iqbol
(Yo.Mirz.).
Uning odobida, uning
xulqida, insoniy
kamolot
mavjud, barqaror
(Uyg‗.).
Tabiatan serzavq
va har narsaga qiziquvchi bo„lgan Sodiq uchun har hunar zavq
baxsh
etar
, ko„nglini ko„tarar, sog„lig„ini saqlardi
(Shuhrat).
Кundan kunga
yashnamoqda
ko
„
rking,jamoling
.
(G‗ayr.)
Bahorning fikri bulut
bosgan osmonday qorong„ilashdi-yu, ko„z oldini tuman
chulg
„
adi
(Sh.Rash.).
Yaxshi qoling, sevgan yurt-u
diyorim
(Hamza).
Badiiy nutqda ilmiy, rasmiy, publitsistik va so‗zlashuv uslubiga
xos birlik ham bemalol ishlatilaveradi.
So„zlashuv leksika
siga oddiy so‗zlashuv nutqiga xos, erkin
muomalada qo‗llaniladigan, adabiy til uchun me‘yor bo‗lmagan
129
leksema kiradi
: ketvorgan, po„rim, qitday, mullajiring
kabi. Misollar:
O„ylab ko„rsam, sarkotib odamga shundan bop sovg„a yo„q ekan.
Ruchkaning
poshshaxoni
, perosi oltindan
(N.Saf.
). Shomahdiyevning
qilig„i ma‟lum: jahli chiqib bir
sannab ketsa
, uning
chakagini bosish
asov tuyani cho„ktirishdek mashaqqat
(A.Muhid
.). Qizlaringizni
jerkiysiz
,
so
„
kasiz
... Xo„sh, nima uchun To„lani yumshoq paxtaga
o„rab
papalaysiz?
!
(M.Ism.
)
Jillaqursa
juvoldiz bilan qarashay dedim
(Oybek).
Enang besh-o„n tanga pul so„rab yubordi. Bo„lsa, chiqarib
ber,
boyoqishla
r chaynab tursin.
(Oybek)
Maza qilib kartoshkani
tushirib
tursang...
(Say.)
So‗zlashuv leksikasiga kiradigan leksemaning tegishli ifoda
semasi «so‗zlashuv nutqiga xos» deb yuritiladi.
Leksemaning uslubiy xoslanganligi ularning boshqa bir uslubda
qo‗llanmasligidan dalolat bermaydi. Masalan, so‗zlashuv uslubi erkin
uslub sanaladi va unda boshqa uslub unsurini bemalol ishlatish
mumkin. Ammo leksemani ma‘lum bir uslubda qo‗llash nutq
me‘yoriga muvofiq bo‗lishi lozim.
FRAZEOLOGIYA
38-
§. Frazeologiya haqida
Frazeologiya (gr.
phrasis
– ―ifoda‖, logos – ―ta‘limot‖) atamasi
ikki ma‘noda ishlatiladi: 1) til frazeologik tarkibini o‗rganuvchi
tilshunoslik sohasi; 2) shu tilning frazeologizmi majmui.
Frazeologiyaning o‗rganish predmeti frazeologizmning tabiati va
substansional xususiyatlari hamda ularning nutqda amal qilish
qonuniyatidir.
Frazeologizm til hodisasi sifatida lison va nutqqa daxldor
birlikdir. Birdan ortiq mustaqil leksema ko‗rinishining birikuvidan
tashkil topib, obrazli ma‘noviy tabiatga ega bo‗lgan lisoniy birlik
frazeologizm deyiladi:
tepa sochi tikka bo„lmoq, sirkasi suv
ko„tarmaslik, o„takasi yorilmoq, do„ppisi yarimta, ikki gapning birida,
boshga ko„tarmoq
va h.
Frazeologizm
ibora, frazeologik birlik, turg„un birikma, barqaror
birikma, frazeologik birikma
atamalari bilan ham yuritiladi.
130
Frazeologiya
leksikologiya
bo‗limining tarkibiy qismidir.
Frazeologizm tashkil etuvchisiga ko‗ra qo‗shma leksema, so‗z
birikmasi va gapga o‗xshaydi. Biroq ular ko‗proq qo‗shma leksema
kabi til jamiyati ongida tayyor va barqaror holda yashaydi. Boshqacha
aytganda, frazeologizm lisonda barcha lisoniy birliklarga xos bo‗lgan
umumiylik tabiatiga ega va nutqda xususiylik sifatida namoyon
bo‗ladi.
Frazeologizm lug‗aviy birlik bo‗lganligidan u nutq jarayonida gap
tarkibida bir mustaqil so‗z kabi harakat qiladi – bir gap bo‗lagi yoki
kengaytiruvchi sifatida keladi: 1.
Madamin bo„yniga qo„yilgan
aybnomadan tamom
Do'stlaringiz bilan baham: |