Tijorat banklarining noa‘nanaviyoperatsiyalari
ozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklari mijozlarning moliyaviy xizmatlarga bo‗lgan ehtiyojlarini qondirish va foyda manbasini oshirish maqsadida qator noa‘nanaviy operatsiyalarni bajaradi. Bunday operatsiyalar sirasiga
B faktoring, kredit – ijara (lizing), kontokorrent (overdraft),
forfeyting, trast kabi operatsiyalarni kiritish mumkin.
Faktoring operatsiyalari
Faktoring operatsiyalarida banklar tovar sotib oluvchining qarz hujjatlarini sotib oladi, unda asosan uchta tomon ishtirok etadi.
Birinchisi, faktor – vositachi, bankning faktoring operatsiyalarini bajaruvchi bo‗limi. Odatda, rivojlangan mamlakatlar tajribasida faktoring operatsiyalarini amalga oshirishga ixtisoslashgan faktoring kompaniyalari tashkil etish amaliyoti ham mavjud.
Ikkinchisi, mijoz (tovar sotuvchi yoki xizmat ko‗rsatuvchi), faktor – vositachi bilan kontrakt tuzuvchi sanoat yoki savdo firmasi.
Uchinchisi, tovar sotib oluvchi.
Mijoz sotilgan tovar yoki ko‗rsatilgan xizmatlar uchun olinishi lozim bo‗lgan pulmablag‗initalabqiluvchihujjatlarasosida―faktor– vositachi‖bilanfaktoring operatsiyasi bo‗yicha shartnoma tuzadi. Faktor – vositachi imzolangan faktoring shartnomasi asosida, ma‘lum komission to‗lov hisobiga mijozga sotilgan tovar yoki ko‗rsatilgan xizmatlarga to‗lovni amalga oshiradi. Soddaroq qilib aytganda, faktor–vositachimijozdantovarsotiboluvchigamablag‗larnito‗lashbilanbog‗liq to‗lovhujjatlarni komission to‗lov asosida―sotiboladi‖.
Faktor – vositachi mijoz bilan faktoring operatsiyasini imzolayotganda tovar sotib oluvchining moliyaviy holatini oqilona baholashi juda muhim hisoblanadi. Agar sotib oluvchining moliyaviy holati yomonlashib, faktoring operatsiyasi
bo‗yicha faktor – vositachi tomonidan mijozga to‗lagan summani to‗lay olmasa,
ushbu zarar faktor – vositachining gardaniga tushadi.
Iqtisodiyotda faktoring operatsiyalarni vujudga kelishining asosiy omillari sifatida quyidagilarni ta‘kidlash mumkin:
sotib oluvchi korxona va tashkilotlar olingan tovar yoki ko‗rsatilgan xizmatlarga to‗lashi lozim bo‗lgan mablag‗larni o‗z vaqtida to‗lash imkoniyatlarining mavjud emasligi. Bu qator ijtimoiy – iqtisodiy oqibatlar tufayli vujudgakeladi;
tovar sotuvchi yoki xizmat ko‗rsatuvchi mijozning ishlab chiqarish jarayonini doimiy ravishda davom ettirib turishi uchun moliyaviy mablag‗larga bo‗lgan ehtiyojini ta‘minlashningzarurligi;
banklarning moliyaviy mablag‗lardan samarali foydalanish hisobiga
qo‗shimcha foydani shakllantirishga bo‗lgan ehtiyojining mavjudligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |