OT
Tayanch tushunchalar
ot , atoqli, urdosh, muayyan, mavhum, yakka, jamlovchi,
derivatsiya, so„z yasalishi, so„z yasash, yasama so„z, yasalgan so„z,
affiksatsiya, kompozitsiya, qolip, hosila, yasama, tub, qo„shma, juft,
morfologik belgi, tasniflovchi kategoriya, sintaktik kategoriya, son
kategoryasi, UGM, OGM, XGM, kichraytirish, shaxsiy munosabat
52-
§. Ot va uning UGMsi
Кim, nima, qayer
so‗roqlariga javob bo‗lib, mavjudot, narsa, joy,
voqea, jarayonni atovchi mustaqil leksik birlik–ot. «Borliq yoki uning
parchasini predmet sifatida atash» – ot turkumining UGMsi. Bunda
predmet
tushunchasi mantiqiy emas, balki grammatik mohiyatga ega.
Mantiqan jonsiz va bevosita sezgi a‘zosiga ta‘sir etuvchi narsa
predmet deyiladi. Grammatikada esa u keng ma‘noda tushuniladi,
«mavjudlik» mohiyatiga ega deb qaraladi.
Ot so‗z turkumi sifatida o‗ziga xos morfologik paradigmaga,
yasalish tizimiga, xoslangan sintaktik pozitsiyalariga ega.
Otning UGM parchalanishiga ko„ra turlari.
Otni ma‘no
jihatidan turlicha tasnif qilish mumkin. Bu o‗rinda ularning grammatik
xususiyatini muayyanlashtiruvchi semantik belgi asosga olinadi. Ot
quyidagi xususiyatiga ko‗ra tasnif qilinadi:
1.
Bir turdagi predmetdan birining nomini yoki shu turdagi
predmetlarning umumiy nomini bildirishiga ko‗ra.
2.
Кim?
yoki
Nima?
so‗roqlariga javob bo‗lishiga ko‗ra.
3.Sanalish-sanalmasligiga ko‗ra.
Ot borliqdagi bir turdagi predmetdan birining yoki shu turdagi
predmetlarning umumiy nomini bildirishiga ko‗ra
atoqli
va
turdosh
otga bo‗linadi.
Atoqli va turdosh ot.
Atoqli ot bir xil predmet yoki hodisaning
birini ajratib ko‗rsatishga xizmat qiladigan ikkilamchi nom. Masalan,
bola
bir turdagi predmet (shaxs)ning umumiy va birlamchi nomi.
Sherzod
ana shu bir xil predmet (shaxs)dan birini ajratib ko‗rsatish
uchun xizmat qiladigan va
bola
atamasidan keyin qo‗yilgan
ikkilamchi nom.
234
Atoqli ot quyidagi lug‗aviy mavzuviy to‗da (LMT) ga ega:
1.
Кishilarning ismi, familiyasi, taxallusi:
Ikrom, Otabek;
Jumayev, Xudoynazarov; Imomzoda
.
2.
Jo‗g‗rofiy nom:
O„zbekiston, Dehqonobod, Hisor, Oqdaryo
.
3.
Tashkilot, muassasa, korxona nomi:
Buxoro davlat universiteti,
Xalq ta‟limi vazirligi, «Nasaf ziyosi» jurnali.
4.
Samoviy yoritgichlar nomi:
Mushtariy, Zuhro, Yupiter,
Yarqiroq.
5.
Tarixiy hodisa nomi:
Mustaqillik kuni, Loy jangi, “Boston”
choyxo„rligi
.
6.
Hayvon nomi:
Boychibor, Ko„kqashqa, Yo„lbars
.
7.
Mahsulot nomi:
Siltama
(go‗shtli ovqat),
Qoraqum
(shokolad)
Chiyal yaxnasi.
8.
Ilohiy tushunchani ifodalovchi nom:
Alloh, Do„zax, Iso, Buroq
.
Atoqli ot
matndan, nutq vaziyatidan uzilgan holda atash
ma‘nosiga ega bo‗lmaydi, faqat kontekstda reallashadi. Masalan,
Sanam
so‗zining atoqli yoki turdosh ekanligi shu so‗zni qurshab
turgan so‗z yordamida anglashiladi. Bu jihatdan atoqli ot olmoshga
o‗xshab ketadi.
Atoqli otning aksariyati turdosh ot va boshqa turkum so‗zi asosida
vujudga kelgan. Turdosh otdan:
Javohir, Marvarid, Asal, Po„lat,
Rayhon, Anor
; fe‘ldan:
Sotiboldi, O„lmas, Itolmas, Turdi
; sifatdan:
Shirin, Buyuk, Aziz, Ulug„, Nodir;
sondan:
Beshim, Yetmishboy,
Saksonboy, To„qsonboy
kabi.
Bir jinsdagi predmetlarning umumiy nomini bildiruvchi ot
turdosh ot
deyiladi. Ular ot turkumining asosiy qismini tashkil etadi:
tog„, qishloq, mashina, sevgi, muhabbat
. Turdosh otda predmetlik va
belgilik xususiyati yaxlitlashgan holda mavjud bo‗ladi. Chunki har
qanday narsa – belgi-xususiyat majmui.
Atoqli va turdosh ot nafaqat lug‗aviy semantikasi, balki
grammatik xususiyati bilan ham farqlanadi. Masalan, atoqli ot, asosan,
birlik sonda qo‗llanadi. Кo‗plik son shaklida butunlay boshqa ma‘no
bo‗yog‗iga ega bo‗ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |