buyumlari bilan ta’minlash tartibi
O‘zbekiston Respublikasida muhtoj fuqarolarni protez ortopediya
buyumlari bilan ta’minlash «O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni
ijtimiy himoya qilish to‘g‘risida» gi Qonunda belgilanganidek, byudjetdan
tashqari pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlarida
nogironlarni o‘qitish va ishga bo‘limlharida nogironlarni o‘qitish va
ishga joylashtirish bo‘yicha ishni tashkil qilish protez-ortopediya
buyumlariga muhtoj bo‘lgan fuqarolar tuman (shahar) ijtimoiy ta’-
minot bo‘limlari tomonidan beriladigan yo‘llanma-talon asosida
bunday vositalar bilan ta’minlanadi.
Har bir protez-orhtopediya buyumi uchun alohida yo‘llanma
beriladi, u «a», «v», «s» qisimlaridan iborat bo‘lib, protez-ortopediya
korxonasi tomonidan belgilab qo‘yilgan tartibda to‘lg‘aziladi.
Ijtimoiy ta’minot bo‘limi birinchi marta (dastlabki) talon-yo‘llanma
berilayotganda nogiron uchun «protezlanayotgan shaxs kartasi»-
ni rasmiylashtiradi. Bu karta nogironning shaxsiy ish hujjatlar to‘plami
orasida saqlanadi va nogiron doimiy yashash joyini o‘zgartirganda
karta ham ish bilan birga u doimiy yashash joyini o‘zgartirganda karta
ham ish bilan birga u doimiy yashash uchun ko‘chib olgan tuman
(shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limiga yuboriladi. Protez-ortohpediya
buyumlaridan foydalanishning eng uzoq muddat qonun hujjatlarida
belgilab qoh’yilgan bo‘lib, shu uzoq muddat o‘tgach ular boshqasi
bilan almashtirib berilishi lozim.
Protezlardan foydalanish bo‘yicha quyidagi eng uzoq muddatlar
belgilangan:
l. Qo‘l (yelka, yelka oldi, barmoqlar) protezlar — 24 oy.
2. Oyoq (son, ajralgan joy, to‘piq) protezlari — 24 oy.
3. Oyoq va qo‘lning ortopehdiya apparatlari, protezlar — 24oy.
101
4. Ko‘krak ekzoprotezlari — 12 oy.
5. Oyoq va qo‘l to‘piqlari — 12 oy.
6. Bandajlar — 12 oy.
7. Eklinatorlar — 12 oy.
8. Ortopediya poyabzali, protezga kiydirilgan poyabzal-12oy.
Tibbiy xulosaga ko‘ra tegishli asoslar mavjud bo‘lganida protezortopediya
buyumlari yuqorida qayd etilgan muddatidan oldin ham
belgilangan tartibda almashtirib berilishi mumkinligi nazarda tutilgan.
Nogironlar belgilangan tartibda reablitatsiya texnika vositalari bilan
ham ta’minlanishlari mumkin.
Reablitatsiya texnika vositalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
1. Velokolaskalar.
2. Kreslo-kolaskalar.
3. Kichik hajmli kalaskalar.
4. Eshitish apparatlari.
5. Hassalar.
6. Qo‘ltiqtayoqlar.
Reablitatsiya texnika vositalatiga muhtoj ekanlik haqida Tibbiy
mehnat ekspertiza komissiyaning (16 yoshga to‘lmagan nogiron bollalar
tibbiy maslahat komissiyasining) xulosasiga ega bo‘lgan nogiron
shaxslar (ularning vakillari) tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bolimlari
tomonidan yashab turgan yerda hisobga olinadilar hamda navbat bilan
ta’minlanadi:
Reablitatsiya texnik vositalari bilan nogironlar tuman (shahar)
ijtimoiy ta’minot bo‘limlari tomonidan nogiron (unung vakili) bilan
tuzilgan shartnomaga ko‘ra navbat asosida ta’minlanadilar.
Reablitatsiya vositalaridan foydalanish muddati quyidagicha
belgilangan:
— velokooska, kreslo-koloska, kichik hajmli koloskalar uchun 5 yil;
— eshitish apparatlari uchun 4 yil;
— qo‘ltiqtayoq uchun 2 yil;
— qo‘ltiqtiqyoq va rezina qisimlari uchun 12 oy.
Reablitatsiya texnika vositasi foydalanish uchun mo‘lljalangan
muddatdan oldin ishdan chiqib, yaroqsiz bo‘lib qolsa, belgilangan
tartibda, tegishli komissiya xulosasiga binoan yangisiga almashtirib
berilishi nazarda tutilgan.
«Nogironlarni ijtimoiy himoyalash to‘g‘risida»gi qonnunning 28-
moddasida nogironlarning mehnat qilish huquqlari va ularni amalga
102
oshirishning huquqiy jihatlari kafolatlangan bo‘lib, nogironlarning
ijodiy va ishlab chiqarish qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida
hamda tiklanishning yakka tartibdagi dasturlarini hisobga olib, ularga
mehnat sharoiti odatdagicha bo‘lgan korxona, muassasa, tashkilotlarda
nogironlar mehnati qo‘llaniladigan ixtisoslashgan korxona va sexlarda
ishlash huquqi, shuningdek, yakka tartibda mehnat faoliyati bilan
shug‘ullanish huquqi ta’minlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza
qilish vazirligining ko‘rsatmasiga muvofiq, 15 yoshdan 45 yoshgacha
bo‘lgan nogironlarni, 15 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan urush nogironlari
va ko‘p bolali onalarning bolalari shu vazirlikka qarashli hunartexnika
bilim yurtlarida kasbga o‘rgatiladilar.
Buni amalga oshirish uchun ijtimoiy ta’minot bo‘limi mutaxasislari
o‘z hududida yashovchi, o‘qishni hohlagan nogironlarni aniqlaydi va
kasbga yo‘naltiradi.
Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish bo‘limi mutaxasislari o‘qishni davom
ettirishni hohlagan nogironlarni, o‘zlari tanlagan kasblari bo‘yicha har
o‘quv yili boshlanishidan avval o‘qishga joylashish uchun hunartexnika
bilim yurtlariga yo‘llanma beradilar.
Bundan tashqahri, ijtimoiy ta’minot bo‘limlari nogironlarni o‘qitish
va qayta kasbga tayyorlash bo‘yicha bandlikka ko‘maklashuvchi
tuman markazlari bilan ham birgalikda ish olib boradilar.
Ijtimoiy ta’minot organlariga qarashli o‘quv yurtlarida nogironlar
radio-televizor, uy-elektr jihozlari, soatsozlik poyabzal tikish ustalari
va tikuvchilik kasblariga o‘rganadila o‘qishni bitirgan nogironlar ish
bilan ta’minlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyahsining 37-moddasiga
asosan har bir shahs erkin kasb tanlash va adolatli mehnat sharoitlarida
ishlash huquqiga ega.
Nogiron fuqarolarga o‘z huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarishlari,
ular uchun boshqa fuqarolar bilan teng imkoniyatlar
yatilishi, davlat va jamiyat hayotida faol qatnashishlari uchun zarur
tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Davlatimiz mustaqilligining
dastlabki oylaridayoq «Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘-
risida»gi maxsus qonuning qabul qilinganligi, mamlakatimiz Prezidenti,
O‘zbekiston hukumati doimo ravishda nogironlar turmushi va
hayotini yaxshilash to‘g‘risida ko‘rsatayotgan g‘amxo‘rligining namunasidir.
103
Nogironlarni davolash, g‘amxo‘rlik ko‘rsatish orqali jismoniy va
kasbiy holatga qaytarish (rebilitatsiyalash) nogironlarni himoya qilish
yuzasidan amalga oshirilayotgan davlat siyosatining asosiy jihatlari va
tadbirlarni mohiyati ularni ijtimoiy, kasbiy hayotga qaytarishdan
iboratdir.
Nogironlarni tibbiy, kasb va ijtimoiy jihatdan tiklash ularni tiklashning
yakka tartibdagi dasturiga muvofiq amalga oshiriladi.
Bu dastur nogironlarning jamoat birlashmalari vakillari ishtirokida
xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari vakolat bergan davlat
idoralari tomonidan tibbiy-ijtimoiy ekspertiza asosida belgilangan.
Nogironlarga tavsiya etiladigan tiklashni yakka tartibdagi dasturida
tiklash choralarining aniq hajmi, turlari va amalga oshirish muddatlari,
shuningdek, ijtimoiy yordam turlari ko‘rsatiladi.
Nogiron taqdim etadigan tiklanishini yakka tartibdagi dasturida
tiklash choralarining aniq hajmi, turlari va amalga oshirish muddatlari,
shuningdek, korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlar ijro
etish majburiy bo‘lgan hujjatdir.
Resbublika idoralari va mahalliy idoralar nogironlarning salomatligini
tiklash qaratilgan yordamga bo‘lgan ehtiyojlarini va mahaliy
sharoitlarni hisobga olib, nogironlarning salomatligini tiklash tarmoqlari,
shu jumladan, ilmiy-ishlab chiqarish markazlari, ambulatoriyalar
hamda doimiy davolash-profilaktika muassasalarini tiklash
bo‘limlarini, maxsus o‘quv-tarbiya muassasalarini, ixtisoslashtirilgan
sanatoriya-kurort muassasalarini barpo etadilar.
Nogiron fuqarolarning asosiy huquqlari O‘zbekiston Respublikasi
1996-yil 29-avgustdagi «Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi
qonunning 22-moddasida belgilab qo‘yilgan bo‘lib, unda: «nogironlar,
shu jumladan, nogiron tibbiy - ijtimoiy yodam olish, kuch - quvvatni
tiklashni barcha turlaridan foydalanish, dori-darmonlar, protezortopiya
moslamalari, harakatlanish vositalari bilan imtiyozli asosida ta’-
minlash, shuningdek, kasb-hunar egallash va qayta tayyorgarlikdan
o‘tish huquqiga ega.
Nogironlar davlat sog‘liqni saqlash tizimi va ijtimoiy ta’minot
muassasalarida bepul tibbiy-ijtimoiy yordam olish,o‘z uylarida parvarish
qilinish,o‘zganing parvarishga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz nogironlar va
surunkali ruhiy hastalilarga chalingan nogironlar esa ijtimoiy ta’minot
muassasalarida yashash huquqiga ega,deb ta’kidlanadi.
104
Do'stlaringiz bilan baham: |