Loyihani amalga oshirish grafigi.
Loyihaning texnik jihatlarini ishlab chiqish hech bo‗lmaganda loyihani amalga oshirishning kim, nimani va kachon baja-rilishi ko‗rsatib o‗tilgan dastlabki rejasini tuzishni o‗z ichiga olishi kerak. Bunday faoliyat ba‘zida tarmokli tahlil yoki kritik yo‗l uslubida tahlil deb yuritiladi. Oxirgi atama dastur-larni baholash va izohlash uslubi kabi murakkab tizimlarni o‗z ichiga oladi. Bu tizimlar bir tadbir boshlanishidan oldin tu-gallanishi kerak bo‗lgan yoki belgilangan muddatda tugallanmay qolishi butun loyiha bo‗yicha ishlarning kechikishiga olib keli-shi mumkin bo‗lgan tadbirlarni aniqlashga mo‗jkallangan. Bu tizimlar yirik fuqaro inshootlarini o‗z ichiga olgan loyiha-larni rejalashtirishning samarali vositasi bo‗lsa-da, boshka loyihalar uchun tadbirlar ketma-ketligini belgilovchi va izoh-lar bilan to‗ldirilgan oddiy kalendar rejalari ham etarli xdsoblanadi. Har ikkala holda ham o‗z vaqtida bajarilishi loy-ihani amalga oshirishga ta‘sir ko‗rsatuvchi tadbirlarni aniq-lash va ularni tugallashga etarli vaqtni ta‘minlashi kerak. Bu tadbirlarni etarli darajada rejalashtirmaslik oqibatida loy-ihani rejalashtirish muddatlari cho‗zilib ketishi mumkin.
Loyihani amalga oshirish bo‗yicha ishlar grafigi real, ya‘ni tashkilot va shaxslarning imkoniyatlari darajasiga asos-langan bo‗lishi shart. Haddan ortiq optimistik grafiklardan foydalanish salbiy natijalarga, operativ rejalashtirishning izdan chiqishi, ishlar rejadan orqada qolganda turli tashki- lotlar o‗rtasida kelishmovchiliklarga olib keladi. Bundan tashqari ishlar grafigi noreal tuzilganda iqtisodiy va moli-yaviy tahlilda noto‗g‗ri xulosalarga kelishga sabab bo‗ladi.
. '
Tijorat tahlilining vazifasi.
Ma‘lumki har qanday loyihani muvaffakiyati va barbod bo‗lishi ist‘emolchi va foydalanuvchilarga bevosita bog‗liqdir. SHu boisdan tijorat tahlili loyiha tahlilida hal qiluvchi rol o‗ynaydi. CHunki, tijorat tahlilining asosiy maqsadi loyiha taklif etadigan mahsulot va xizmatning bozorini kelajak nuqtai-nazaridan baholashdir. SHuningdek, loyihani mahsulot ishlab chiqarish masalasi, uning mahsuloti uchun ko‗zda tutilgan bozorni har tomonlama tahlil qiladiki, ko‗rsatilgan mahsulot uchun samarali talabni va foydasi katta narxni ta‘minlashdan iboratdir. Bir so‗z bilan aytganda tijorat tahlili loyihani ishlab chiqarish va mahsulotini sotish bo‗yicha barcha tadbirlarni baholashdir.
Tijorat tahlilida loyihani quyidagi savollar bo‗yicha batafsil ko‗rib chiqiladi.
Mahsulot qaerda sotiladi?
Narxlarni o‗zgarishida loyiha moliyaviy nuqtai-nazardan yashash qobiliyatini saqlab qoladimi?
Bozorni hajmi loyihani ta‘minlaydimi?
YAngi mahsulot ishlab chiqarishini o‗zlashtirish uchun ishlab chiqarish quvvatlari mavjudmi? 5.Loyiha quvvati darajasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotni qayta ishlash va marketinggi uchun yangi loyiha yaratish kerak bo‗ladimi?
6.Ishlab chiqiladigan mahsulot ichki iste‘molgami yoki eksportga mo‗lajallanganmi? 7.Ishlab chiqaradigan mahsulot sifati va navi ichki va jaxon bozori talabiga mosmi?
Loyiha amalida marketingni moliya bilan ta‘minlashda qanday maxsus choralar ko‗rilishi talab etiladi?
Loyiha talab qiladigan resurslarni kerakli muddatda ta‘minlashni etarli imkoniyatlariga egami? 10.Loyiha uchun kerakli resurslarni etkazib beruvchilarni moliyaviy holati qanday? Ishlab chiqaruvchilarni ushbu resurslarni sotib olish uchun kredit bilan ta‘min etilishichi?
YUqorida bayon etilganlardan ko‗rinib turibdiki loyiha tahlilida tijorat tahlil muhim ahamiyatni kasb etadi. U loyiha mahsulotiga bo‗ladigan talabni so‗ngra kelajak narxlarni, kelajakdagi talabdan kelib chiqqan holda, oldindan bashorat qiladi.
Loyiha mahsulotiga bo‗ladigan talab tahlilini loyiha potensialini baholash zaminida yotgan bo‗lsa ham ko‗pchilik xollarda ushbu tahlilni o‗tkazish o‗ziga xos nuqsonlarga ega. Ba‘zida talab kelajagining bashorati (prognozi) har qanday bilimdonlik bilan o‗tkazilsa ham tez- tez xatoliklarga yo‗l qo‗yish mumkin. Ayniqsa, o‗zoq muddatli oldindan bashorat qilishlar juda katta xatoliklarga olib kelishi mumkin.
SHunga qaramasdan bugungi kunda shunday qaror qabul qilish kerakki u o‗zoq muddatli kelajakga ega bo‗lsin. Masalan, transport loyihasi yoki sanoat korxonasi ko‗rish loyihasi katta kapital mablag‗lar kiritilishini talab qiladi va katta ko‗lamga egadirlar. Loyiha ko‗lamini muxlatini yoki joylashgan mintaqani tanlashda yo‗l qo‗yilgan xato qimmatga tushishi muqarar. Bu kabi loyihalar bo‗yicha qaror qabul qilish jarayonida talabni oldindan bashorat qilish muhim o‗rin egallayd
Mavjud ma‘lumotlarni noaniqlik darajasiga qarab bashorat bo‗yicha mutaxassis bitta ehtimoli talabni muqobil narxlanishlarni tuzishi, muhim noaniqliklarni xisobga olgan holda kelajak vaziyatlarni aks ettiruvchi keng bashoratni taklif etishi yoki ssenariyasini ishlab chiqishi mumkin. Turli bashoratlardan foydalanish loyiha tahlilining moliya yoki boshqa bo‗limlariga xilma xil kelajak shartlarini va kutilgan natijalar uchun zarur bo‗lgan taxminlarni aks ettirish imkonini beradi.
Talab bashoratiga loyihani tayyorlash va uni ko‗rish va boshlangich davridagi ishlatilishida vaqti vaqti bilan tuzatishlar kiritilib turilishi kerak bo‗ladi, bu bashorat bilan aniq vaziyat oraligidagi o‗zilishni kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |