O‘zbеkiston rеspublikasi


Jamoat organlarining ijtimoiy yordam ko‘rsatish



Download 0,63 Mb.
bet28/55
Sana28.06.2022
Hajmi0,63 Mb.
#713961
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   55
Bog'liq
O‘zbеkiston rеspublikasi

5.3. Jamoat organlarining ijtimoiy yordam ko‘rsatish
sohasidagi vazifalari
Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya aholini moddiy ta’minlash
uchun mo‘ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy davlat Dasturining asosiy qismi
bo‘lib hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining bu sohadagi vazifasi
ijtimoiy ta’minotni huquqiy tartibga solish va ijtimoiy himoya uchun
mo‘ljallangan fondlarni davlat va jamoat idoralari orqali taqsimlashni
tashkil qilishdan iborat.
Hozirgi kunda bozor munosabatlariga o‘tish, iqtisodiy tizimni
isloh qilish hamda huquqiy demokratik davlat barpo etish davrida,
aholini, ayniqsa uning muhtoj qatlamini, nogironlar, qariyalar, kam
ta’minlangan oilalarni ijtimoiy muhofaza qilish davlatimiz ichki
siyosatining asosiy vazifalaridan biri bo‘lib kelmoqda. Aholini ijtimoiy
himoyalash vazifalari turli davlat va nodavlat idoralari orqali amalga
oshiriladi.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy
muhofaza qilish vazirligi alohida muhim o‘rinni egallaydi. Ijtimoiy
himoya tizimi orqali aholining ayrim guruhlari (qariyalar, nogironlar,
kam ta’minlangan oilalar, ishsizlar) quyidagi ijtimoiy yordam turlari
bilan ta’minlanadilar:
a) pensiyalar;
b) nafaqalar va boshqa ijtimoiy nafaqalar;
d) imtiyoz va yengilliklar;
67
e) hech kimi yo‘q yakka, yolg‘iz fuqarolarga xizmat ko‘rsatish;
f) nogironlarni maxsus harakat va protez-ortopedik buyumlar bilan
ta’minlash;
g) nogironlarni o‘qitish, hunar o‘rgatish va ishga joylashtirish;
h) ayrim toifadagi qariya va nogironlarni to‘liq davlat ta’minotida
qarab turish;
i) aholini ish bilan band qilish uchun ish joylari tashkil etish va
ishsiz aholini ishga joylashtirish, fuqarolarni chet ellarda ishlash uchun
yuborish.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza
qilish vazirligi - qariyalar, nogironlar, kam ta’minlangan bolali
oilalarni va ishsiz aholini ijtimoiy muhofaza qilish borasidagi davlatning
yagona ichki siyosatini amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasining
davlat boshqaruv organidir.
U o‘z faoliyatini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysungan holda ish olib boradi.
Yuqoridagi ijtimoiy himoya turlarini amalga oshirish uchun Mehnat
va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi o‘z faoliyatini quyi
ijtimoiy ta’minot bo‘limlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari
kasaba uyushma muasasasalari va boshqa nodavlat korxona, muassasa,
tashkilotlar bilan birgalikda ish olib boradi.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining joylardagi
idoralari - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy
muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va
aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari, tuman (shahar)
ijtimoiy ta’minot bo‘limlari ijtimoiy ta’minotni boshqaruvchi idoralarning
yagona tizimini tashkil qiladi.
Tibbiy-mehnat ekspertiza xizmati (TME) O‘zbekiston Respublikasi
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining mustaqil
tarkibiy qismi bo‘lib, yagona markazlashtirilgan tizimga ega. Bu tizim
Vazirlikning TME Inspeksiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat
va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligida, Toshkent shahar va
viloyatlar bosh boshqarmalaridagi markaziy TMEKlar va tuman
(shahar) va ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich TMEKlardan iborat.
Tibbiy mehnat ekspertiza komissiyalari tegishli toifadagi fuqarolarning
sog‘liqni saqlash muassasalarini yo‘llanmalari asosida uzoq yoki
butunlay muddatga mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik darajasini aniqlaydi.
68
TMEKlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asoslangan
holda, nogironlik sababi, guruhi, harakatlanish vositalariga bo‘lgan
ehtiyojini aniqlaydi. Nogironlar uchun mehnat turlari va sharoitini,
ular ishlashi mumkin bo‘lgan kasblar ro‘yhatini belgilab beradi.
Ijtimoiy ta’minot bo‘limlari bilan birgalikda nogironlikni oldini olish
va uni kamaytirish chora-tadbirlarini ko‘radi.
Tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyalarining faoliyati O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 23-iyundagi 317-sonli
qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida boshqarib turiladi.
Birlamchi va ixtisoslashtirilgan TMEKlar mehnat qobiliyatini
butunlay yoki vaqtincha yo‘qotilganligini, nogironlik guruhi va sababini,
qachondan nogironlik belgilanganligini, nogiron ishlashi mumkin
bo‘lgan mehnat xarakteri va kasblar ro‘yhatini ko‘rib chiqish yuklatilgan.
TMEK shu bilan birga protez buyumlar va harakat vositalariga
bo‘lgan talab va ehtiyojni aniqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qoshidagi byudjetdan
tashqari Pensiya jamg‘armasi pensiya ta’minot tizimidagi boshqaruv
tuzilmasini takomillashtirish davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha majburiy
badallar, ajratmalar va to‘lovlarning to‘liq yig‘ilishini ta’minlash,
aholini davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy himoya qilish choratadbirlarini
o‘z vaqtida mablag‘ bilan ta’minlash uchun tashkil qilingan.
Bu jamg‘armaning asosiy vazifasi pensiya va nafaqalarni to‘lash
uchun mo‘ljallangan mablag‘larni yig‘ish, to‘plashdan hamda o‘z
vaqtida to‘lov uchun mablag‘ ajratish va to‘g‘ri sarflashdan iborat.
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining asosiy vazifasi bo‘lib
fuqarolarning davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy ta’minotga,
ijtimoiy sug‘urtaga bo‘lgan huquqlarini jamg‘armaga o‘tkazilayotgan
majburiy ajratmalar, badallar hisobiga amalga oshirish hamda pensiya
va nafaqalar uchun sarflanadigan mablag‘laridan maqsadli foydalanilayotganligini
nazorat qilishdir.
O‘z huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat, iqtisod, ijtimoiy
rivojlanish, fan, madaniyat va boshqa sohalardagi fuqarolarning
qonuniy manfaatlarini birgalikda ro‘yobga chiqarish uchun birlashgan
fuqarolarning xohish-istaklarini erkin bildirishlari natijasida vujudga
kelgan ixtiyoriy tuzilmalar jamoat organlari hisoblanadi. Qonunda
belgilangan tartibda ro‘yhatdan o‘tkazilgan jamoat birlashmalarini
tuzish O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab qo‘yilgan.
69
Kasaba uyushmalari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining
ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini va manfaatlarini himoya qilish maqsadida
tuzilgan jamoat tashkiloti bo‘lib, fuqarolarning mehnat qilish huquqlari,
sog‘liqni saqlash, uy-joy va turmush darajalarini yaxshilash va
himoya qilish tadbirlari bilan shug‘ullanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi va
uning joylardagi quyi organlari ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya
sohasida asosiy o‘rinni egallaydi.
Kasaba uyushmalar ijtimoiy ta’minot huquqi sohasini boshqarishda
fuqarolarning o‘zlari qatnashuvi tamoyiliga asoslangan holda keng xalq
ommasi nomidan pensiya va nafaqalarni tayinlash, fuqarolarni mehnat
qilishga doir huquqlarini himoyalash, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish
sohasida mehnat va ijtimoiy muhofaza organlari bilan birgalikda ish olib
boradilar. O‘zbekiston Respublikasida kasaba uyushmalar faoliyatiga
jiddiy e’tibor beriladi, kasaba uyushmalari sanatoriya va kurortlar
tizimiga ega bo‘lib, mehnatkashlarning salomatliklarini tiklash uchun
yo‘llanmalarni taqsimlaydi, mehnat qonunlarini bajarilishini nazorat
qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi
Vazirlar Mahkamasi va vazirliklar bilan birga ijtimoiy himoyaga
muhtoj shaxslarni turmush sharoitini yaxshilash, mehnat va ish haqi
masalalari hamda ilgariroq pensiya olish huquqini keltirib chiqaruvchi
ishlab chiqarishlar va kasblar ro‘yhatini tasdiqlash bo‘yicha qarorlar
qabul qiladi.
Mahalliy kasaba uyushma organlari korxona, muassasa, tashkilotlarda
xodimlarni mehnat huquqlarini himoya qilish, ishlab chiqarishda
jarohatlanish va kasb kasalliklarini sabablarini tahlil qilish, ularni
bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar uyushtirish, xotin-qizlar va yoshlar
mehnatini muhofazalash bo‘yicha qonunlarga rioya etilishini, ishlovchilar
salomatligiga ishlab chiqarishda etkazilgan zararni qoplash
to‘lovlarni amalga oshirilayotganini nazorat qilish, pensiyaga taqdim
qilish, homiladorlik, vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik
nafaqalarini tayinlash buyicha ishlar olib boradi.
Mehnat va ijtimoiy muhofaza sohasini boshqarishda O‘zbekiston
Respublikasi Ko‘zi ojizlar Jamiyati, Kar-soqovlar jamiyati va Nogironlar
jamiyatlari ham muhim o‘rin tutadi. Bu jamiyatlar O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Nizom
70
asosida hamda o‘z Jamiyatlari chaqiriqlarida qabul qilinib, tasdiqlangan
Ustavlari asosida ish olib boradilar.
Ko‘zi ojizlar jamiyati, Kar-soqovlar jamiyatlarining asosiy vazifasi
nogironlarni huquq va manfaatlarini himoyalash, mehnat qilishga jalb
qilish, ularni madaniy va ma’naviy saviyalarini oshirish, o‘qitish,
kasbga o‘rgatish va kelgusida jamiyatimizning siyosiy yetuk shaxslari qilib
yetkazishdan iborat.
Bu jamiyatlarning faoliyati yo‘nalishlari ko‘zi ojiz va kar-soqov
fuqarolarni aniqlab jamiyat a’zoligiga jalb qilish, bunday nogironlarni
reabilitatsiyasi uchun davlat idoralari bilan birgalikda tadbirlar ishlab
chiqish, ularni kasbiy tayyorgarligini, malakasini oshirish, ko‘zi ojizlar
va kar-soqovlar maktab internatlariga rahbarlik qilib, ularni umumiy
ta’lim darajalarini oshirishga ko‘maklashish, tibbiy muassasalar bilan
birgalikda ularni salomatliklarini tiklash uchun yordam berish, nogironlik
masalalari bilan shug‘ullanuvchi muassasa, tashkilotlar bilan
birga doimiy aloqada bo‘lish, ularning uy-joy va turmush sharoitlarini
yaxshilashdan iboratdir
Jamiyat ishlariga rahbarlikni jamiyat boshqaruvlari olib boradi,
jamiyat boshqaruvini rais va rais o‘rinbosarlari tarkibida jamiyatning
Prezidiumi saylanib, prezidium jamiyatning barcha majburiyatlarini
bajaradi. Jamiyatlarning Markaziy Prezidiumi ko‘zi ojiz va kar-soqovlar
o‘rtasida madaniy oqartuv ishlarini olib boradi, o‘quv qo‘llanmalar,
jurnallar nashr qiladi, kirim-chiqim smetalarini tasdiqlaydi, jamiyat
a’zolarining yashash sharoitlarini yaxshilash, salomatligini tiklash
choralarini ko‘radi.
O‘zbekiston Respublikasi Nogironlar Jamiyatining maqsadi nogironlikni
oldini olish, nogironlarni ishga joylashtirish, ularning ishlashlari
uchun maxsus sexlar tashkil qilish, nogironlarni mehnatini,
salomatligini muhofaza qilish, uy-joy sharoitlarini yaxshilash, ularni
jamiyatni turli jabhalarida o‘zlarini kerakli shaxslar sifatida his qilishlari
uchun zarur sharoitlar yaratadilar.
Nogironlar jamiyatining vazifasi quyidagilardan iborat:
a) davlatning boshqaruv va mahalliy idoralari oldida nogironlarni
qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish;
b) tibbiy xizmat, ishga joylashtirish,moddiy ahvolini, uy-joy
sharoitlarini yaxshilashga doir qonunchilik asosida belgilangan imtiyoz
va yengilliklardan foydalanishlariga yordam berish;
71
d) nogironlarni jamiyatga a’zolikka jalb qilish va bu sohada tushuntirishlar
olib borish:
e) boshqa tashkilotlar tomonidan uyushtirilgan tadbirlarda qatnashish
va nogironlarni tibbiy, kasbiy va ijtimoiy reabilitatsiyasiga doir
tadbirlar uyushtirish;
f) nogironlarni manfaatlarini himoya qilish uchun davlat va jamoat
organlari bilan birgalikda ish olib borish;
g) nogironlar va nogironlar muassasalarini xalqaro aloqalarini
rivojlantirish;
h) nogironlikni oldini olish uchun ilmiy,ijtimoiy izlanishlar olib
borishni uyushtirish;
i) nogironlar jamiyati tomonidan belgilangan dastur va vazifalarni
ta’minlash uchun tadbirkorlik, xo‘jalik, ishlab chiqarishga oid va boshqa
qonunchilik bilan ta’qiqlanmagan faoliyatlarni uyushtirish va b.
Nogironlar jamiyatiga barcha nogironlar, ota-onalar, homiylar va
vasiylar a’zo bo‘lishlari mumkin. Jamiyat a’zoligidan chiqish o‘z
xohishi bilan yozilgan arizaga asosan amalga oshiriladi.
Nogironlar jamiyatining mablag‘lari jamiyat a’zolarining to‘-
laydigan a’zolik badallari, tadbirkorlik, xo‘jalik va ishlab chiqarishdan
tushgan mablag‘lar, jamiyat tomonidan o‘tkaziladigan ko‘rgazma,
auksion, lotoreya hamda homiylar mablag‘laridan tashkil etiladi.
Ijtimoiy ta’minot sohasida yuqoridagi jamoat tashkilotlaridan
tashqari bir qancha jamiyatlar, kengashlar va jamg‘arma fondlari ham
ishtirok etadi.
Tuman va shaharlarda nogironlarning «Baynalminalchi jangchilar»,
«Chernobilchi nogironlar», «Urush nogironlari va qatnashchilari» kabi
kengashlar mavjud bo‘lib, bunday Kengashlar tegishli toifadagi
nogironlar bilan ijtimoiy himoyaga doir ishlar olib boradilar. Nogironlarni
salomatligini muhofaza qilish, ish bilan ta’minlash, ularga
imtiyozlar belgilashda yordam berish, yashash sharoitlarini yaxshilash
chora-tadbirlarida ijtimoiy ta’minot organlariga ko‘maklashadilar.
Ijtimoiy himoya sohasida «Qizil Yarim oy» jamiyatining ham hissasi
kattadir. Qizil Yarim oy jamiyati har bir tuman (shahar)da filiallari
bo‘lib, bu muassasalar aholining muhtoj qatlamiga bepul tibbiy
xizmat, patronaj xizmati, bepul dori-darmon, protez-ortoped buyumlari,
maxsus harakat vositalari, moddiy yordam xizmatlarini
ko‘rsatadi.
72
Yuqoridagilardan tashqari ijtimoiy himoya bilan shug‘ullanuvchi
bir qancha xayriya jamg‘armalari mavjud bo‘lib, «Nuroniy», «Ekosan
», «Mehribonlik», «Bolalar», «Sog‘lom avlod uchun», «Navro‘z»,
«Mahalla» jamg‘armalari juda ko‘p xayrli va insonparvarlik tadbirlarini
amalga oshirmoqdalar.

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish