Tasavvur - muayyan hissiy aks ettirishning mukammal shakli hisoblanadi. Tasavvur qilinganda, eng avvalo, organizmni ta‘sirlagan narsa va hodisalarning muayyan tasvirlari paydo bo‗ladi. Tasavvur avvalgi ta‘surotlarning miyada qolgan izlarini oliy tahlili va sintezi natijasi hisoblanadi. Tasavvur assotsiyalar zanjirida yoki bo‗lmasa murakkab vaqtincha aloqalariga asoslangan bo‗ladi.
Voqelikni mavhum va umumlashtirilgan holda aks ettirish faqat insongagina xos. Ko‗ngildagi gapiriladigan yoki yoziladigan so‗zlar yordamida, mavhum tushunchalarga asoslanib fikr yuritish qobiliyatini rivojlantirish atrof dunyoni mavhum-umumlashtirilgan holda aks ettirishni paydo qiladi. Bu esa insonni tabiat hodisalarini bilish va ulardan foydalanish uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
Miya po„stlog„larining ikkinchi signal tizimi faoliyatiga dahldor sohalari
Odamning tanasi simmetriyalikka ega, ya‘ni ikki qo‗li, oyog‗i, ko‗zi va qulog‗i bor. Bosh miyasi ham ikki yarim sharlardan iborat. Bir yarim sharda uchraydigan egat va jo‗yaklar ikkinchi yarim sharda ham bor. Har qaysi yarim sharda eshitish, ko‗rish va boshqa sezgi markazlari va harakatlarni boshqaruvchi markazlar mavjud.
CHap yarim sharning mator sohasi shikastlansa, tananing shu yarim shar nazoratida bo‗lgan o‗ng tomonda harakatlar buziladi va aksincha, o‗ng yarim sharning shikastlanishi chap tomonda harakatlarning buzilishiga olib keladi. Ammo, ikkinchi signal tizimi bilan bog‗liq xolatlarni olsak, ularning yuzaga chiqishida ikkala yarim sharning ishtiroki teng keladi. Bosh miyaning funksional assimetriyaga ega ekanini, yarim sharlari qadoq tanasi ma‘lum sabablarga ko‗ra kesib, ajratilgan odamlarda aniqlash mumkin. Tutqanoq xurujining paydo bo‗lishi miya po‗stlog‗ining bir sohasida rivojlangan qo‗zg‗alishning boshqa sohalariga tarqalishiga bog‗liq. Bu qo‗zg‗alish qadoq tana orqali bir yarim shardan ikkinchi yarim sharga ham tarqaladi va hurujning zo‗rayishiga olib keladi. Hurujlari tez-tez va kuchli takrorlanadigan bemorlarda yarim sharlarni ajratish uchun qadoq tana tilinadi. Miyasi tilingan bemorlarni bir qarashda boshqalardan ajratish mushkul. Ularni aql-idrok va hatti-harakati deyarli o‗zgarmaydi. Ammo, maxsus murakkab tekshirishlar bunday operatsiya insonning onggiga va fikr yuritishiga jiddiy ta‘sir etishini ko‗rsatadi. Bunday bemorlarda ikkala yarim sharning xolatini alohida-alohida o‗rganish imkoniyati yaratiladi.
Tilingan miya xolatini o‗rganish chap yarim sharning asosan nutqga javobgarligini, o‗ng yarim shar ko‗rish va fazoni idrok qilishga bog‗liq bo‗lgan ko‗nikmalarni boshqarib turishini ko‗rsatadi. Bundan tashqari yarim sharlarning axborotni qayta ishlash usulida farqi borligi aniqlangan. CHap yarim sharlar axborotlarni bo‗laklab izchillik bilan qayta ishlasa, o‗ng yarim shar uni bir vaqtning o‗zida yaxlit holda qabul qiladi.
Nutqning qaysi yarim shar bilan aloqadorligini aniqlash uchun odamning uyqu arteriyalaridan biriga naycha kiritiladi. Bemorni ikkala qo‗lini ko‗tarib, yuzdan boshlab orqaga sanash taklif qilinadi. Narkotik modda amital natriyni uyqu arteriyasiga yuborilgandan so‗ng o‗sha tomondagi yarim sharda narkotik xolat paydo bo‗ladi, ya‘ni qarama-qarshi tomondagi qo‗l tushib ketadi va xarakatsizlanadi. Bemor sanashdan ham to‗xtaydi. Agar nutqni nazorat qiluvchi yarim shar karaxtlangan bo‗lsa, odam bir necha daqiqagacha gapirmaydi. Karaxtlangan yarim shar nutqni bevosita nazorat qilmasa, bemor faqat bir necha lahza sanashdan to‗xtaydi, keyin sanashda davom etaveradi. Ana shu usul va boshqa psixologik testlar yordamida o‗ngaqay odamlarning 95 % da nutqni chap yarim shar, qolgan 5 % ini o‗ng yarim shar bajarishi aniqlangan. CHapaqay odamlarning 70 % da nutqni yarim shar nazorat qiladi. Qolgan 30 % ning yarmida nutqni o‗ng
yarim sharning bir o‗zi, ikkinchi yarmida chap va o‗ng yarim sharlar boshqarishi ma‘lum bo‗ldi. Demak, odamlarning ko‗pchiligida nutqdan foydalanish qobiliyati chap yarim sharga bog‗liq ekan. Miyaning o‗ng yarim shari nutqni shakllantirish qobiliyatiga ega emas, ammo u nutqni tushinish imkoniyatiga ega.
Po‗stlog‗ning chakka sohasi Vernike sohasi bilan tutashgan qismi o‗ng yarim sharga nisbatan chap yarim sharda kattaroq. O‗ng yarim sharda peshona va ensa bo‗laklar yarim shardan kengroq. Bu anatomik assimetriyalar, chamasi, yarim sharlar faoliyatidagi tafovutlarning tuzilma asosi bo‗lishi mumkin.
Erkaklarda ayollarga nisbatan bosh miya yarim sharlarining ixtisoslanish darajasi nisbatan yuqori bo‗ladi. SHu sababdan, erkaklarda chap yarim sharning shikastlanishi nutq va ikkinchi signal tizimiga aloqador bo‗lgan faoliyatlarda jiddiyroq o‗zgarishlarni keltirib chiqaradi. CHap yarim sharning peshona bo‗lagi shikastlangan bemor gapirish qobiliyatini yo‗qotadi, ammo hamma singari yozgan va o‗qigan, gaplarni tushinadi (Pol Broka, 1866). SHu sababli ham chap yarim sharning peshona bo‗lagida po‗stlog‗ning harakat sohasiga yaqin qismi Broka sohasi (zonasi) nomini olgan. Broka sohasi yuz, jag‗, til va halqum mushaklarining faoliyatlarini boshqaradi. Broka sohasi shikastlangan odam yaxshi gapiraolmaydi, lekin tildan foydalanish qobiliyatini yo‗qotmaydi. Nutqning bu tarzida buzilishini Broka afaziyasi deb ataladi. Afaziyaning ikkinchi turi ham bor. Bunday buzilishda bemor biyron gapiradi ammo gapida ma‘no bo‗lmaydi. Lekin bemor gapining be‘maniligini o‗zi ham bilmaydi, ya‘ni u o‗zicha juda ham ma‘noli gipirayotgandek sezadi. Vernika afaziyasi deb atalgan bu holat chakka bo‗lagining yuqori orqa qismi - Vernika sohasi shikastlanganda kuzatiladi.
Broka va Vernika sohalari va ularni bog‗lovchi yo‗llar kamchiliksiz bo‗lgandagina gapni tushinish va to‗g‗ri so‗zlash mumkin. Ikki nutq sohasi o‗rtasidagi aloqalarning uzulishi ham afaziyaga olib keladi. Bunda bemor eshitgan va o‗qiganlarning ma‘nosini tushinishga qiynaladi, bir nechta so‗zdan tuzilgan gapning to‗g‗ri takrorlay olmay qiynaladi.
Afaziyaning maxsus turi - amneziya po‗stlog‗ning tepa sohasi shikastlanganda rivojlanadi. Bunda bemor ayrim so‗zlarni esdan chiqaradi. Amneziyaga uchragan bemor nima demoqchiligini biladi, ammo kerakli so‗zlarni topib gapiraolmaydi. Ayni vaqtda sanashning buzilishi (akalkuliya) ham kuzatiladi.
Ko‗z bilan ko‗rib tanish jarayoni miyaning ensa sohasi shikastlanganda buziladi. Bemor narsalarni ko‗radi, ularga qoqilmasdan atrofidan aylanib o‗tadi, ammo uni nimaligini bilmaydi. Bunday holatni ko‗rish agnoziyasi deb ataladi.
Miyaning tepa sohalari shikastlanganda bemor biror narsa tekkanini sezsa ham, o‗sha narsani paypaslab, bilib ololmaydi. Bunday xolatni taktil agnoziya deb ataladi.
Demak, ikkinchi signal tizimi faoliyatlarining buzilishi po‗stlog‗ning ma‘lum sohalari shikastlanganda kuzatiladi. Qaysi murakkab faoliyatlarni (so‗zlash, sanash, o‗qish va yozishni) olmaylik, ular bir-biridan ancha uzoq bo‗lgan sohalarning shikastlanishiga ta‘sir qiladi. Ikkinchi tomondan, bir sohaning shikastlanishi bir nechta faoliyatlarning buzilishiga olib keladi. SHu sababli ham psixik faoliyat miyaning barcha sohalari to‗g‗ri ishlagandagina meyorda ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |