turk
va
turkman
so‗zlari zidlanishidan anglashilib
turganidek,
turk
so‗zi keng ma‘noda ham, tor ma‘noda ham
ishlatilgan. Tor ma‘noda
turk
so‗zi bilan Mahmud Кoshg‗ariy kabi
qarluq toifasiga mansub, o‗zbek xalqining shakllanishiga tayanch asos
bo‗lgan o‗troq aholi nomlangan.
10
Кavkaz, Turkiya, Oltoy, Volgabo‗yi, Boltiqbo‗yi, Sharqiy
Yevropa hududida qo‗llanilgan
turk
so‗zining tor ma‘nosi (qaysi xalq
yoki etnik guruhni atab kelayotganligi) davri va mintaqasi shart-
sharoitiga mos aniqlanadi hamda har bir davr-u hudud uchun o‗ziga
xos.
XVI asrda hozirgi O‗zbekiston aholisi tarkibida katta o‗zgarish
sodir
bo‗ldi: temuriylar davlati Muhammad Shayboniyxon
boshchiligida qipchoq toifasiga mansub ko‗chmanchi o‗zbeklar
tomonidan bosib olinadi va 92 urug‗ga mansub ko‗chmanchi o‗zbek
toifasi
vakillari
bu
hududga
ko‗plab kelib joylashishadi.
Кo‗chmanchilar o‗troq aholini
sort
deb, o‗zlarini
turk
deb atashgan.
Natijada, o‗sha davr(XVI asr)dan boshlab shayboniylar davlati
hududi(hozirgi
O‗zbekiston)da aholini sort-o‗zbekka ajratish
ommalashdi. XVII–XIX asrlar badiiy adabiyotida
sort
va
o„zbek
atamalarining qo‗llanilishi shu bilan bog‗liq. Turdi Farog‗iy
she‘riyatida, Abdulla Qodiriyning «O‗tkan kunlar» va «Mehrobdan
chayon» asarlarida buning yorqin namunasini ko‗rish mumkin.
Chunonchi, Turdi Farog‗iy g‗azallaridan birida shunday baytlar
mavjud:
O„zbak o„g„li o„qisa tafsir ila mishkotni,
Ro„z savm-u shab qiyom afzun etib tootni,
Etsa toroji havodis, jam‟ o„lub avbosha der:
«Sahmgin solib suron ur, molin olg„il sortni
».
O„zbek
so‗zining
bugungi
kunda
tilimizda
ba‘zan
voqelantiradigan «sodda», «oq ko‗ngil», «to‗g‗ri» kabi ma‘nolari ham
shu farq bilan bog‗liq:
Sevsam, sevibman-da, o„zbekman, sodda
. (G‗.G‗ulom)
Rus istilosi davrida ham (IX–X asrdagi turklarning avlodi
bo‗lgan) aholi
sort, sart
nomi bilan yuritilardi. Shuning uchun XIX asr
oxirlarida o‗zbek tilining rus harbiylari tomonidan o‗rganilishi uchun
N.P.Ostroumov, M.S.Andreyev, L.A.Zimin kabilar
tomonidan
tuzilgan ilk qo‗llanmalarda u shu nom bilan atalgan.
XX asr boshlarida bugungi o‗zbek millatining rasmiy nomlanishi
ancha bahs-u munozaraga sabab bo‗ldi. Asosiy bahs
turk – turkistonlik
– sort –o„zbek
atamasidan biri ustida bordi. Shu davrda ilg‗or adiblar
ko‗proq
o„zbek
atamasini ma‘qullashdi.
O„zbek
so‗zi etnonim (xalq nomi) sifatida qadimgi davrdan
qo‗llanib kelingan. IX asrga mansub arab manbalarida o‗zbeklar,
11
ularning botirlik va qo‗rqmasliklari, shuning uchun xalifa sardorlari
ulardan o‗zlari uchun qo‗riqchilar yollaganligi haqida ma‘lumotlar
bor. Biroq sovet fanida ―o‗zbek so‗zi Oltin O‗rdada 1313–1342-
yillarda xonlik qilgan Sulton Muhammad O‗zbekxon nomidan
olingan‖ degan noto‗g‗ri talqin ham uchraydi. Tahlillarda ko‗rdikki,
o‗zbek so‗zi etnonim sifatida XIV asrdan ancha oldin ham
qo‗llanilgan. Demak, xon Sulton Muhammadga bu antroponim (kishi
nomi)
o„zbek
etnonimi asosida berilgan.
XVII–XVIII asrlardan boshlab G‗arbiy Yevropa o‗zbek tili va
madaniyati bilan qiziqib, u bilan yaqindan tanisha boshladi. Shundan
keyin tilimiz G‗arbiy Yevropada
chig„atoy tili
nomi bilan mashhur
bo‗ldi. Bu nom, manbalarda ta‘kidlanganidek, chingiziy Chig‗atoy ibn
Chingiz (vafoti 1242-y.) shaxsi bilan bog‗liq. Sababi: XVII va undan
keyingi asrlarda yashab ijod etgan mumtoz adiblar til va
adabiyotimizni Chig‗atoy ulusi nomi bilan atashgan. Yevropada bu
nomning keng ommalashishi (XIX asr o‗rtalarida mintaqada keng
yoyilgan) «Chagatayishe sprachstadium» («Chig‗atoy tili darsligi»)
muallifi Herman Vamberi nomi bilan bog‗liq.
Yevropada o‗zbek tili, bundan tashqari,
qoraxoniy, sharqiy turk,
sharqiy turkcha, sharqiy Turkiston tili, islomoy sharqiy turkiy,
chigiliy, turkiy turoniy, Navoiy turkiysi
kabi qator nomlar bilan ham
ma‘lum. Zero, keltirilgan har bir nomning o‗ziga xos ilmiy-tarixiy
asosi bor.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, o‗zbek tili va xalqining ildizi
qadim-qadimdan boshlangan; qarluq qavmlari hamda lahjalari turli
davrlarda o‗g‗uz, uyg‗ur, qipchoq kabi turkiy qavmlarni, shuningdek,
eroniy, arabiy, mo‗g‗ul kabi noturkiy qavm vakillari lahjalarini o‗ziga
singdirgan; IX–X asrdan boshlab hozirgacha uzluksiz ijtimoiy-
madaniy taraqqiyot natijasida millat va milliy til sifatida shakllangan.
Bu murakkab tarixiy jarayon ta‘siri tilimizning shevaviy bo‗linishida
(o‗zbek umumxalq tilining uch katta lahjaga ajralishida), leksik-
grammatik xususiyatida (chunonchi, qaratqich kelishigining qarluqcha
-
ning
qo‗shimchasi bilan
men, sen
olmoshlarida o‗g‗uzcha -
ing
ko‗rinishining saqlanishi,
ilon
so‗zining shu o‗g‗uzcha shaklda tilda
me‘yorlashishi, uning qarluqcha
yilon
shaklining eskirishi va
qipchoqcha shevaviy
jilan
ko‗rinishining mavjudligi, tilimizda katta
miqdordagi tarixan arabiy, forsiy, qisman mo‗g‗ulcha bo‗lgan
so‗zlarning borligi va h.) o‗z aksini topgan. Shuning uchun «nomi
12
o‗zidan, o‗zi nomidan qadimiyroq» iborasi o‗zbek tili va millati
tarixiga bevosita daxldor.
Do'stlaringiz bilan baham: |