Tashqi tormozlanish
Tashqi tormozlanish miya po‗stlog‗ida shartli refleks markazi bilan bir qatorda boshqa markaz kuchli qo‗zg‗alganida kuzatiladi. CHunki kuchli qo‗zg‗algan markaz o‗ziga nisbatan kuchsizroq qo‗zg‗algan markazlarni tormozlaydi. SHartli refleksni tormozlaydigan markaz, shu shartli refleksning markazidan tashqarida bo‗lganligi uchun ham, tormozlanishning bu xili tashqi tormozlanish deyiladi. Masalan, itda so‗lak ajratish shartli refleksi hosil qilmagan bo‗lsa, shu itdan so‗lak ajratayotgan paytda unga mushukni ko‗rsatsak, so‗lak ajralishi to‗xtaydi: shartli refleks tormozlanadi. Bu vaqtda mushukni ko‗rish tegishli markazning qo‗zg‗alishiga sabab bo‗ladi va bu so‗lak ajratish markazini tormozlaydi. SHuningdek, sigirlar sogilayotganida odatdagi sharoitning o‗zgarishi - shovqin-suron ko‗tarilishi, begona odamlar paydo bo‗lishi sut berish refleksining tormozlanishiga sabab bo‗ladi. Ichki a‘zolardan kelayotgan ta‘sirotlar ham shartli refleksni tormozlab qo‗yadi. Masalan, qovuqning haddan tashqari to‗lib ketishi, qusish va boshqalar shartli reflekslarni tormozlay oladi. Tormozlanish jarayonining kuchi asab markazlarining holatiga bog‗liq. Juda ochiqqan, ya‘ni ovqatlanish markazi kuchli qo‗zg‗algan hayvonda bu markazni nihoyatda kuchli qo‗zg‗algan boshqa markazgina tormozlay oladi.
Orientirlangan refleks – shartsiz tormozlanishning ko‗proq uchraydigan omilidir. Bu refleks, behos va begona qo‗zg‗atuvchida mavjud bo‗lgan axborotni to‗laligicha qabul qilish uchun paydo bo‗ladi.
Kundalik hayotda inson o‗z faoliyatini yangi, behosdan paydo bo‗lgan qo‗zg‗atuvchiga e‘tiborini qaratishi tufayli to‗xtatganini ko‗p ko‗ramiz. Ushbu refleksning paydo bo‗lishi momentida konkurent reflekslarning birgalikdagi tormozlanishi namoyon bo‗ladi. U, chuqur yoki sayoz, qisqa yoki uzoq muddatli bo‗lishi mumkin va orientirlangan hamda tormozlanish reflekslarining fiziologik kuchiga bog‗liq. qayta qo‗zg‗algan vaqtda, o‗rganish oqibatida orientirlangan refleks yo‗qoladi, bir vaqtning o‗zida tashqi tormoz-lanishning samarasi ham pasayadi. Bunday tormozlanishning boshqa turi – doimiy tormozlanish u yoki bu tormozlanuvchi refleksga o‗z ta‘sir samarasini doimiyligi bilan farqlanadi. Tashqi tormozlanish stabilligi, xususan, reflektorli aktni tormozlovchi fiziologik kuch bilan belgilanadi. Organizm hayoti uchun muhim reflekslarga turli shikastlovchi ta‘sirlarga (og‗riq ta‘sirlari ham shu jumladan) nisbatan bo‗lgan mudofaa shartsiz reflekslari kiradi. Mudofaa doimiy tormozini davom etish muddati uning kuchi va tormozlanuvchi refleks xususiyatiga bog‗liq.
Agar ta‘sirning jadalligi oshirilsa, u chaqiradigan samara ham oshadi (kuch qonuni). Lekin, ta‘sir kuchi yanada ko‗paytirilsa uning samarasi pasayadi yoki yo‗qoladi. Ushbu natijaning asosida toliqish emas, balki chegaradan tashqari tormozlanish yotadi. Bu xolni i.p.pavlov himoyalash deb nomlagan, chunki u, miya hujayralari tomonidan energetik resurslarni xaddan tashqari ko‗p sarflashini oldini oladi. Tormozlanishning bu turi hayvon asab tizimining funksional holatiga, yoshiga, tipologik xususiyatiga, gormonal sohasining holatiga va boshqalarga bog‗liq. Turli jadallikdagi ta‘sirlarga nisbatan hujayraning chidamlilik chegarasi uni ishlash qobiliyati chegarasi deyiladi va bu chegara qanchalik yuqori bo‗lsa, hujayra shunchalik o‗ta kuchli ta‘sirlarga bardosh beradi. Chegaradan tashqari tormozlanishning eng chekka holati, odam va hayvonlarda o‗ta kuchli qo‗zg‗atuvchilar ta‘sirida paydo bo‗ladigan karaxtlik hisoblanadi. Odam stupor holatiga, ya‘ni to‗la harakatsizlik holatiga tushib qolishi mumkin. Bunday holatlar faqatgina jismoniy kuchli ta‘sir ostida (masalan, bomba portlashi) emas, balki ma‘naviy hayajonlanish oqibatida (masalan, yaqin inson o‗lganligi to‗g‗risida kutilmaganda xabar topish) ham yuz beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |