O‘zbеkiston rеspublikasi


Qariya va nogironlarni sihatgohlarda davolanishi



Download 0,63 Mb.
bet41/55
Sana28.06.2022
Hajmi0,63 Mb.
#713961
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   55
Bog'liq
O‘zbеkiston rеspublikasi

9.2. Qariya va nogironlarni sihatgohlarda davolanishi
va dam olishini ta’minlash
Sihatgoh va dam olish uylarida davolanishi lozim bo‘lgan qariya va
nogironlar hamda pensionerlarning hisobini olib borish ijtimoiy
ta’minot bo‘limiga yuklatilgan bo‘lib, ular bu haqdagi ma’lumotlarni
bosh boshqarmalarga taqdim etadilar.O‘zbekiston Respublikasi Mehnat
va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi har kvartal boshida
93
o‘zidagi davolanish va dam olish uchun mavjud bo‘lgan yo‘llanmalarni
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza
qilish vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahar Mehnat va aholini ijtimoiy
muhofaza qilish Bosh boshqarmalariga tarqatadi.
Yuqori ijtimoiy ta’minot organlari yo‘llanmalarni olgandan so‘ng
(berilgan ijtimoiy ta’minot bo‘limidan kelgan) buyurtmalar asosida
ularni ijtimoiy ta’minot bo‘limlariga tarqatadi. Yo‘llanmalar ikki
nusxada tuzilib, unda yo‘llanma raqami, qayergaligi, bahosi ko‘rsatiladi.
Ijtimoiy ta’minot bo‘limlarida ishlamaydigan pensionerlarga davolanish
uchun yo‘llanmalar beriladi. Yo‘llanmalar urush nogironlari va ularga
tenglashtirilgan hamda Chernobil Atom Elektr Stansiyasi halokati
oqibatidagi nogironlarga har yili bir marta, qolgan pensionerlarga esa
ikki yilda bir marotaba navbati bilan bepul beriladi. Sihatgohlarga
yo‘llanmalar navbatda beriladigan doirasiga 1-2-guruh urush qatnashchilari
kiradi.
Yo‘llanma olish uchun pensionerlar ijtimoiy ta’minot bo‘limlariga
ariza va kasalligi haqida davolovchi vrach tomonidan yozilgan tibbiy
ma’lumotnoma topshiradilar. Ijtimoiy xizmat mutaxasislari maxsus
oromgoh va sihatgohlarda davolanish haqidagi arizalarni qayd qilib
borish uchun kitob tutib, kasallik turiga qarab alohida qayd qilib
boradilar. Shunga qarab navbaatni maxsus jadval asosida tashkil etadilar.
Navbati kelgan pensionerlar chaqirilib, davolanishi lozim bo‘lgan
kundan 15 kundan ilgari yo‘llanma beriladi. Lekin, yo‘llanma berishdan
avval davolovchi vrachdan ma’lumotnoma talab qilinadi, davolovchi
vrach ruxsat bergan taqdirdagina, uning yozma ruxsati bilan (ma’lumotnoma
orqali) pensioner (qariya, nogiron va b.) nomiga yo‘llanma
rasmiylashtirib beriladi. Pensionerlar davolanib qaytganlaridan keyin
yo‘llanmaning davolangani haqidagi talonni ijtimoiy ta’minot bo‘limlariga
topshirib rasmiylashtirishlari talab etiladi.
Yo‘riqnomaga asosan 1-guruh urush nogironlari va 1-guruh ko‘zi
ojiz nogironlarga yo‘llanma berishda ularni kuzatib boruvchi uchun ham
yo‘llanma ajratiladi. Bunday holatda kuzatuvchi bir nafar bo‘lishi shart.
Yo‘llanmani olgandan keyin pensioner kasal bo‘lib qolsa, bu haqda
ijtimoiy ta’minot bo‘limiga xabar berishi kerak. Agar yo‘llanmaning
muddati o‘tmagan bo‘lsa, shu zahoti yo‘llanmani boshqa pensioner
nomiga rasmiylashtirib berish nazarda tutilgan.
94
Bugungi kunda Respublikamizda mavjud bo‘lgan «Sahovat» va
«Muruvvat» uylarida pensionerlar (qariya va nogironlar va b.) davlatimizning
mehr-muruvvatidan bahramand bo‘lmoqdalar. Qariyalar
yoki nogironlar uyiga joylashtirishga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni
aniqlash, hisobga olish va ushbu muassasalarga joylashtirishga tegishli
tuman, shahar ijtimoiy ta’minot bo‘limlari zimmasiga yuklatilgan
bo‘lib ular haqidagi barcha ma’lumotlar yuqori turuvchi ijtimoiy
ta’minot organlariga berib boriladi. Ijtimoiy ta’minot bo‘limlari qariya
va nogironlarni joylashtiribgina qolmay, o‘z hududida yashovchi uyinternatlarining
faoliyatiga ham amaliy yordam berib boradilar.
Ijtimoiy ta’minot bo‘limlari O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va
aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga qarashli O‘zbekiston
Respublikasi hududida 32 ta uy-internat mavjud bo‘lib, bu yerda nogiron
va qariyalar doimiy yashashlari bilan bir qatorda, malakali tibbiy
xizmatdan ham foydalanadilar.O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va
aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan 1996 yil 17-iyulda
88-D sonli buyrug‘iga binoan uy-internatlarining nomi «Muruvvat» va
«Sahovat» uylari deb o‘zgartirildi. «Muruvvat» va «Sahovat» uylariga
faqatgina O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansub shaxslar qabul
qilinadi. Chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar esa
«Muruvvat» va «Sahovat» uylaridan foydalana olmaydilar.
«Muruvvat» va «Sahovat» uylari ularda istiqomat qiluvchilarning
toifasiga qarab, 4 turga bo‘linadi:
1. Urush va mehnat faxriylari pansionati.
2. Sahovat uylari
3. Bolalar muruvvat uylari
4. Muruvvat uylari.
«Sahovat» uylari-o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan qariya va
nogironlarga mo‘ljallangan bo‘lib, ularda istiqomat qiluvchilarning
toifalariga qarab umumiy turdagi Sahovat uylari va mehnat faxriylari
pansionatlariga bo‘linadi.
Urush va mehnat fahriylari pansionati O‘zbekiston Respublikasi
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining byudjetida
turadi va vazirlikning 2005-yil 15-martdagi buyrug‘i bilan tasdiqlangan
«Respublika urush va mehnat fahriylari pansionati to‘g‘risida»gi
Nizomiga asoslanib ish olib boradi. Bu pansionat O‘zbekiston Respublikasi
hududida doimiy yashaydigan urush nogironlari va ularga
tenglashtirilganlar, urush qatnashchilari, respublika miqyosidagi
95
shaxsiy pensionerlar, mehnat fronti qatnashchilari, halok bo‘lgan
jangchilarning oila a’zolari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
212-sonli Farmoniga asosan ro‘yhatga olingan yolg‘izlar va Vazirlar
Mahkamasining 1999-yil 7-dekabrdagi 520-sonli qaroriga asosan,
ro‘yhatga olingan 1-va 2-guruh nogironlari, Chernobil Atom Elektr
Stansiyasi halokati oqibatidagi nogironlarga, uni bartaraf etish
qatnashchisi va nogironi (yolg‘iz fuqarolar), terrorizmga qarshi kurashda
halok bo‘lgan fuqarolarning ota-onasi, mehnat faxriylari, davlat va
jamiyat oldida alohida xizmatlari evaziga davlat mukofotlariga sazovor
bo‘lgan fuqarolarni to‘liq davlat ta’minotiga olish va ularga ko‘rsatiladigan
tibbiy-ijtimoiy, madaniy-maishiy, xizmatlar ko‘rsatish
tartibini belgilab beradi.
Pansionatga O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan
yolg‘iz pensionerlar (60 yoshdan oshgan yolg‘iz erkak va 55 yoshdan
oshgan ayollar), yolg‘iz 1-va 2-guruh nogironlarning quyidagi toifalari:
urush nogironlari va ularga tenglashtirilgan fuqarolar:
a) Sobiq SSSR va O‘zbekiston Respublikasi chegaralarini qo‘riqlash
paytida yaralanish, kontuziya olish, mayiblanish yoki kasallanish
oqibatida nogiron bo‘lib qolgan harbiy xizmatchilar;
b) 1941- yil 22- iyunidan 1954- yil 31- dekabrigacha Sobiq SSSR
hududida harakat qilgan hamda qiruvchi batalonlar, vzvodlar va xalqni
himoya qiluvchi harbiy otryadlarda xizmat qilgan davrda yaralanish,
kontuziya olish, mayiblanish yoki kasallanish oqibatida nogiron bo‘lib
qolgan harbiy xizmatchilar;
d) temir yo‘lning front yaqinidagi uchastkalarida ishlagan, mudofaa
inshootlari, harbiy dengiz bazalari, aeerodromlar va boshqa harbiy
ob’ektlar qurilishi ishlarida qatnashgan hamda urush yillarida urush
bo‘layotgan joylarda yaralanish, kontuziya olish, mayiblanish yoki
kasallanish oqibatida nogiron bo‘lib qolgan xodimlar;
e) II Jahon urushi va grajdanlar urushi yillarida partizanlar otryadlari
va qo‘shilmalar tarkibida yoki yashirin ishlarda bo‘lgan davrda yaralanish,
kontuziya olish, mayiblanish yoki kasallanish oqibatida nogiron
bo‘lib qolgan harbiy xizmatchilar;
f) harakatdagi armiya tarkibidagi ishlarda yaralanish, kontuziya
olish, mayiblanish yoki kasallanish oqibatida nogiron bo‘lib qolgan
yollangan tarkibdagi shaxslar;
96
g) II Jahon urushi davrida fashist konslagerlarida (zo‘rlik bilan tutib
turiladigan joylarda) bo‘lgan davrda yaralanish, kontuziya olish,
mayiblanish yoki kasallanish oqibatida nogiron bo‘lib qolgan shaxslar
(tutqunlar, shu jumladan, bolalar);
h) tinchlik o‘rnatuvchi kuchlar tarkibida qatnashish, shuningdek,
harbiy harakatlar ketayotgan mamlakatlarda baynalminal burchlarni
ado etish tufayli yaralanish, kontuziya olish, mayiblanish yoki kasallanish
oqibatida nogiron bo‘lib qolgan harbiy xizmatchilar, ichki
ishlar organlari milliy xavfsizlik xizmatining boshliqlari va oddiy
xodimlar tarkibidan bo‘lgan shaxslar;
i) harbiy xizmatdagi vazifalarini (xizmat vazifalarini) bajarish
paytida yaralanish, kontuziya olish, mayiblanish yoki kasallanish
oqibatida nogiron bo‘lib qolgan harbiy xizmatchilar, ichki ishlar
organlari milliy xavfsizlik xizmatining boshliqlari va oddiy xodimlar
tarkibidan bo‘lgan shaxslar;
j) o‘quv mashg‘ulotlari yoki tekshirish uchun yig‘inlarda o‘z xizmat
burchlarini bajarayotib, yaralanish, kontuziya olish, mayiblanish yoki
kasallanish oqibatida nogiron bo‘lib qolgan harbiy majburiyatli
xizmatchilar;
k) urush qatnashchilari;
l) Respublika miqyosidagi shaxsiy pensionerlar;
m) Mehnat fronti qatnashchilari;
n) halok bo‘lgan, vafot etgan jangchilarning oila a’zolari (onasi,
otasi va farzandlari);
o) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991- yil 27- maydagi
212-sonli Farmoniga asosan ro‘yhatga olingan yolg‘izlar va Vazirlar
Mahkamasining 1999- yil 7- dekabrdagi 520-sonli qaroriga asosan ro‘yhatga
olingan 1-2-guruh nogironlari;
p) Chernobil halokatini bartaraf etish qatnashchilari va nogironlari
(yolg‘iz fuqarolar);
q) Terrorizmga qarshi kurashda halok bo‘lgan fuqarolarning otaonalari;
r) Mehnat fahriylari;
s) Davlat va jamiyat oldida alohida xizmatlari uchun (sobiq Ittifoq
davrida va O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi davrida) orden va
medallar hamda davlat mukofotlari (»O‘zbekiston qahramonlari»,
«Buyuk xizmatlari uchun» ordeni, «Shuhrat» medali, «Do‘stlik» orde97
ni, «Sog‘lom avlod uchun ordenlari») bilan taqdirlangan O‘zbekiston
Respublikasi fuqarolari.

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish