Dars rejasi.
1. Tog'ay Murodni bilasizmi?
2. Tog'ay Murod ijodi.
3. «Zanjir» o'yini.
4. Test.
5. Mavzuni mustahkamlash.
Marhamat, endi navbat sizlarga.
1-o'quvchi: XX-asrning 70-yiIlarida o'zbek adabiyotiga bir qator iste'dodli shoir va yozuvchilar kirib keldilar. Ular orasida Murod Muhammad Do'st, Erkin A'zamov, Xayriddin Sultonov, Tog'ay Murod singari nosirlar, Shavkat Rahmon, Xurshid Davron, Usmon Azim, Muhammad Rahmon singari shoirlar bor edi. Bu avlod o'zlaridan avvalgi ijodkorlar boshlab bergan eng yaxshi an'analami davom ettirgan holda, adabiyot sahnasiga ko'proq oddiy odamlar obrazini, ularning orzu-armonlari talqinini olib chiqdilar. Murod Muhammad Do'stning «Bir toychoqning xuni», «Javob», Xayriddin Sultonovning «Yozning yolg'iz yodgori», «Ko'ngil ozodadurw nomli asarlari qahramonlari bir qaraganda boshqalardan keskin farq qilmaydigan, har qadamda uchraydigan oddiy odamlar. Ular katta larixiy o'zgarishlarga boshchilik qilishmaydi, favqulodda qahramonliklar ko'rsatib, boshqalarga o'rnak bo'lishmaydi, hatto suvda cho'kayotgan biror odamni qutqarib, el og'ziga tushmaydi ham lekin shunisi muhimki, yosh o'zbek adiblari dunyoning omonligi, jamiki go'zalligi aynan shu oddiy odamiar tufayli ekanini kursat oldilar, isbotlay bildilar. Mana shunday novator (yangilik kasb etuvchi, yangi yo'l ochuvchi) yozuvchilardan biri Tog'ay Murod bo'ldi.
2-o'quvchi: Tog'ay Murod Surxandaryo viloyatining Denov tumaniga qarashli Xo'jasoat qishlog'ida tug'ilgan. 18 yoshida maktabni bitirib, Toshkentga kelgan, 5 yil Toshkent Davlat Universiteti (hozirgi O'zMU) jumalistika fakultetida ta'lim oldi. Bu fakultet o'sha yillari ko'plab, yosh iste'dodlarga o'z ijodiy yo'lini topishi, jiddiy asarlar yozib, dastlabki muvoffaqiyatlarini qo'lga kiritishida muhirn maktab rolini o'ynagan edi. Fakultetdagi qaynoq, nisbatan erkin ijodiy muhit o'z davrining yirik shoir, yozuvchilari bilan tez-tez o'tkazib turadigan uchrashuv muloqotlar, yotoqxonalarda to tonggga qadar tugamaydigan she'riyat kechalari, bularning bari iste'dod g'unchalari tez yetilishi, kamol topishida jiddiy turtki rolini o'ynar edi. Tog'ay Murod ham talabalik paytidayoq, o'nlab hikoyalar yozgan bo'lsada, ularni e'lon qilishga shoshilmas, o'zidan bilimlaridan ko'ngli to'lmas edi. U iloji boricha, ko'proq o'qish, bu orqali esa faqat o'zimizning ijodkorlarimiznigina emas, balki dunyoning eng zo'r adiblari tajribalarini ham o'zlashtirishlarini istardi.
3-o'quvchi: Tog'ay Murod bilmii oshirish maqsadida qanday ish topilsa, o'sha yerga borib ishlardi, Masalan, 1972-1976 yillarda respublika radiosining «Vatandoshlar»' (Xorijiy ellarga mo'ljallangan) tahririyatida xizmat qilgan bo'lsa, undan keyin «O'zbekiston fizkulturachisi» gazetasida, 1982 yildan 1985 yilgacha esa «Fan va Turmush» jurnalida xizmat qildi.
Tog'ay Murod o'zining ijodiy rejalariga birovlarning aralashishini, unga ta'sir o'tkazishga bo'lgan urinishlami hecham yoqtirmas, shovqin-suronli davralardan o'zini olib qochardi. Butun fikru-zikri o'qib o'rganish, tinimsiz ijodiy mehnat qilish bilan band edi. Shu tufayli ham yozuvchi sifatida xalqqa ancha tanilib qolgan bo'lishiga qaramay, 1985-1987 yillar ichida Moskvadagi Jahon Adabiyoti Institutida ham tahsil olib qaytdi.
4-o'quvchi: Tog'ay Murod sirtdan oddiy mehnatkash, qishloq odami. bir oz odamovidek ko'rinadi-yu, ammo, nihoyatda ko'p o'qigan, zamonaviy jahon adabiyoti, falsafasi, ruhshunosligi kashfiyotlaridan chuqur xabardor, barkamol ziyoli edi. Uning ijodi mavzu materiali jihatidan ona diyori bilan bog'liq bo"lsa-da, shunchaki «Mahalliy» qalamkash emas, asarlarida qalamga olingan hodisalar ifodasi talqini jihatidan XX-asr jahon adabiyotining nodir namunalari bilan mushtarak jihatlari ko'p. Tog'ay Murod yangi jahon adabiyoti mezonlari bilan
yondashganda ham to'laqonli qissa va romanlar yaratgan yetuk zamonaviy so'z san'atkoridir,
5-o'quvchi: Tog'ay Murodning ijodiy yo'li xuddi oldindan taqsimlab qo'yilganday, harbiri o'n yillikdan tashkil topgan uch bosqichdan iborat. Birinchi bosqichida (1966-1975 yillar) hikoyalar, ikkinchi bosqichida (1976-1985 yillar) qissalar, uchinchi bosqichida esa (1986-1996 yillar) romanlar ustida ishladi. Oraliqda esa, tarjima va maqolnavislik bilan shug'ullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |