O‗zbekiston respublikasi



Download 3,13 Mb.
bet113/219
Sana01.06.2022
Hajmi3,13 Mb.
#624626
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   219
Bog'liq
Pul va banklar MAVZULAR

Kreditningfunksiyalari.


Kreditning mohiyati uning funksiyalarida yanayam yaqqolroq namoyon bo‗ladi. Kreditning funksiyalari turli iqtisodiy adabiyotlarda turlicha va miqdorda keltiriladi.
Ayrim adabiyotlarda iqtisodchi–olimlar kreditning funksiyalarini beshta ekanligigini ta‘kidlashsa107, ayrimlarida uning funksiyalari ikkitadan iboratligiga da‘vogarlik qiladi108.
Iqtisodchi – olimlarning kredit funksiyalari haqidagi fikrlariga, shuningdek, kreditning tovar–pul munosabatlari va ijtimoiy– iqtisodiy jarayonlardagi ishtirokiga tayangan holda, uning qayta taqsimlash (1), muomala jarayonini tezlashtirish (2), pullarni muomalaga chiqarish va naqdlashtirish (3) hamda pul kapitalini jamg‗arish va markazlashuvini jadallashtirish (4) funksiyalarini bajarishini ta‘kidlashmumkin.
Kreditning funksiyalari ichidaqayta taqsimlash funksiyasi asosiy funksiyalardan biri hisoblanadi. Kredit ushbu funksiyasi orqali jismoniy va yuridik shaxslarining taqsimlangan daromadlarining vaqtinchalik foydalanilmagan qismini tegishli fondlarga jalb qiladi. Jalb qilingan mablag‗lar iqtisodiyotning qo‗shimcha resurslarga ehtiyoji mavjud tarmoqlariga qaytataqsimlanadi.
Kredit ushbu funksiyasi orqali vaqtinchalik bo‗sh pul mablag‗larining sohiblarigaqo‗shimchadaromadolishimkoniyatiniyaratsa,kreditorgaqo‗shimcha mablag‗larga ehtiyoji mavjud shaxslarga tegishli foizlar berish asosida daromad olishga, kredit oluvchilarga esa ishlab chiqarish jarayonini uzluksizligini ta‘minlash natijasida qo‗shimcha qiymat yaratish imkoniyatiniyaratadi.
Demak, kreditning qayta taqsimlash funksiyasi orqali ssuda kapitali iqtisodiyotning tarmoqlari o‗rtasida, qaytarishlik asosida joylashtiriladi, bu kredit munosabatlarida bevosita ishtirok etayotgan tomonlarning iqtisodiy manfaatdorligini ta‘minlash bilan birga, vaqtinchalik bo‗sh pul mablag‗larini kreditor ixtiyoriga yo‗naltirgan shaxslarga tegishli daromad olishiga xizmat qiladi.
Kreditning qayta taqsimlash funksiyasini amal qilishida pulning jamg‗arma funksiyasining bevosita va bilvosita ta‘siri mavjud. Ushbu masalaga klassik va neoklassik maktab vakillari alohida e‘tibor qaratishgan. Xususan, A.Marshall
«odamlar sotib olish imkoniyatiga ega bo‗lishiga qaramasdan, ular uni (pulni) ishlatmasliklari mumkin», deydi. Ko‗rinib turibdiki, ushbu e‘tirof Sey qonunini to‗lig‗icha inkor etmaydi. Aksincha, neoklassik – iqtisodchilar shunday to‗xtamga kelishdiki, Sey qonuni bir shart bilan bajariladi, bu vaqtda faqat jamg‗arma (S) investitsiya (I) ko‗rinishini oladi. Ularning ta‘kidlashicha, bu vaqtda kapital bozoridagi talab va taklifning muvozanati foiz stavkasining barqarorligi hisobiga yuz beradi. Agar jamg‗arma (kapitalning taklifi) hajmi mo‗ljallangan investitsiya qilish hajmidan kam bo‗lsa, natijada foiz stavkasi oshadi, buning oqibatida investitsiyaga bo‗lgan talab kamayadi, jamg‗armaga nisbatan taklif esa ortadi.109 Ushbu holat o‗rtasidagi o‗zaro muvozanat jamg‗arma va kreditning foiz stavkasi asosida tartibga solinadi.
Agar klassik maktab vakillari investitsiya va jamg‗armaning hajmiga foiz stavkasining ta‘sirini asosiy omil qilib ko‗rsatsalar, keynschilar esa uning hajmiga




107АбдуллаеваШ.З.Пул,кредитвабанклар.–Т.:―Иқтисод–молия‖,2007,168–170бб.
108 Деньги, кредит, банки: учебник/кол. авт.: под ред.засл.деят. науки РФ, д.э.н. проф. О.И.Лавшурина. – 5 – е изд., стер. –М.: КНОРУС, 2007. –С. 251 – 252.
109 Ядгаров Я.С. История экономических учений. –М.: ИНФРА – М, 2001, – С.313.
uy xo‗jaligi a‘zolari tomonidan olayotgan daromadlar miqdori ta‘sir qiladi, deb ta‘kidlaydilar. Albatta, bu jarayon kreditning qayta taqsimlash funksiyasiga bilvosita ta‘siri mavjud.
Kreditningmuomala jarayonini tezlashtirishfunksiyasi mamlakat pul muomalasi, pul massasi, pulning aylanish tezligiga bevosita ta‘sir qiladi. Bu jamiyatdagivaqtinchalikbo‗shpulmablag‗larinitegishlifondlargajalbetishorqali ularni pul aylanmasigakiritadi.
Ma‘lumki, mamlakat pul massasining tovar massasiga nisbatning ta‘minlanishimilliyvalyutaningbarqarorligivasotibolishqobiliyatigaijobiyta‘sir ko‗rsatadi. Bu jarayonda kredit mamlakat pul massasining umumiy hajmini oshirmagan holda iqtisodiyot tarmoqlarining qo‗shimcha mablag‗larga bo‗lgan ehtiyojnita‘minlaydi.
Odatda berilayotgan kreditlar asosan moliya muassasalari orqali bir hisobvaraqdan ikkinchi hisobvaraqlarga o‗tkaziladi. Bu o‗z navbatida muomaladagi pullarning aylanish tezligiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi.
Kredit paydo bo‗lishi bilan birga, kredit pullarining oddiy shakli bo‗lgan veksellarni paydo bo‗lishiga sabab bo‗ldi. Albatta, veksellar xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarningvaqtinchalikpulmablag‗laribilanbog‗liqmuammolarnihaletishda, kredit munosabatlari yordamida muhim moliyaviy qurol sifatida maydonga chiqadi.
Kreditning pullarni muomalaga chiqarish va ularni naqdlashtirish funksiyasi asosan Markaziy bankning qayta moliyalash siyosati orqali amalga oshiriladi. Ma‘lumki, Markaziy bank muomaladagi pul massasini tartibga solish maqsadida qayta moliyalash stavkalari asosida tijorat banklariga kreditlar beradi, berilgan kreditlar iqtisodiyotdagi pul massasini oshirish bilan birga, Markaziy bank tomonidan kreditlar ko‗rinishida muomalaga chiqarilgan naqdsiz pullarni u yoki bu yo‗l bilannaqdlashtiradi.
Kreditpulkapitalinijamg‗arishvamarkazlashuvinijadallashtirishfunksiyasi yordamida yirik ssuda kapitalini tegishli fondlarda jamg‗aradi. Jamg‗armalar yordamida mamlakatlar, hududlar, mintaqalar, qit‘alar yoki ayrim kompaniyalarda mablag‗larning markazlashuvi ro‗y beradi. Kredit mablag‗larining markazlashuvi hududning iqtisodiyoti va moliya – kredit tizimi rivojlangan joylarda yuzberadi.



    1. Download 3,13 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish