O‘zbeкiston respubliкasi



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/382
Sana14.06.2022
Hajmi3,47 Mb.
#669866
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   382
Bog'liq
hozirgi ozbek tili

Soddalashgan leksema 
yasama so‗zlar lisoniylashuvining yanada 
yuqoriroq bosqichi. Soddalashish bu ma‘lum bir so‗z yasash 
qolipining hosilasida o‗zak va qo‗shimchaning o‗zaro birikib ajralmas 
holga kelishi, so‗zshakldagi grammatik vositaning qotib qolishi 
natijasida yangi ma‘no ifodalashidir. O‗zbek tilidagi 
oldin

keyin

tashqari

ichkari

yuqori, hozirda 
kabi yuzlab so‗z soddalashgan 
yasama so‗z – leksema. So‗z birikmalarining sintaktik qolipdan 
uzilish holati sifatida 
boshning og„rigi – 
boshog„riq
, belning bog„i – 
belbog„, tomning orqasi–tomorqa 
misollarini ko‗rsatish mumkin. 
So‗z birikmalarining sintaktik qolipdan hozirda uzilayotgan 
holatini 
gulning yaprog„i–gulyaproq, daftarning varag„i–daftarvaraq, 
derazaning shishasi–derazashisha, oq qand–oqqand 
kabilarda 
kuzatish mumkin. 
Tublashgan leksema 
shunday leksemalashgan yasama so‗zki, 
ularning yasalishini, tarkibini etimologik ma‘lumotsiz aniqlab 
bo‗lmaydi. Masalan, 
sin 
fe‘lining o‗zagi 
si

tingla 
fe‘lining o‗zagi 
ding

to„q 
so‗zi o‗zagining 
to„ 
ekanligini til tarixi bo‗yicha chuqur 
ma‘lumotga ega bo‗lmasdan bilib bo‗lmaydi. 
Demak, ma‘lum bo‗ladiki, tilda leksema yasash hodisasi yo‗q. 
Balki 
yasama 
so‗zning, 
nutqiy 
hosilaning 
lisoniylashuvi, 
leksemalashuvi mavjud. 
27-
 
§. Semema va uning tarkibiy qismlari 
L
eksemaning tashqi va ichki jihati mavjud. Leksemaning tashqi
qobig‗i 
nomema 
deb ataladi. 
Nomema 
deganda leksemaning moddiy 
tomonini tashkil etgan fonemalar hosilasi – nutq tovushlari nazarda 
tutiladi. Masalan, 
kitob 
leksemasining tashqi tomoni k+i+t+o+b 
tovushlar yig‗indisi. Shu o‗rinda bir narsaga alohida e‘tibor qilish 
lozim. Ma‘lumki, lisoniy birlik moddiylikdan xoli deya talqin qilinadi. 
Shunga ko‗ra, leksema ham, boshqa lisoniy birlik kabi moddiylikka 
ega bo‗lmasligi lozim. Demak, moddiylik so‗zi bu o‗rinda bevosita 
sezgi a‘zosiga ta‘sir qiladigan deya jo‗nlashtirilmasligi lozim. Yoki 
shakl deganda moddiy ko‗rinishga egalikkina tushunilmaydi. Biror 
narsa haqida o‗ylar ekanmiz, ongimizda uning tashqi qiyofasini 
tasavvur qilgan holda boshqalaridan ajratamiz. Narsaning ongdagi 
qiyofasi ham shakl deyiladi. 


97 
Nomema kishi biror leksema haqida o‗ylaganda, ichki nutqda 
yaqqol ma‘lum bo‗ladi. Voqelangan tashqi nutqda bu shakl haqiqiy, 
real moddiy qiyofa kasb etadi. Demak, ongdagi leksemaning shakliy 
tomoni sezgi a‘zolaridan tashqarida, unga ta‘sir qilmaydigan holatda 
bo‗lsa, leksema nutqiy voqelanganda so‗zga aylanadi, moddiy 
bo‗lmagan shakl, ya‘ni nomema moddiylik kasb etadi, sezgi a‘zosi 
bilan his qilinadigan bo‗ladi. 
Leksemaning ichki, mazmuniy tomoni 
semema 
deyiladi. Semema 

ongda aks etgan narsa, belgi, miqdor, harakat kabi tushunchaning 
leksemada mujassamlashgan ko‗rinishi. Boshqacha aytganda, semema 

leksemaning ichki jihati. 
Birorta leksemaning sememasi ikkinchi leksemaning sememasiga 
aynan o‗xshamaydi. Boshqacha aytganda, bir xil sememaga ega ikkita 
leksema yo‗q. Masalan, ikkita sinonim leksemaning sememasini 
qiyoslaymiz: 
Yuz 
– inson boshi old tomonining peshonadan iyakkacha bo‗lgan 
qismining uslubiy betaraf ifodasi. 
Bet 
– inson boshi old tomonining peshonadan iyakkacha bo‗lgan 
qismining so‗zlashuv uslubiga xos ifodasi. 
Кo‗rinadiki, birinchi sememadagi «uslubiy betaraf» unsuri 
ikkinchi sememada, ikkinchi sememadagi «so‗zlashuv uslubiga xos» 
unsuri birinchi sememada yo‗q. 
Agar semema aynan bo‗lib qolsa, demak, bu ular tavsifida nuqson 
mavjud deyishga asos bo‗ladi. Semema mukammal tavsiflanganda, bu 
tavsifdanoq ushbu tilni eng nozik jihatlarigacha puxta bilgan kishi 
so‗z qaysi leksema haqida ketayotganligini ravshan anglaydi. 
Leksema butunlik sifatida nomema va sememadan tashkil 
topishini ko‗rib o‗tdik. O‗z o‗rnida nomema ham, semema ham 
tarkibiy qismlardan iborat bo‗ladi. Masalan, nomema butunligini 
tovush hosil qiladi. Tilshunoslikda sememani tashkil etuvchi unsur 
sifatida semalar ajratiladi. Jumladan, 
kitob 
leksemasi ikki sememali 
bo‗lib, uning bir sememasi «varaqdan tashkil topgan, muqovalangan, 
bosma yoki qo‗lyozma holdagi davriy bo‗lmagan o‗quv vositasi» 
bo‗lib, u quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: 
1)
«varaqlardan tashkil topgan»; 
2)
«o‗quv vositasi»; 
3)
«davriy bo‗lmagan»; 
4)
«bosma yoki qo‗lyozma holdagi»; 


98 
5)
«muqovalangan». 
Sememada bir sema almashtirilishi bilan u butunlay boshqa 
sememaga aylanib ketishi mumkin. Masalan, yuqoridagi «davriy 
bo‗lmagan» semasini «davriy bo‗lgan» semasiga almashtirsak, u o‗z- 
o‗zidan 
jurnal 
leksemasining sememasi bo‗lib qoladi. 
Leksemaning sememasini aniqlashda u paradigmadoshi bilan 
munosabatda tekshiriladi. Deylik, 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish