O‘zbeкiston respubliкasi



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet334/382
Sana14.06.2022
Hajmi3,47 Mb.
#669866
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   382
Bog'liq
hozirgi ozbek tili

101-
 
§. Uyushgan so„zshakl. 
Uyushgan so‗zshakl har doim sintaktik mavqe va morfologik 
shakllanish jihatidan bir xil bo‗ladi. Ular boshqa so‗z bilan 
bog‗lanishda tenglik saqlaydi. Ammo ularning qanday so‗z bilan 
ifodalanishi – so‗z turkumi jihatdan bir xil bo‗lishi va, demak, bir xil 
so‗roqqa javob bo‗lishi shart emas:
Seni 
(olmosh) 
va Salomatning 
ukasini 
(ot) 
taqdirlashadi. 
Uyushgan so‗zshaklning oxirgisi tegishli grammatik shaklni olib, 
oldingilari olmagan bo‗lishi ham mumkin: 
Maydonni begona o„t, tosh 
va har xil chiqindilardan tozaladik. 
Bunda uyushgan so‗zshaklning 
oxirgisi (
chiqindilardan
) chiqish kelishigi bilan shakllangan. Bu 
uyushgan so‗zshaklning grammatik shakllanishi har xil bo‗lishi ham 
mumkin degani emas. Chunki oxirgi so‗zshakldagi chiqish kelishigi 
uyushgan so‗zlarning boshqalariga ham tegishli. Faqat nutqiy tejam 
grammatik ko‗rsatkichning barcha so‗zshaklda 
takrorlanishiga 
monelik qiladi. 
Uyushiq so‗zshaklning muhim nutqiy belgisidan biri sanash 
ohangi bilan aytilishi. Sanash ohangi bo‗lmasa, sintaktik mavqe, 
grammatik shakl va ifodalanish jihatlari bir xilligiga qaramasdan 
so‗zshakllar uyushiq sanalmaydi. Masalan, 
Mening diqqatimni 
dumaloq oppoq toshlar tortdi 
gapidagi 
dumaloq 
va 
oppoq 
so‗zshakli 
toshlar 
so‗zshakliga tobelanib, ifodalanish va grammatik shakl 
jihatdan bir xil. Biroq ular uyushtiruvchi (sanash) ohangsiz 
uyushmagan kengaytiruvchi hisoblanadi. 
Demak, sintaktik mavqe, grammatik shakl bir xilligi va 
uyushtiruvchi ohangga egalik uyushgan tenglanish qatorining zaruriy 
belgisidir. 
Uyushiq kesimning o„ziga xos xususiyati.
Uyushgan ega, hol, 
to‗ldiruvchi va aniqlovchida tegishli grammatik shakl har bir 
so‗zshaklda alohida-alohida mavjud bo‗lishi ham, faqat oxirgisida 


413 
bo‗lib, oldingilarida bo‗lmasligi ham mumkin. Biroq uyushgan 
kesimlarda kesimlik shakllari bilan faqat oxirgi kesim shakllangan, 
boshqalari esa bu qo‗shimchani olmagan bo‗ladi: 1. 
Bizning yoshlar 
dono va zukkodirlar. 
2. 
Do„kondorlar molini maqtab va xaridorlarni 
chorlab turardilar.
3.
Voqea sodir bo„lgan joyga zudlik 
bilan 
borishimiz va masalaga oydinlik kiritishimiz lozim. 
So‗z kesimlik ko‗rsatkichi bilan shakllangan va kesimlik sintaktik 
pozitsiyasini egallagan bo‗lsa, u alohida hukm va tugal ma‘no 
ifodalaydi hamda gap hosil qiladi. Yuqorida keltirilgan gapda ham 
uyushgan 
kesimning 
barchasi 
[
Pm

ko‗rsatkichi 
bilan 
shakllantirilganda, ularning har biri alohida-alohida gapni hosil qiladi 
va natijada qo‗shma gap vujudga keladi. Qiyoslang: 1. 
Siz a‟lochi va 
jamoatchi kishisiz 
(uyushiq kesimli gap) 
– Siz a‟lochisiz va 
jamoatchisiz 
(qo‗shma gap)

2. 
U vaqtlarda otam kosib, onam 
tikuvchi edi 
(uyushgan sodda gap) 
– U vaqtlarda otam kosib edi va 
onam tikuvchi edi 
(qo‗shma gap). 
Ikkinchi gapning har bir kesimini [
Pm
] bilan to‗la shakllantirib, 
qo‗shma gap tarzida qo‗llash uslubiy g‗alizlikni keltirib chiqaradi. Shu 
bois ushbu o‗rinda qo‗shma gap emas, balki uyushiq kesimli sodda 
gapni ishlatish o‗ng‗ay. 
Uyushiq kesimning har xil so‗z turkumi bilan ifodalanishi ham 
uchraydigan hodisa. Bu ot va olmoshda mavjud: 
Taniganim, bilganim 
sen va Halimdir. 
Biroq fe‘l va boshqa turkum so‗zi uyushiq kesim 
hosil qila olmaydi. Chunki ot, fe‘l boshqacha va qolgan turkumlar 
boshqacha tuslanishga ega bo‗ladi: 
Itingdurman va bo„zlagaydirman. 
Bu gapda kesimlik ko‗rsatkichlarini ikkala so‗zshakl uchun bitta qilib 
bo‗lmaydi: 
Itingdur va bo„zlagaydirman 
kabi. 
Uyushiq kesimlarning oldin turgani 
-i(b) 
shaklli ravishdosh 
bilan ifodalanganda, hol bilan monand bo‗lib qoladi: 1. 
U ko„rqib 
baqirib yubordi. 
2. 
U tanib, bilib so„ray boshladi. 
Har ikkala 
qo‗llanishda ham fe‘l so‗zshakllar bir-biriga o‗xshaydi. Biroq 
gaplardan birinchisida fe‘l hol (
ko„rib
) va kesim (
baqirib yubordi

vazifasida. Кeyingi gapda esa uyushiq kesim mavjud. Biroq birinchi 
gapda uyushiqlikning zaruriy belgisi – uyushtiruvchi ohang mavjud 
emas. 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish