Men sizga aytsam,
bir kunda uch mahal shaharga qatnashning
o„zi bo„lmaydi
. (S.Nur.)Shu sababli kirish kengaytiruvchi kirish so‗z,
kirish birikma, kirish gap kabi turga bo‗lib o‗rganiladi. Aslida barcha
kirish kengaytiruvchisi nominativ birlik. Garchi ularning ayrim
ko‗rinishi gap xarakterida bo‗lsa-da, ularni tom ma‘nodagi gap deb
bo‗lmaydi. Masalan, yuqorida keltirilgan,
men sizga aytsam
qurilmasi mazkur gap tarkibida shaklan gap ko‗rinishida bo‗lsa-da,
uning
zimmasiga
fikr
ifodalash,
axborot
uzatish
vazifasi
yuklatilmagan. Unda [Pm] shakli mavjud bo‗lsa-da, tegishli ma‘nolar
voqelanishi o‗ta kuchsizlangan. Shu boisdan undagi [
Pm
] shakllari va
419
unga mos gap kengaytiruvchisi o‗zgartirib ko‗rilsa, uning kirishlik
mohiyati butunlay yo‗qoladi.
Кirish kengaytiruvchilarning umumiy va o‗ziga xos xususiyatlari
quyidagilar:
1)
kirish gap tarkibiga muayyan denotativ ma‘nolari bilan
kirmaydi. Masalan, yuqorida keltirilgan
Men sizga aytsam
kirish
gapidagi so‗zlarda harakat, harakatni bajaruvchi shaxs, obyekt kabi
ma‘no ifodalanmagan. Unda bir butun holda «ishontirish» modal
ma‘nosi mavjud;
2)
kirishlar grammatik shakllanganlik nuqtayi nazaridan rang-
barang. Unda tuslangan fe‘l ham (
aytsam
), tuslanmagan fe‘l ham
(
shunday qilib
), ot ham (
chamasi
), olmosh ham (
menimcha
) kirish
vazifasida keladi. Ammo ular, aytilganidek, ba‘zan qisman, ba‘zan
butunlay o‗z lug‗aviy ma‘nosini yo‗qotib, paradigmasidan vaqtincha
uzilgan bo‗ladi;
3)
kirish kengaytiruvchining barchasi o‗ziga xos yagona
«so‗zlovchining o‗z fikriga munosabatini bildirish» umumiy ma‘nosi
ostida birlashadi;
4)
kirish kengaytiruvchilarning gapdagi o‗rni qat‘iy emas.
Bu belgilarning barchasi kirish kengaytiruvchilar o‗ziga xos
lug‗aviy-sintaktik guruhni tashkil etishini ko‗rsatadi.
Кirish kengaytiruvchi gapda quyidagi ma‘nolarni ifodalaydi:
1)
ta‘kidlash, tinglovchining diqqatini bayon qilinayotgan
fikrga tortish:
takrorlayman, muhimi, ishonsangiz, masalan, misol
uchun, ta‟kidlayman, aytish kerakki;
2)
subyektiv
munosabat,
his-tuyg‗ularni
ifodalash:
b
axtimizga, baxtga qarshi, o„ylayman, umid qilaman, o„ylaymanki,
shubhasiz, ehtimol, shu ma‟noda, qaysidir ma‟noda, afsuski, attang,
essiz;
3)
fikrni bayon qilish usuliga
munosabat:
to„g„risini
aytganda, bir so„z bilan aytganda, sodda qilib aytganda, aniqrog„i,
qisqasi, gapning indallosi;
4)
fikrning bog‗lanishini, matn tarkibiy qismlari orasida
munosabat, ichki aloqa kabilarga so‗zlovchining qanday qarashini
ifodalash:
demak, xulosa, sababi, shunday qilib, ko„rinadiki, ma‟lum
bo„ladiki, buning ustiga, odatda;
420
5)
aytilayotgan fikrning kimga tegishli ekanligini bildiruvchi
so‗z:
menimcha, fikrimcha, uning so„ziga qaraganda, aytishlaricha,
xabar berishiga qaraganda;
6)
fikrning tartibini, izchilligini bildiradigan so‗zlar:
birinchidan, avvalo, ikkinchidan.
Do'stlaringiz bilan baham: |