Chiganoqli labirint eshitish analizatorining periferik qismi bo‘lib, ichida eshitish a‘zosi joylashgan. Daxlizning chiganoq ichidagi va uchi berk bo‘lgan bo‘rtmasiga chiganoq yo‟li deyiladi. Chiganoq yo‘li uzunligi 3,5 sm teng bo‘lgan biriktiruvchi to‘qimali qop bo‘lib, ichida endolimfa bo‘ladi. Chiganoq yo‘li suyakli spiral kanalini uch qismga bo‘lib, uzi o‘rta qismini egalaydi. Yuqorigi qismini - daxliz narvoni, pastki qismini - nog‘ora narvoni tashkil etadi.Chiganoqning kubbasida ikkala narvon chiganoq teshigi orqali bir biri bilan tutashadi. Nog‘ora narvon chiganoqning asosigacha yetib, chiganoqning yumolok darchasi yonida tugallanadi. Yumaloq darcha ikkilamchi nog‘ora parda bilan yopilgan. Daxliz narvoni daxlizning perilimfatik bo‘shlig‘i bilan tutashadi.
Chiganoq yo‘li ko‘ndalang kesmada uch burchak shaklga ega. Chiganoq yo‘lining yuqorigi daxlizli devori daxliz narvoniga qaragan, ichki yuzasi bir qavatli yassi epiteliy bilan, tashqi yuzasini
- endoteliy qoplaydi. Epiteliy va endoteliy orasida yupqa biriktiruvchi to‘qimali qavat joylashgan. Chiganoq yo‘lining tashqi devori suyakli chiganoqning suyak usti pardasi bilan qo‘shilib ketgan va
xar chiganoqning uramalarida joylashgan spiral boylamlariBoylam yuzasida tomirli tasmacha bo‘lib, uning tarkibida kapillyarlar endolimfani xosil qiluvchi kubsimon xyjayralar joylashgan. Ostki devori yoki nog‘ora devor, nog‘ora narvoniga qaragan va juda murakkab tuzilgan. Bazilyar membrana ustida tovushlarni qabul qilish vazifasini bajaradigan Korti a‘zosi joylashgan. Bazilyar membrana bir uchi bilan spiralsimon suyak plastinkaga, qarama qarshi uchi bilan spiral boylamga birikadi. Membrana nozik radial yo‘nalishda joylashgan 24 ming yaqin kollagen tolalardan tashkil topgan.Bazilyar membrana ustida tashqi va ichki tayanch xujayralari joylashgan bo‘lib, ularni ustida esa retseptor to‘qli xujayralar joylashgan va ular bazal membranagacha yetmaydi.Tashqi tayanch xujayralari spiralsimonsuyak plastinkani chetidan uzoqroq, ichkisi esa yaqinroq joylashadi. Retseptor xujayralari xam ikki xilga bo‘linadi: ichkisi kolbasimon shaklda, tashqisi - tsilindrsimon shaklga ega. Ichki va tashqi tayanch xujayralari o‘tkir burchak ostida tutashadi, natijada uch burchakli kanal yoki ichki korti tunneli xosil bo‘ladi. Korti kanali Korti a‘zosidan spiralsimon o‘tib, ichida endolimfa bo‘ladi.Tunnelь ichida spiral nerv tugunidan chiquvchi mielinsiz nerv tolalari joylashgan. Retseptor xujayralarning ustki yuzasida tukchalar-mikrovorsinkalar bilan qoplangan. To‘qli xujayralar ustidan qoplovchi membrana joylashadi. Uni bir uchi suyak spiralsimon plastinkaga birikadi, ikkinchi uchi esa chiganoq yo‘lining bo‘shlig‘ida erkin osilgan xolda tugallanadi.
Afferent neyronlarning tanalari (I neyronlar) spiralsimon plastinka ichidagi spiral tugunida joylashgan. Tashqi retseptor to‘qli xujayralar ichki to‘qli xujayralarga nisbatan baland tovushlarga sezgir bo‘ladi. Baland tovushlar chiganoqning pastki urama soxasida joylashgan xujayralarni ko‘zgotadi. Past tovushlarni asosan chiganoqning kubbasi soxasidagi xujayralar qabul qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |