SHartli reflekslar tasnifining bir nechta tizimi mavjud bo‗lib, xar biri bitta etakchi omil asosida tuzilgan.
Birinchisi, shartsiz ovqatlanish xususiyati bo‗yicha farqlanadigan shartli reflekslar. Quvvatlanishning bor yoki yo‗qligiga qarab shartli reflekslar ijobiy (quvvatlanuvi), ya‘ni organizmning mos ravishdagi chaqiruvchi va manfiy, yoki tormozlochi (quvvatlanmaydigan), ya‘ni mos ravishdagi reaksiyani chaqirmaydigan, xattoki uni susaytiradigan shartli reflekslar farqlanadi.
Quvvatlanishning biologik mohiyatiga binoan, shartli reflekslar biologik ehtiyojiga bog‗liq holda farqlanadi. Vital (ovqatlanish, himoya, uyquni boshqarish va h.k.), zoosotsial (jinsiy, avlodiy, xududiy va x.k.) va o‗z-o‗zini rivojlantiruvi (tadqiqot, taqlid qilish, o‗yin va x.k.) kabi shartli reflekslar ajratiladi.
SHartli refleksni quvvatlovchi omil sifatida organizmning xar qanday faoliyati xizmat qilishi mumkin. Ularni ikkita katta guruhga, ya‘ni xarakat va avtonom (vegetativ) shartli reflekslarga bo‗lish mumkin. Harakat reaksiyalari bazasida ko‗pchilik instrumental shartli reflekslar hosil bo‗lib, ular bir xil holatlarda shartsiz reflekslardan nusxa ko‗chirsa, boshqa holatlarda – ancha murakkab shaklga ega bo‗ladi va erkin xulq - atvor asosi bo‗lib xizmat qiladi (2.4, 2.5 – rasmlar). Vegetativ shartli reflekslarga mumtoz so‗lak ajralish shartli reflekslari kiradi. SHartli-reflektorli nazoratga deyarli barcha ichki a‘zolar bo‗ysinishi mumkin.
Ikkinchisi, shartli signal xususiyati bo‗yicha farqlanadigan shartli reflekslar bo‗lib, ularga ikkita katta guruh – eksterotseptiv va interotseptiv shartli reflekslar kiradi. Ekstroretseptiv shartli reflekslar orasida ko‗rish, eshitish, hid bilish, ta‘m bilish, taktil, harorat shartli reflekslar bo‗lib, ular qo‗zg‗atuvchi ta‘sir qiladigan retseptorlar bo‗ladi.
Interoretseptiv shartli reflekslar bosh miyaga ichki a‘zolardan birdaniga kelgan afferent signal organizmning vegetativ yoki harakat faoliyati uchun signal bo‗la olgandagina paydo bo‗ladi. Ichki a‘zolardan keladigan shartli reflekslar mexanik, harorat, osmotik va boshqalarga bo‗linadi.
Uchinchisi, shartli reflekslar tasnifining muhim belgisi shartli va shartsiz qo‗zg‗atuvchilarning ta‘sirini vaqt birligida bog‗lanishi hisoblanadi. Ushbu belgiga ko‗ra quyidagi shartli reflekslar farqlanadi; a) naqd shartli reflekslar, ya‘ni signalni ta‘sir qilish va quvvatlanish vaqtini mos kelish paytida hosil bo‗ladi; b) izidan keluvchi shartli reflekslar, ularning hosil bo‗lishida signal va quvvatlanish bir-biridan ma‘lum bir vaqt intervali bilan ajralgan bo‗ladi.
SHartli reflekslarning hosil bo‗lish mexanizmlari yuqorida aytib o‗tilganidek, shartli refleksni hosil bo‗lishi uchun, markaziy asab tizimida shartli ta‘sirlovchi va shartsiz-reflektorli akt o‗rtasida vaqtinchalik bog‗lanish paydo bo‗lishi lozim. Ovqatga shartli refleksni xosil qilish va qayd qilish shartlari 2.5 – rasmda keltirilgan. SHartli refleks hosil qilinishi jarayonida ma‘lum shartsiz refleksni, masalan ovqat ta‘sirida so‗lak ajralishi refleksini bo‗lajak shartli refleks uchun negiz qilib olinadi, ikkinchidan bu refleks uchun befarq (indiferent) bo‗lgan signalni, masalan, qo‗ng‗iroq tovushini va yorug‗likni shartli signal qilib olinadi. SHartli signalning o‗zi so‗lak ajralishini paydo qilmaydi. Bordiyu shartli signalning o‗zi qo‗llab ko‗rilsa, ya‘ni qo‗ng‗iroq chalinsa va shu ondayoq shartsiz refleks chaqiriladi, ya‘ni itga ovqat beriladi. Bunda so‗lak bezlari qo‗zg‗alib, so‗lak ajrala boshlaydi. Bir necha kun mobaynida har gal shartli signalni ovqat bilan bog‗liq holda foydalanilsa, shartli signalning o‗ziyoq (qo‗ng‗iroq) ovqat berilmasa ham, so‗lak ajralishini vujudga keltiradi. Buning sababi shuki, shartli refleksni vujudga keltirish jarayonida har safar ikkita shartsiz refleks chaqiriladi va miya po‗stlog‗ida ikkita markaz qo‗zg‗aladi. Birinchisi, qo‗ng‗iroqdan chiqqan tovushni chamalash refleksi, ya‘ni hayvon qulog‗ining dikkayishi, boshning tovush kelgan tomonga burilishi va bir necha vegetativ o‗zgarishlar. Bu refleksning vujudga kelishi po‗stlog‗dan pastdagi (to‗rttepalik) va po‗stlog‗dagi (chakka sohasi) markazlari-ning qo‗zg‗alishiga bog‗liq. Ikkinchisi esa ovqat ta‘sirida yuzaga chiqadigan so‗lak ajralish refleksi. Uning vujudga kelishi ham po‗stlog‗dan pastdagi va po‗stlog‗dagi markazlarning qo‗zg‗alishi natijasi hisoblanadi.
SHartli refleksni paydo qilish jarayonida, ya‘ni har bir tajribada miya po‗stlog‗ining ikkita markazida: birinchisi shartli signal markazida, ikkinchisi shartsiz refleks markazida qo‗zg‗alish rivojlanadi. SHartli signal, sharsiz ta‘sirot bilan deyarli bir vaqtda berilishi ko‗p marta takrorlangandan keyin bu markazlar o‗rtasida ma‘lum o‗zaro munosabatlar rivojlanib, vaqtincha aloqa o‗rnatiladi. I.P.Pavlovning fikricha, miya po‗stlog‗ida ayni bir vaqtning o‗zida ikki sohada qo‗zg‗alishning paydo bo‗lishi, qo‗zg‗alish jarayoni kuchsizroq bo‗lgan nuqtadan, ya‘ni shartli signal qo‗zg‗alish hosil qilgan sohadan kuchliroq qo‗zg‗alib, dominant bo‗lib qolgan soha (sharsiz refleks markazi) tomon harakat qilishiga olib keladi. Ushbu qo‗zg‗alish jarayonining bunday harakatlari qayta-qayta takrorlanganligi uchun miya po‗stlog‗ining bir sohasidan ikkinchi sohasiga yo‗l ochilib, ular o‗rtasida vaqtincha aloqa o‗rnatiladi. Natijada, shartli signal faqat o‗z markazini emas, balki shartsiz refleks markazini ham qo‗zg‗atadi, ya‘ni shartsiz refleks paydo bo‗ladi.
SHartli refleksni paydo qilish vaqtida, glial hujayralarning faolligini ortishi, shartli signal va shartsiz refleks markazlari orasidagi mielinsiz tolalarni mielin qoplab, bu tolalar o‗tkazuvchanligini kuchaytirishi, natijada qo‗zg‗alishning shartli signal markazidan shartsiz refleks markaziga etib borishi osonlashadi degan fikrlar ham bor. SHu bilan birga, vaqtincha aloqa o‗rnatilishida neyronlarda oqsil sintezlanishi o‗zgaradi, ya‘ni ko‗p neyronlarning, ikkala markazida qo‗zg‗alishning bir vaqtda bo‗lishi RNK tuzilishiga ta‘sir qiladi, buning natijasida maxsus «xotira» oqsillari paydo bo‗ladi degan fikrlar mavjud. SHartli refleks paydo bo‗lishini tushintirishda sinaptik va membrana farazlari ham mavjud. Sinaptik faraz bo‗yicha – shartli refleks hosil bo‗lish jarayonida markazlardagi sinapslarning faoliyat samarasi o‗zgaradi, membrana farazida – shartli refleks mexanizmlari postsinaptik membrana hosilalari o‗zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |