Jamiyatning dastlabki davrlarida to‗lov vositasi sifatida foydalanilgan pullar buyum yoki natural ko‗rinishida bo‗lgan. Natural pullar – bu real ko‗rinishga ega bo‗lgantovarlardir,ushbupullarningqiymatitovarningo‗zidaaksettirilganbo‗lib, ularning sotib olish qobiliyati tovarlar qiymati bilan ifodalangan. Ma‘lum bir tovarning pul o‗rnida foydalanishda uning iste‘mol qiymati muhim ahamiyat kasb etgan.
Natural shakldagi pullarni uchta guruhga ajratgan holda tasniflash mumkin.
Hayvonlarshaklida.Ushbupultarkibigatirikhayvonlarvaulardan
tayyorlangan buyumlar kiradi. Masalan, qo‗y, buqa, jun, suyak va boshqalar.
Buyum shaklida. Bu shakldagi pullar tarkibiga foydali qazilmalar va metallar hamda ulardan yasalgan mehnat qurollarini keltirish mumkin. Masalan, qimmatbaho toshlar va metallar, tuz vaboshqalar.
O‗simlik shaklida. Bularning tarkibiga turli o‗simliklar va ularning mevalari kiradi. Masalan, bug‗doy, mevalar, tamaki vaboshqalar.
Naturalpullarningpaydobo‗lishivaulardanfoydalanishtarixijudachuqurva qiziqarlidir. Odamlar dastlab yovvoyi holda yashagan davrda barcha kishilar topgani o‗rtada bo‗lgan, birgalikda iste‘mol qilgan, keyinchalik bir urug‗ga mansubkishilarqabila–qabilabo‗libyashayboshlagan.Qabilaichidaodamlarbir
biriga yordam berishi, oziq – ovqatlarni baham ko‗rishi kerak bo‗lgan. Bu beg‗araz tartibda amalga oshirilib, buning o‗rniga ular bir – biridan hech narsa umid qilmagan, hamma narsa o‗rtadabo‗lgan.
Keyinchalik ibtidoiy urug‗chlikning rivojlanishi natijasida turli qabila qatlamlari vujudga kelgan. Vaqti – vaqti bilan ular o‗rtasida dahshatli qonli to‗qnashuvlar bo‗lib turgan. Ushbu to‗qnashuvlar natijasida bir qabila ikkinchisi ustidan g‗alaba qozongandan keyin, ularning barcha narsalarini talon taroj qilgan. SHu bois, ayrim qabilalar tinchlikni saqlash maqsadida kuchli qabilalarga narsalar, asosan iste‘mol qilinadigan narsalarni bergan. Aynan shu jarayon ham kishilar o‗rtasida bir tomonlama ayirboshalash munosabatlarini vujudga kelishining asosiy sabablaridan birihisoblanadi.
Tosh asri davrida kishilar erlarni o‗zlashtirib ekin eka boshlagan, keyinchalik dehqonchilikdan chorvachilik ajralib chiqqan. Dastlab yaratilgan narsalar barchasi bir yo‗la iste‘mol qilingan bo‗lsa, endi ma‘lummiqdorda zaxiralar qilina boshlagan. Zaxira qilindimi, u erda ortiqchalik vujudga kelgan. Ortiqcha narsalar esa unga egalik qiluvchi tomonidan erkin ravishda tasarruf qilingan. Buning natijasida ayirboshlash jarayoni jonlana boshlagan. SHuningdek, keyinchalik hunarmandchilik vujudga kelgan, bularning barchasi kishilar o‗rtasidagi bir tomonlama ayirboshlashdan ikki tomonlama ayirboshlash zaruriyatini keltirib chiqargan.
Odamlar o‗rtasida dastlab ayirboshlash vositasi sifatida juda keng tarqalgani mehnat qurollari hisoblanadi, 1 – rasmga qarang. Mehnat qurollariga dehqonda, chorvadorda yoki hunarmandda juda katta ehtiyoj mavjud bo‗lib, ular o‗z mahsulotlarini iloji boricha mehnat qurollariga ayirboshlashga intilar edi. Mehnat qurollari eng qadimiy tovar – pullar hisoblanadi.
Masalan, tosh asrida Evropada eng ko‗p tarqarlgan ayirboshlash vositasi kremnivie boltalar hisoblangan. Manbalarga ko‗ra ular juda yirik bo‗lib, ayrimlarini og‗irligi 40 kgni tashkil etgan. Evropada kremnivie boltalar juda keng tarqalganbo‗lib, unga ega bo‗lgan kishilar juda boy va mavqie yuqori hisoblangan32.
32Деньги мира. Ред.группа: О.Елисеева, Т.Евсеева и др. –М.: Мир энциклопедий Аванта+, Астрель,
2009. – 184 с.: ил. –(Самые красивые и знаменитые). –С. 14.
Agar Evropada bolta juda keng tarqalgan to‗lov vositasi hisoblansa, Russiyada iste‘mol mollari ayirboshlash vositasi sifatida juda keng tarqalgan. Masalan,iste‘moltovarlarichidabuqalarasosiyto‗lovvositasisifatidatanolingan. Barcha narsaning qiymati, hatto erlar ham buqalar bilano‗lchangan.
Manbalarga ko‗ra, Xitoyning Xuanxe provinsiyasida odamlar chorvachilik bilan shug‗ullangani bois, bundan 4 ming yil oldin Xitoyda natural pullar sifatida buqalar, mayda to‗lov vositasi sifatida qo‗ylar xizmat qilgan. Dehqonchilikning rivojlanishinatijasidabug‗doyo‗lchovbiriligivositasidafoydalanilgan.Bug‗doyni uzoq saqlash imkoniyati bo‗lmaganligi, u ma‘lum muddat o‗tgandan so‗ng buzilishi mumkinligi uchun kauralarning chig‗onoqlari, tosh bolta va shu kabi boshqa narsalardan pul vositasida foydalanilgan, 2 – rasmgaqarang.
Qadimda natural pullar turli ko‗rinishda bo‗lib, (2 – rasmga qarang) ulardan
to‗lov vositasi sifatida foydalanishga qator omillar ta‘sir qilgan. Xususan:
odamlarning kunlik ehtiyoji uchun juda zarur bo‗lganbuyumlar;
mamlakatning tabiiy iqlimi va geografikjoylashuvi;
kamyob buyumlar va ularni etishtirishning murakkablikdarajasi;
uzoqroq muddat davomida saqlash imkoniyatiningmavjudligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |