O‘zbeкiston respubliкasi


Fe‟lning asosiy LMGlari. LMGda markaz va qurshov



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/382
Sana14.06.2022
Hajmi3,47 Mb.
#669866
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   382
Bog'liq
hozirgi ozbek tili

Fe‟lning asosiy LMGlari. LMGda markaz va qurshov 
leksemalari. 
Fe‘llar anglatgan qator ma‘nolariga ko‗ra turli 
mazmuniy guruhlarga bo‗linadi. Bunda harakatga xos yaratish, buzish, 
o‗zgartirish, so‗zlash, sezish, yo‗naltirish, holatga xos ruhiy- 
psixologik, tafakkur bilan bog‗liq fe‘llar farqlanadi. Bulardan 
xarakterlilarini ko‗rib o‗tamiz. 
Harakat fe’li 
jonli va jonsiz predmetga xos harakatni ifodalaydi. 
Ular yurish, ta‘sir etish, zarb berish kabi ko‗rinishda bo‗lishi mumkin. 
Qo‗l, oyoq, yuz, og‗iz, gavda bilan bog‗liq harakatda harakatlanuvchi 
obyekt yaqqol ko‗rinib turadi: 
oyoq bilan bog‗liq harakatni ifodalovchi fe‘llar: 
yurmoq

kezmoq

yo„rg„alamoq

pildiramoq

lapanglamoq

gandiraklamoq

do„qonglamoq

tentiramoq

tepkilamoq

tepmoq

toptamoq

depsinmoq

tisarilmoq, bosqilamoq

qo‗l bilan bog‗liq harakatni ifodalovchi fe‘l: 
urmoq

solmoq

ushlamoq

silamoq

tirnamoq

shapaloqlamoq

chimchilamoq

uqalamoq

qitiqlamoq

changallamoq

mushtlamoq

chertmoq

hovuchlamoq

chapak chalmoq

paxsa qilmoq, olmoq, tekislamoq, 
g„ijimlamoq, paypaslamoq

Yuz, gavda, og‗iz, lab, quloq, burun va h. bilan bog‗liq harakat 
ham mavjud. 
Nutq fe’llari 
insonning gapirish faoliyati bilan 
bog‗liq 
harakatlarni ifodalaydi: 
gapirmoq

so„zlamoq

aytmoq

demoq



201 
bidirlamoq

to„ng„illamoq

g„o„ldiramoq

vaysamoq

vaqillamoq

javramoq

bobillamoq

javob bermoq

vag„illamoq 
kabi. 
Holat fe’llari

Inson tabiatiga xos jismoniy va ruhiy holat 
turlixususiyatga ega. Holatni to‗rtga bo‗lish mumkin: 
a)
ichki holat (ruhiy kechinmalar bilan bog‗liq): 
eslamoq, 
unutmoq, yodlamoq, tubanlashmoq

b)
tashqi holat (ichki holatning namoyon bo‗lishi bilan bog‗liq): 
xafa bo„lmoq, shodlanmoq, esankiramoq, dovdiramoq, g„azablanmoq

d)
jismoniy holat (inson tanasi bilan bog‗liq: 
holsizlanmoq, 
kuymoq, kuchlanmoq, zaiflashmoq

e)
ijtimoiy 
holat 
(jamiyat 
bilan 
bog‗liq): 
boyimoq, 
kambag„allashmoq, ko„tarilmoq, urilmoq, quvg„in bo„lmoq

Natijali faoliyat fe’llari 
tizimi 
yasamoq, qurmoq, bunyod etmoq, 
hosil bo„lmoq, chizmoq, yozmoq, barpo qilmoq, arralamoq, 
parchalamoq, sayqal bermoq, randalamoq, sindirmoq, yemoq, 
o„chirmoq 
kabi birliklarni o‗z ichiga oladi. 
Tafakkur fe’llari 
sirasiga insonning fikrlash qobiliyati bilan 
bog‗liq 
o„ylamoq, fikrlamoq, xayol surmoq, tafakkur qilmoq, o„yga 
botmoq, ko„z oldiga keltirmoq, bir qarorga kelmoq, xulosaga kelmoq 
kabilar kiradi. 
Munosabat fe’llari 
qatori 
erkalamoq, suymoq, yaxshi ko„rmoq, 
parvona bo„lmoq, rahmi kelmoq, xushomad qilmoq, yon bosmoq, 
maftun bo„lmoq, e‟zozlamoq 
kabi ijobiy xarakterdagi munosabat 
fe‘llari, 
beti qursin, xudo olsin, qorasi o„chsin, baloga giriftor bo„lsin, 
juvonmarg bo„lgur 
kabi salbiy xarakterdagi munosabat fe‘llaridan 
tashkil topadi. 
Fe‘l ma‘noviy guruhlarida ham markaz va qurshov leksemalari 
farqlanadi. Masalan, ma‘nodosh fe‘llarda bosh (dominanta) so‗z, 
uyadoshlik paradigmasida uya (giperonim) markaz leksemasi 
hisoblansa, boshqa ma‘nodosh va uyadosh (giponimlar) qurshov 
leksemasi deyiladi. 
Кulmoq 
fe‘li dominanta sifatida bunga ma‘nodosh 
boshqa leksemalarni, 
buzmoq 
esa buzishning turli ko‗rinishini 
ifodalaydigangiponim leksemani uyushtirib turadi. So‗zlar yirikroq 
butunliklarga birlashtirilganda, markaz leksemasigina bu butunlikdan 
joy oladi. Qurshov leksemalari esa uning «soyasi» sifatida quyida 
qolaveradi. Masalan, 
kulmoq, yig„lamoq, xursand bo„lmoq 
leksemalari 
o‗z atrofida ko‗plab fe‘llarni birlashtirgan. Lekin ular bu uch leksema 
mansub tizimga kira olmaydi, quyi bosqichda qoladi. 


202 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish