2. Leksik va talaffuz me’yorlarining o‘ziga xos tomonlari.
O‘zbek adabiy tilida, asosan,quyidagi me’yorlar farqlanadi: 1)leksik (so‘z qo‘llash) me’yorlar; 2)talaffuz (orfoepik)me’yorlari; 3)so‘z yasalish me’yorlari; 4) morfologik me’yorlar; 5) sintaktik me’yorlar; 6)uslubiy me’yorlar. Tabiiyki, adabiy tilning yozma shaklida imlo (orfografik ) va tinish belgilari (punktuatsion) me’yorlari ham mavjud bo‘ladi. Bu me’yorlar mutaxassislar tomonidan til qonuniyatlari, shuningdek, tarixiy an’analarga suyangan holda aniq qoidalar shaklida tayyorlanadi va tegishli davlat va tashkilot tarafidan tasdiqlanadi. O‘zbek tili dunyodagi qadimiy va rivojlangan tillardan biri sifatida benihoya boy leksik xazinaga ega. Bu xazinadagi so‘zlarning ba’zilari eng qadimgi davrlardan beri yashab kelayotgan bo‘lsa, ba’zilari nisbatan keyinroq paydo bo‘lgan, yana ayrimlarining ma’no miqdori ortgan, boshqalarida esa bu miqdor kamaygan. Jamiyatning moddiy va ma’naviy hayotida yuz bergan tarixiy o‘zgarishlar tilning, eng avvalo, lug‘at boyligida o‘z aksini topadi. SHuning uchun ham leksik me’yorlar boshqa meyorlarga qaraganda anchayin harakatchan bo‘ladi. Buning
Aytish lozimki, leksik me’yor lug‘atlarda, xususan, izohli lug‘atlarda o‘z aksini topadi, zotan, izohli lug‘atlarga birinchi navbatda adabiy til leksikasi kiradi. To‘g‘ri, adabiy me’yordan tashqaridagi so‘zlarning ma’lum qismi ham izohli lug‘atdan o‘rin oladi, ammo ular "esk."(eskirgan), "s.t." (so‘zlashuv tili), "dial."(dialektal), "folk."(folklor), "tar."(tarixiy) kabi izohlar bilan beriladi. "O‘zbek tilining izohli lug‘ati" (2 tomlik. Moskva, 1981.)da "Mazkur lug‘at hozirgi o‘zbek adabiy tilining normativ lug‘atidir. SHunga ko‘ra lug‘atga, xususan, hozirgi zamon o‘zbek tilida keng iste’molda bo‘lgan so‘z va frazeologik iboralar kiritilgan" deb ta’kidlangan. Aytish joizki, bugun mazkur lug‘atdagi anchagina so‘zlar hozirgi adabiy tilimiz me’yorlaridan chikdi, bir qancha so‘zlar me’yorga kirdi. SHuning uchun yangi 5 jildli "O‘zbek tilining izohli lug‘ati" tayyorlandi va nashr etildi (Toshkent: "O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi"Davlat ilmiy nashriyoti, 2006-2008). Tilning leksik me’yorlarini belgilashda o‘z va boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlarga munosabat masalasi o‘rtaga chiqadi. Dunyo mamlakatlarining ko‘pchiligida vaqti-vaqti bilan bu borada tilga puristik yondashuv ko‘zga tashlanadi.Aslida purizm (lotincha — purus "toza, sof") tilning tozaligini saqlashga urinish ma’nosida ijobiy hodisa. Ammo tildagi har qanday o‘zlashmalarga keskin qarshi, o‘ta konservativ bir harakat o‘laroq, salbiy harakat deb baholanadi.
CHindan ham, o‘tgan asrning 20-yillarida o‘zbek tiliga Evropa tillaridan kirgan juda ko‘plab so‘zlarni arab-fors so‘zlari yoki yangi yasalmalar bilan almashtirishga zo‘r berilgan. Masalan: partiya — firqa, matematika — riyoziyot, astronomiya — falakiyot, vodorod — muvalidulalma’ — suvtug‘dirg‘ich, kislorod — muvalidulhamuza — achchil, uglerod — homzi korbun — ko‘mirchil va h.k. Lekin bu harakatlar mohiyatan sun’iy bo‘lganligi, o‘zbek tili tabiatiga muvofiq bo‘lmaganligi uchun natija bermadi, mazkur almashtirilgan so‘zlar leksik me’yor sifatida tilda muqimlasha olmadi.
O‘zbekistonning mustaqilligiarafasidava mustaqillikning dastlabki yillarida ham o‘zbek tilidagi evropacha o‘zlashmalarni tildan chiqarishga qaratilgan xilma-xil fikrlar, tavsiyalar o‘rtaga tashlandi. Bu tavsiyalarning aksariyati ilmiy-ijtimoiy asosga ega emasdi, chunki bu fikrlarning mualliflari tilning mohiyati va qonuniyatlaridan bexabar edilar. Masalan, bir yozuvchi hatto tovar so‘zi o‘zbek tiliga yot, uni iste’moldan chiqarish kerak degan da’vo bilan chiqdi. Holbuki, tovar so‘zi sof turkiy bo‘lib, u rus tiliga turkiy tillardan o‘tgan. Aslida tug‘+ar — tug‘ar (tug‘adigan) 1 — tuvar — to‘var — tovar shaklida paydo bo‘lgan.Mol so‘zining ma’no taraqqiyoti qanday bo‘lsa, tovar so‘ziniki ham aynan shunday. Faqat bu so‘zlarning biri sharqiy turkiy tillarga, ikkinchisi esag‘arbiy turkiy tillarga xosdir. Demak, tovar so‘zi o‘zbek tilining ming yillir aslo‘z so‘zi sifatida yashashga haqli.
SHuni ham aytish kerakki, boshqa tildan so‘z olinganda, bu so‘z talaffuz jihatidan oluvchi tilning tovush qonuniyatlariga muayyan bir darajada moslashtirilmog‘i maqsadga muvofiq. Arab, fors, yapon, turk va ko‘plab boshqa tillarda bu tamoyil an’anaga aylangan. Ana shunday yo‘l tutilganda, o‘zga tilning so‘zi bu tilga tamoman o‘z bo‘lishi va bu til rostmana boyishi mumkin. Aytaylik, iqlim so‘zini bugun hech qaysi o‘zbek boshqa so‘z bilan almashtirish kerak demaydi. Tilimizdagi benihoya ko‘p arabcha so‘zlar qatorida bu so‘z ham o‘zlashib ketgan. Ammo bu so‘z aslida arablarning ham bevosita o‘z "mol"i emas. Uni arablar yunon tilidan olganlar. YUnonlarda klimatos so‘zi bor, u "quyosh nurining erga tushishidagi qiyalik darajasi" degan ma’noni ifodalaydi. Bu so‘zni arablar talaffuzini ham arabchalashtirgan holda(iqlim) o‘zlashtirganlar. YOki yapon tilida sisutemu (sistema), akusento (aksent), purusu (puls; yapon tashda l tovushi yo‘q), ideorogi (ideologiya) kabi bir qancha talaffuzi ham moslashtirilgan o‘zlashmalar mavjud. O‘zbek tilida ilgari rus tilidan o‘zlashtirilgan va aynan talaffuz qilinadigan komitet (fransuzcha comite so‘zidan olingan) so‘zi bor edi. Mustaqillikdan keyin ayni shu fransuzcha so‘zni o‘zbekcha talaffuzga moslashtirib, ko‘mita shaklida olindi va u adabiy leksik me’yorga aylandi.
Tilimizning lug‘at xazinasini boytish va tozaligini ta’minlash, leksik me’yorlarining muntazamligiga erishishda eng ma’qul yo‘l o‘zbek tilining o‘z ichki imkoniyatlariga tayanishdir. O‘zbek tilining o‘z qonuniyatlari asosida yangi so‘zlar yasash, u yoki bu sababga ko‘ra iste’moldan chiqqan qadimgi va eski turkiy so‘zlarni tiklash, tilimizning teran tomirlari bo‘lmish shevalardan so‘z olish maqsadga muvofiq. Masalan,raport so‘zining o‘zbekcha muqobili sifatidabildirgiso‘zi yasaldi va adabiy tildan joy oldi, rayon so‘zi avvalnohiyaso‘zi bilan almashtirildi, ammo leksik me’yor maqomini olmadi. Keyinroq eski o‘zbek tilidagituman so‘zi iste’molga kiritildi, u faol lug‘atimizda o‘z o‘rnini topdi.
Adabiy tilda hozircha mavjud bo‘lmagan, turli sohalarga oid so‘zlarni izlab topishda shevalar tengsiz manbadir. O‘zbekistonning bir hududida dehqonchilik, boshqasida chorvachilik, yana boshqasida baliqchilik rivojlangan, demakki, bu sohalarga oid xilma-xil so‘zlar o‘sha erlarda bor. Taomshunos olim Karim Mahmudov xotiralaridan birida shunday voqeani hikoya qilgan edi: Olim bir taomning tayyorlanish tartibini yozib, zukko so‘z sinchisi Abdulla Qahhorga ko‘rsatadi. Undagi ikra so‘zini ko‘rgan yozuvchi: "Buning o‘zbekchasi yo‘qmi?" deb so‘raydi. Olim: "Baliqning urug‘i" desa bo‘ladi", deydi. So‘zning ichu tashini naqd ko‘ra biladigan adib: "Nima, sizga baliq o‘simlikmi? " deydi achchiqlanib. "Bo‘lmasa, "baliqning tuxumi" bo‘lsin", deb javob beradi olim izlangan bo‘lib, YOzuvchi: "Baliq tovuq emas", deydi va xalkda uni ifodalaydigan alohida so‘z bo‘lishi kerakligini aytadi... Olim safarlaridan birida Xorazmda Qahhor qasd etgan so‘zni eshitadi, u erda uvulduruq deyilarkan. SHu tarzda bu so‘z adabiy tildan joy oladi.
Leksik me’yorlarga huda-behuda aralashaverish, har bir chet so‘zga g‘ashlik bilan qarayverish, o‘rinli-o‘rinsiz chet so‘zni almashtirish payidan bo‘laverish til leksik me’yorlarining barqarorligini buzadi. Bu, albatga, nutqiy muloqot jarayoni uchun ham, nutq madaniyati uchun foydali emas. Ingliz dinshunosi va tarixchisi Jeyms Jorj Frezer bir kitobida shunday bir antiqa odatni tasvirlaydi. Avstraliyadagi hindu qabilalaridan biridagi urfga ko‘ra, biror kishi vafot etsa, uning ismini tilga olish taqiqlanar ekan. Ma’lumki, har qanday kishi ismi ayni zamonda turdosh ot hamdir, ya’ni u muayyan ma’noga ega bo‘lib, hayotdagi biron- bir narsa yoki tushunchani ifoda etadi.Masalan, Po‘lat, Temir, Lola, Arslon kabi kishi ismlari turdosh ot sifatida tegishli narsalarning nomlaridir. Aytaylik, Po‘lat ismli kishi dunyodan ko‘z yumdi, shu kundan boshlab, bu so‘z taqiqqa uchraydi, ya’ni tildan chiqib ketadi. Uning o‘rniga shu ma’no ifodasi uchun yangi so‘z tilga olib kiriladi. Demak, mazkur qabila tilining lug‘at boyligi tinimsiz o‘zgarib turadi. Tabiiyki, bir-ikki yilda mazkur qabilada 100 - 200 odam vafot etsa, o‘z-o‘zidan shuncha so‘z tamoman yangilanadi. "Bu g‘aroyib odat tilning barqarorligigagina putur etkazib qolmasdan, jamiyat hayotining uzluksizligini ham izdan chiqaradi va o‘tmish voqealari solnomasini ham xira va ishonchsiz bir narsaga aylantiradi", —deb ta’kidlanadimazkur kitobda. Tilning so‘z boyligiga nihoyatda ehtiyotkorlik, hushyorlik, ziyraklik bilan munosabatda bo‘lish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |