O‘zbeкiston respubliкasi



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet273/382
Sana14.06.2022
Hajmi3,47 Mb.
#669866
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   382
Bog'liq
hozirgi ozbek tili

SB va so„z. 
So‗z bir tushunchani ifodalaydi. SBda esa birdan ortiq 
tushuncha munosabatga kirishgan holda voqelanadi. So‗z asosida 
leksema va morfema hamda ularning birikuv qonuniyati yotsa, SBga 
leksemalar 
birikuvini 
tartibga 
soluvchi 
LSQ 
asos 
bo‗ladi. 
Aytilganidek, so‗zda tushuncha, ma‘no keng va mavhum bo‗ladi. So‗z 
birikmasida esa bu kenglik va mavhumlik bir qadar barham topgan 
bo‗ladi. Masalan, 
qiziq kitob 
birikmasida kitobning bir belgisi 
namoyon bo‗lgan. Shu jihatdan u muayyanlik kasb etgan. Ammo bu 
muayyanlik nisbiy va biryoqlama. Chunki uning badiiy yoki ilmiyligi 
hali mavhum va noaniq. 
Qiziq badiiy kitob 
birikmasida bu belgi ham 
muayyanlik kasb etadi. So‗z birikmasida so‗z boshqa so‗zni o‗ziga 
biriktirib kengayishi bilan ma‘noviy jihatdan torayib boradi. Demak, 
shakliy kengayish ma‘noviy torayishni keltirib chiqarsa (so‗z 
birikmasida), shakliy torlik (so‗zda) ma‘noviy kenglik bilan munosib. 


329 
SBda ma‘nolar o‗zaro munosabatga kirishar ekan, bunda ular 
yaxlitlanib, bir «vujud»ga aylanib ketmaydi. Bir-biriga qancha 
yaqinlashmasin, baribir o‗z mustaqilliklarini saqlab qoladi. Masalan, 
toza havo 
birikmasida bir ma‘no ikkinchisiga muayyanlik kiritish 
uchun xizmat qiladi, lekin, baribir, bunda ikki tushuncha mavjud. Ikki 
tushuncha orasidagi munosabat ma‘lum bir me‘yor chizig‗idan o‗tsa, 
ular yaxlit tushunchaga aylanadi va bir butun holda yangi ma‘no 
anglatadi. Masalan, 
belbog„ 
so‗zi dastlab 
belning bog„i 
birikuvi 
shaklida bo‗lib, bunda ikki tushuncha munosabati (hokim-tobeligi) 
mavjud. Biroq bu ularning yaxlitlanishi darajasiga etmagan. (
Belbog„

so‗zida esa munosabatning me‘yor chizig‗idan keyingi holatiga duch 
kelamiz. 
So‗zlarning alohida ko‗rinishi bo‗lgan qo‗shma so‗zlar aslida so‗z 
birikmalari uzvlarining yaxlitlanishi – so‗z birikmasining ma‘noviy 
taraqqiyoti mahsuli. 
SB va ibora. 
SB a‘zolari tobe munosabatli mustaqil so‗z bo‗lsa, 
ibora ham mustaqil so‗zlar birikuvidan tashkil topsa-da, orasidagi 
sintaktik aloqa so‗ngan, bu so‗zlar o‗zaro yaxlitlanib, ibora o‗zida 
tayyorlik, majburiylik, barqarorlik kabi belgilarni tashiydigan lisoniy 
birlik qatoridan joy olgan. Ibora tashkil etuvchilari (zohiriy) jihatidan 
SBga o‗xshasa-da, mohiyatan leksemaga yaqinlashadi. Zero, 
tarvuzi 
qo„ltig„idan tushdi 
iborasi bilan 
bo„shashmoq 
so‗zining ma‘noviy 
mohiyati yaqin. Leksema kabi ibora ham yaxlit holda yashaydi. So‗z 
birikmasi esa vaqtincha va o‗zgaruvchan. So‗z birikmasini tashkil 
etgan so‗zlar nutqda o‗z mustaqil ma‘nolari bilan qatnashgani holda 
ibora tarkibidagi so‗zlar o‗zlarining xos ma‘nosidan uzoqlashgan 
(
tarvuzi qo„ltig„idan tushdi 
iborasida 
tarvuz, qo„ltiq, tushmoq 
so‗zlari 
o‗zlarining xos ma‘nolariga ega emas). 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish