Xarajatlar samaradorligini tahlili.
Ma‘lumki, loyihadan keladigan foydani to‗la sonli baholashni ko‗p xollarda imkoni bo‗lmaydi. Bu qiyinchilikni ayniqsa amaldagi bozor axboroti asosida ya‘ni loyihadan foyda quruvchilarni qanchalik o‗z ixtiyorlari bilan loyiha mahsulotiga pul to‗lashlarini baholashda yuzaga keladi va loyiha mahsulotiga ko‗shimcha iste‘mol miqdorini aniqlash xaqida ma‘lumotlarin yo‗qligida yuzaga keladi. YAnada ko‗prok qiyinchilik bu tibbiy xizmatni yaxshilash natijasida kasalga chalinishi va o‗lim xolatlarini kamayish xisobiga keladigan foydani baholashdir.
Xarajatlarni samaradorligini tahlil qilish turli variantdagi loyihalarda belgilangan maqsadni eng kam mablag‗ sarflagan holda amalga oshiruvchisini tanlab olish imkonini beradi. Bu ayniqsa foydasini aniqlash qiyin soxalarni masalan, sog‗liqni saqlash, maorif, uy-joy qurilishi, jamiyat boshqaruvi, suv ta‘minoti va boshqa ijtimoiy soxalar uchun tayyorlangan loyihalarga baho berishda keng qo‗llaniladi. Bunda asosiy diqqat e‘tibor xarajatlarga va qo‗yilgan maqsadga erishishni eng arzon variantiga qaratiladi. Masalan, loyiha ma‘lum bir kasallikkga qarshi ko‗rishdan iborat bo‗lsa, unda iqtisodiy tahlilchi quyidagi savolga javob bermogi kerak, ya‘ni muqobil variantlarni qaysi biri bu muammoni echishda eng arzon xisoblanadi?
Ishlab chiqarish soxalari uchun tavsiya etilgan loyihalar xarajatlarining samaradorligini aniqlashda mahsulot birligiga to‗g‗ri kelgan xarajatlar taqqoslanib, ulardan eng kam xarajat to‗g‗ri kelgan loyiha varianti tanlab olinadi va u samarali deb xisoblanadi. Agar loyiha bo‗yicha ko‗rsatiladigan xizmatlarni sifat tafovuti mavjud bo‗lsa, unda bu tafovut muqobil variantni tanlab olinishida xisobga olinishi lozim.
Iqtisodiy tahlil vazifalari. Loyiha maqsadlarini va tahlil chizmasini aniqlash.
Daromadlar va xarajatlarning tahlili quyidagi tadbir-larni o‗tkazishdan iborat:
Loyiha maqsadlarini aniqlash va bosh maqsadning iqti-sodiy mazmuni, okibatlarini anglash;
Loyihani baholash chizmasini va bosqichlarini aniqlash;
Loyiha natijalari bo‗yicha talabni prognoz qilish;
Daromad va xarajatlarning iqtisodiy ko‗rsatkichlari-ni hisoblash;
Rentabellshshk ko‗rsatkichlarini baholash;
Ta‘sirchanlik va tavakkal xavfi (qaltislik) daraja-sini tahlil qilish.
Loyiha maqsadlari uni moliyalashtiruvchi tashkilotning operativ vazifalarini aks ettiradi. Masalan, transport soha-si bo‗yicha loyiha maqsadi transport qatnovi samaradorligini ta‘minlash, sanoat loyihasining maqsadi esa ma‘lum turdagi mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‗lishi mumkin.
Mukrbil varianglarni ko‗rib chiqish loyihani tayyorlash va uni ishlab chiqshshshng muhim qismi xdsoblanadi. Texnik, mukrbil variantlar (ya‘ni yokilg‗i uchun yo ko‗mir yoki gazni kullash,
temir yo‗lni uzaytirish yoki yangi avtomobil shossesini qurish)ni bir-biri bilan taqqoslash va eng makbulini tanlab olish kerak. Agar hamma variantlar mikdor va sifat jihatdan bir xil natija bersa, ham invesgatsiya, ham eksgshuatatsiya xarajatlarini xisobga olgavda eng kam xarajat talab etiladigan loyiha tanlanadi.
Iqtisodiy tahlil chizmasi turlicha bo‗lishi mumkin. Bunda loy-iha maqsadlariga salbiy ta‘sir etuvchi hamma narsa xarajatlarga, ijobiy ta‘sir etuvchi hamma narsa daromadlarga kiritiladi.
Loyiha tahlili daromad va xarajatlarni reszfslardan foydalanishning boshqa variantlari bo‗yicha erishilishi mum-kin bo‗lgan daromad va xarajatlar bilan qiyoslaydi. Ko‗pincha loyihasiz va loyiha bilan degan chizma qo‗llaniladi.
Masalan, sement zavodi qurshshshi bo‗yicha loyiha bor bo‗lsa, investorlar boshqa loyihalarga sarmoya ko‗yish imkoniyatidan mahrum bo‗ladi. Ammo sement ishlab chiqarishning ko‗payishi natijasida uning narxi tushib ketishi, xaridorlar uchun se-mentga kamroq pul to‗lash , ayrim xaridorlar uchun esa boshqa qurilish materiallari o‗rniga sement ishlatish imkoniyatini paydo qshgashi mumkin.
Loyiha bilan va loyihasiz vaziyatlarni solishtirish loyi-hani amalga oshirish natijasida olinadigan qo‗shimcha va o‗sgan daromadlarni hisoblashning asosiy uslubidir. Loyihasiz vazi-yatlarni istiqbolga baholashda xarajatlarning taxmin qilina-yotgan o‗suvi yoki daromadlarning pasayishiga nisbatan reaksiyani xdsobga olish kerak. Bu loyihani amalga oshirish yuzaga keltira- digan o‗zgarishlarni to‗liq aks etshrish imkonini beradi.
Loyiha natijalariga talabni tahlil va prognoz qilish kiritiladilgan resufslar va ishlab chiqariladigan mahsulot bozorlarini tahlil qilishni o‗z ichiga oladi hamda talab va taklif o‗rtasidagi nisbatni bilishni, loyihaga taalluqli re-surslar va mahsulotlar marketingi haqida ma‘lumotga ega bo‗- lishni talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |