O‟zbekiston respublikasi



Download 2,87 Mb.
bet106/222
Sana19.10.2022
Hajmi2,87 Mb.
#854186
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   222
Bog'liq
Одам анатомияси ва физиологиясиc

Pardali labirintning devori biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan, uning yuzasi bazal membrana ustida yotgan yassi epiteliy bilan qoplangan. Parda labirint ichida endolimfa suyuqligi bo‘ladi. Parda labirintning vestibulyar qismi stato-kinetik analizatorining periferik bo‘limi (muvozanat
a‘zosi) bo‘lib, ichki quloq daxlizida bir biri bilan tutashgan ellipssimon bachadoncha va sferik qopchani xosil qiladi. Bachadoncha bilan qopchani tutashtiruvchi ingichka kanalchadan bosh suyagining ichiga o‘tib turuvchi endolimfa yo‘li chiqadi. Pardadan tuzilgan yarim xalqasimon kanallar suyak yarim xalqasimon kanallarni shaklini takrorlaydi, lekin ulardan uch marta tor bo‘ladi. Yarim xalqa kanallarning oyoqlari kengayib, parda ampulani xosil qiladi. Xar bir parda yarim xalqa kanalining ikkala uchi bachadonchaga ochiladi. Parda ampulaning ichki yuzalarida burmalar shaklida qirralar joylashgan bo‘lib, bu qirralar soxasidan muvozanat nervining oxirlari boshlanadi. Qopchaning turli soxalarida dog‘lar deb nomlanadigan maxsus sezuvchi xujayralardan tashkil topgan. Dog‘lar epiteliysi tayanch xujayralaridan va retseptor to‘qli xujayralardan tashkil topgan. Xar bir to‘qli xujayraning apikal, ustki yuzasida labirint bo‘shlig‘iga tomon qaratilgan 60- 80 sochga o‘xshash mikrovorsinkalari bo‘ladi. Mikrovorsinkalardan tashqari xujayra tarkibida bitta xarakatchang xifchini bo‘ladi. Epiteliy yuzasida shilliqsimon modda bilan qoplangan nozik tutamli membrana joylashgan bo‘lib, uni tarkibida kaltsiy karbonatning mayda kristallari - statolitlar aniqlanadi. Retseptor to‘qli xujayralarning asoslari nerv oxirlari bilan tutashadi. Dog‘lar tarkibidagi retseptor to‘qli xujayralari og‘irlik kuchi va chizma tezlanishni o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘zgolishlarni qabul qiladi. Ampula tarkibidagi qirralar dog‘larga o‘xshash sezuvchi to‘qli va tayanch xujayralaridan iborat bo‘lib, burchakli tezlanishni o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘zgolishlarni qabul qiladi. Og‘irlik kuchini o‘zgarishida, boshning burilish xarakatlarida, turli tezlanishlarda otolitli membrana bilan kubba siljiydi. Natijada, retseptor xujayralarning to‘qlarida (mikrovorsinkalarida) xosil bo‘lgan zurikkish, xujayrada turli fermentlarning aktivligini o‘zgarishiga olib keladi. Xosil bo‘lgan ko‘zgolish sinapslar orqali ichki quloq yo‘lining tubida yotgan daxliz oldi nerv tugunining xujayralariga (I neyronga) uzatiladi. Bu neyronlarning aksonlari daxliz-chiganoq nervining daxliz qismini tashkil etadi. Ichki eshitish teshigi orqali daxliz qismi bilan chiganoq qismining tolalari qo‘shilib, YIII juft bosh miya nervi - daxliz-chiganoq nervini xosil qiladi. Miyacha bilan koprik orasida xosil bo‘lgan burchakda bu nervning tolalari miya to‘qimasidan o‘tib, rombsimon chuqurchani tubida joylashgan vestibulyar yadrolarga (II neyronlar) yetib boradi. Yadro tarkibidagi neyronlarning aksonlari miyachaning cho‘qqi yadrosiga boradi (III neyron). Bu yerdan bir qism nerv tolalari bosh miyaning dorsal tutami tarkibida orqa miyaga chiqadi. Vestibulyar tolalarning bir qismi rombsimon chuqurchaning kulrang moddasiga kirmasdan, to‘g‘ridan to‘g‘ri miyacha tugunchasiga boradi. Undan yana bir qism tolalari kesishib III neyronlar joylashgan soxaga - talamusga yetadi. Talamusdan impulslar tepa va chakka pallalarining stato-kinetik analizatorining po‘stlog markazlariga yo‘naladi va shu yerda tugallanadi.
Pardali labirint asosan kortiev organidan tashkmil topgan. pardali labirint ko‘ndalang kesmada uchburchak shaklga ega. Pardali labirintning pastki devorini bazilyar membrana xosil qilib, nog‘ora narvonidan ajratib turadi. pardali labirint tashqi devori spiralli boylamdan iborat. Membrananing pardali kanalga qaragan ustki yuzasini qoplovchi xujayralar spiral (Korti) a‘zoni tashkil etadi. Spiral a‘zoning o‘rta qismida ustun xujayralari joylashgan. Bu xujayralarning tubi keng, uch tomoni esa ingichkalashgan bo‘lib, bir-biriga yopishadi. SHu yusinda ikki xujayra qatori orasida tor kanal - tunnelь xosil bo‘ladi. Bu xujayralar orasidagi sezuvchi yoki to‘qli xujayralar retseptorlar xisoblanadi, eshituv nervi shu tukchalardan boshlanadi. Eshituv markazi esa oraliq miyaning ichki tizzasimon tanalarida va o‘rta miyaning ostki tepalarida joylashgan.

Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish