak ajratish shartli refleks hosil qilingan bo‗lsin. SHu itda shartli refleks hosil qilinganda qo‗ng‗iroq qanday chalingan bo‗lsa, keyin ham shunday chalinib, bu signal ozuqa bilan mustahkamlanib borilsa, so‗lak ajralib, shartli refleksi davom etaveradi. Ammo qo‗ng‗iroq o‗zgartirilsa, masalan, avvaliga ma‘lum vaqt surunkasiga chalinib, keyin esa bir necha marta qisqa-uzib chalinsa va qo‗ng‗iroqning shu tariqa takroriy chalinishi ozuqa berish bilan mustahkamlanmasa, ajraladigan so‗lak tobora kamaya boradi va keyincharoq mutlaqo ajralmay qo‗yadi, demak shartli refleks sunadi. Qo‗ng‗iroqning boshqacha chalinishi ozuqa bilan mustahkamlanmaganligi tufayli avval qo‗zg‗algan shartli refleks markazi tormozlanadi. Lekin shunisi ham borki, shartli ta‘sirotni ancha uzoq vaqtdan so‗ng yana aslida o‗z holida ta‘sir ettirsak, shartli refleks yangidan paydo bo‗ladi. Ayni paytda miya po‗stlog‗ining qo‗zg‗aluvchanligi ortib, refleks tormozdan tushadi. SHartli ta‘sirot boshqa bir yot ta‘sirot bilan birga barovar ta‘sir ettirilganida ham refleks tormozdan chiqishi mumkin. Masalan, qo‗ng‗iroq ovoziga javoban so‗lak ajralmaydigan bo‗lib qolganida, qo‗ng‗iroq chalish bilan ravshan olov yoqsak, it yana so‗lak ajrata boshlaydi.

Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish