O’rta quloq.Nog‘ora bo‘shlig‘ining xajmi 1sm3 , chakka suyagining piramida qismining asosida joylashgan. Bo‘shliqning shilliq pardasi bir qavatli yassi epiteliydan tuzilgan. Bu epiteliy asta-sekin bir qavatli kubsimon, ba‘zi joylarda bir qavatli tsilindrsimon epiteliyga aylanadi.Nog‘ora bo‘shlig‘ining oltita devori farqlanadi:
Yuqori devori nog‘ora bo‘shliqni kalla bo‘shlig‘idan ajratib turadi.
Ostki devori yoki bo‘yinturuq venaga qaragan devor, nog‘ora bo‘shlig‘ini tubini xosil qiladi.
Nog‘ora bo‘shlig‘ining medial devori - nog‘ora bo‘shliqni ichki quloqning suyakli labirintidan ajratadi. Bu devor tarkibida labirint daxliziga ochiladigan darcha va chiganoqga ochiladigan darcha bo‘ladi. Daxliz darchasini eshitish suyagi - uzangichaning asosi berkitib turadi. Chiganoq bo‘shlig‘iga ochiladigan darcha ikkilamchi nog‘ora pardasi bilan qoplangan. Daxliz darchaning yuqorirogidan yuz nervi kanalidan yuz nervi ko‘rinib turadi.
O‘rta quloqning tashqi yoki lateral devori nog‘ora pardasi va uni atrofida joylashgan chakka suyagining bo‘limlaridan tashkil topgan.
Oldingi - uyqu - devori nog‘ora bo‘shlig‘ini ichki uyqu arteriyasi kanalidan ajratib, bu devorda eshitish nayining nog‘ora teshigi ochiladi.
Orqa devori chakka suyagining so‘rg‘ichsimon o‘sig‘iga qaratilan, ust tomonida mayda teshikchalari bo‘lib, bular nog‘ora bo‘shlig‘ini so‘rg‘ichsimon o‘siq ichidagi xavo saqlovchi kataklar bilan bog‘lab turadi.
Uchta mayda eshitish suyakchalari bo‘g‘imlar yordamida birikib, suyakli zanjirni xosil qiladilar va nog‘ora parda bilan daxliz darchasi orasida joylashadi. Suyakchalar tovush tulkinlarini nog‘ora pardadan daxliz darchasiga yetkazib beradi. Birinchi eshitish suyagi - bolgachaga o‘xshashligi uchun bolgacha deyiladi. Bolgachaning dastasi nog‘ora parda devori bilan bitishib ketgan. Bolgachaning boshchasi ikkinchi eshitish suyagi - sandonchaning tanasi bilan xarakatchang birikib, bo‘g‘im xosil qiladi. Bo‘g‘im nozik boylamlar bilan mustaxkamlangan. Sandonchani uzun va kalta oyoqchalari farqlanadi. Uzun oyoqchasi uchinchi eshitish suyagi - uzangini boshchasi bilan birikib, bo‘g‘im xosil qiladi. Uzangining asosi esa daxliz darchasiga kiradi. Suyakchalar ustidan shilliq parda bilan qoplangan. Nog‘ora pardani taranglashtiruvchi muskulning payi bolgachani dastasiga birikadi, uzangi muskul esa uzangini boshchasiga yaqin joyiga birikadi. Bu muskullarning qisqarishi tufayli suyaklarni xarakatlari ta‘minlanadi.
So‟rg‟ichsimonkatakchalarso‘rg‘ichsimon gor orqali nog‘ora bo‘shlig‘i bilan tutashadi.
Eshitish nayi yokiYevstaxiy nayi uzunligi 3,5sm gacha yetadi, suyakli va tog‘ayli qismlardan tuzilgan. Shilliq pardasi ko‘p qatorli tsilindrsimon, xilpilovchi epiteliy bilan qoplangan. Eshitish nayining yutkin teshigi xalqum yon devorining burun qismida ochilib, yutish jarayonida ochiladi. Eshitish nayining muxim vazifasi - nog‘ora bo‘shlig‘i ichidagi bosimni tashqi muxit bosimi bilan tenglashtirish.
Ichki quloqchakka suyagining piramida qismida joylashgan. Ichki quloqni xosil qilishda suyakli va pardali labirintlar ishtirok etadi.