O„zbekiston respublikasi


Mamlakat iqtisodiyoti modelini tuzilishiga asoslangan moliya bozori



Download 0,62 Mb.
bet28/108
Sana26.04.2022
Hajmi0,62 Mb.
#583092
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   108
Bog'liq
ARM Alladustov R.D. Moliya bozori va birja ishi. O\'-q 2019

Mamlakat iqtisodiyoti modelini tuzilishiga asoslangan moliya bozori


modellari
Markazlashgan (direktiv) iqtisodiyotga hos moliya bozori modeli. Direktiv iqtisodiyot pul oqimlari va xalqaro kapitallar bozorlariga integratsiyalashuvi nuqtai nazaridan yopiq hisoblanadi. Misol tariqasida sobiq Sovet Ittifoqini keltirish mumkin. Bunday iqtisodiyotning asosiy shiorlari markazlashtirishga qaratilgan bo‗lib quyidagilarni anglatadi: ―moliyaviy barqarorlashtirish‖, ―pul resurslarini konvertatsiyalash‖, ―spekulyatsiyani yo‗q qilish‖, ―inqirozga yuz tutgan tarmoqlarni davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlash‖, ―pul oqimlarini optimallashtirish‖, ―yagona partiyaning hukmronligi va yo‗lboshchiligi‖. Bulardan asosiy maqsad – davlatga tegishli ―bo‗yruqbozlik direktiv cho‗qqilarni‖ kuchaytirishdan iborat. Natijada, markazlashgan iqtisodiyotda davlat mulki, markazlashgan tarzda ho‗jalik qarorlarini qabul qilish, monobank tizimi hukmron bo‗ladi. Monobank tizimida barcha pul resurslari va moliya-kredit munosabatlar davlatlash-tiriladi. Umuman olgan markazlashgan direktiv iqtisodiyotda erkin ―moliya bozori‖ bo‗lmaydi, chunki uni keragi bo‗lmaydi. Lekin shunga qaramasdan davlatning nobozor obligatsiyalari (uzoq muddatli, belgilangan narxli, foizli, yutuqli) davlat harajatlari maqsadlarida muomalaga chiqarilgani bilan, obligatsiyalar bozori to‗g‗risida gapirish mumkin emas.
Iqtisodiy o‗sish pul mablag‗larini markazlashgan tarzda davlat manfaati uchun qayta taqsimlash, budjet investitsiyalarini taqsimlash, rejali pul emissiyasi va inflyatsiya evaziga belgilanadi. Barchasi davlatga tegishli bo‗lgan iqtisodiyot subyektlarining ortiqcha pul mablag‗lari budjet harajatlarini qoplashga yo‗naltiriladi.
Fudamentalistik (diniy) iqtisodiyotga hos moliya bozori modeli. Bunday iqtisodiyotning yorqin namoyondasi Eron Islom Davlati hisoblanadi (Shu tufayli u haqda gap yuritamiz). Bu davlat Islom dini ideolo-giyasiga asoslangan rivojlanishning alohida milliy yo‗liga qaratilgan bo‗lib, jahon bozori va industrial mamlakatlardan ajralgan holda moliya bozori modelini shakllantirgan va rivojlantirib kelmoqda. Uning iqtisodiyoti yopiq hisoblanadi.
Bunday iqtisodiyotning moliya sohasida budjet va Markaziy bankning roli gipertrofirlashgan, ustuvor tarmoqlarni dotatsion kreditlash va budjet tomonidan moliyalashtirish hukmronlik qiladi, foiz stavklarini subsidiyalash, kredit resurslarini markazlashgan tarzda taqsimlash, muammoli aktivlar va inflyatsiyani o‗sishi kabi holatlar hukmronlik qiladi. Natijada moliya bozori bank kreditlari tomonidan ezilib siqib chiqaril-gan, unda mayda chakana investorlar yo‗q. Umuman olganda moliya bozori infratuzilmasi rivojlanmagan, hududiy sektorlarga bo‗lingan, kapitaliza-tsiya darajasi past, risklar darajasi baland, moliya-bank tizimi past darajada rivojlangan. Diniy e‘tiqod va yopiq iqtisod bo‗lganligi sababli obligatsiya, valyuta va derivativlar bozorlari yo‗q. Aksiyalar bozorida asosan hukumat agenlari hisoblangan institutsional investorlar yoki davlat banklari faoliyat yuritadi.
Liberal iqtisodiyotga hos moliya bozori modeli. Ma‘lumki, liberal iqtisodiyot ijtimoiy va iqtisodiy hayotga davlatning cheklangan aralashuvi, bozor munosabatlari sohasini kengligi, davlat mulkini qisqarishi, bozorlarni raqobat uchun ochiqligi, bozor faoliyatiga turli cheklashlarni kamligi, narx-navo va foiz stavkalari ustidan administrativ nazoratni kuchsizligi, bojxona bojlarini pastligi, markazlashgan dotatsiyalash sohasi va subsidiyalanadigan kreditlarni qisqarishi va h.k. bilan xarakterlanadi. Liberal iqtisodiyot moliya bozorining turli model-larida mavjud (anglo-saksonsk, germano-frantsuz, yapon, shved, fin, ispan va h.k.) bo‗lib, ularda davlatning roli, mulkchilik tizimi tuzilmasi, real sektorni moliyalash-tirish va
hakazolar farqlanadi. Bunday sharoitlarda industrial mamlakat-larning moliya bozorlari ochiqligi, yuqori darajada rivojlanganligi, globalligi bilan xarakterlanadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarning moliya bozorlari esa rivojlanishning tez sur‘atlariga erishgan bo‗lsalarda, rivojlangan mamlakatlarning bozorlariga ochiqligi va globalligi bo‗yicha nisbatan pastroq pog‗onada turadilar. Bunga sabab, rivojlanayotgan mamla-katlarning yuqorida ko‗rsatilgan rivojlanishi hususiyatlari va sharoitlaridir.
Ko„pukladli iqtisodiyotga hos moliya bozori modeli. Har qanday mamlakat iqtisodiyotida yuqorida keltirilgan modellarning elementlari (unsurlari) mavjud bo‗lib, ular moliya bozorining roli va funksiyalarini ma‘lum darajada cheklashi yoki kengaytirishi mumkin. Masala shundaki, qanday model qaysi mamlakatda ustuvorlik qiladi.
Iqtisodiyotning ko‗pukladliligi ayniqsa o‗tish iqtisodiyotiga mansub mamlakatlarda (masalan, Markaziy va sharqiy Yevropa va MDH mamlakat-larida, Mongoliya, Xitoy va jumladan O‗zbekistonda) namoyon bo‗lgan. Bu mamlakatlarning iqtisodiyotlari va moliya bozorlari modellarini o‗tish davri sharoitlarida bir hil bo‗lishi mumkin emasligi aniq. Iqtisodiy modellari eklektikdir. Bunga sabab, ularda o‗tish davri bilan bog‗liq ko‗p muammolar hanuzgacha mavjudligi. Masalan, mulkchilik tuzilmasini shakl-lanishi, siyosiy va ideologik o‗zgarishlarni nihoyasiga etmaganligi, ichki bozorni ochilishida tashqi raqobatning kuchliligi, bozorni yuqori volatil-ligi va h.k. Unda dominantlar kam namoyon bo‗lgan, protektsionizm va davlatning roli kuchli, direktivlilikdan ochiq bozor iqtisodiyotiga o‗tish jarayoni siklik (davriy) xarakterga ega. Bu jarayonda fundamentalistik va shovinistik g‗oyalarga og‗ishlar, alohida milliy tus berilgan rivojlanish yo‗lini targ‗ibot qilish, alohidalik kabi risklar va holatlar mavjud bo‗ladi. Iqtisodiyotning ko‗pukladliligi moliya bozoriga keskish ta‘sir ko‗rsatadi.
Rivojlanayotgan va o„tish iqtisodiyotiga mansub mamlakatlarga hos moliya bozorining gibrid (aralash tuzilmali) modellari. Bunday modellarda asosan ko‗pukladli iqtisodiyotga hos muammolar mavjud bo‗ladi. Iqtisod-chilar bu muammolarni paydo bo‗lishini ushbu mamlakatlarda turlicha olib borilayotgan
iqtisodiy islohatlar natijalari va ularga ta‘sir etuvchi ko‗pgina omillar bilan bog‗laydilar. Muammolarning ichida sezilarlisi – aksiyadorlik kapitalida mulkchilik tuzilmasini shakllanishi jarayoni hisoblanadi. Bu jarayonda aksiyalarning katta paketi asosan davlat, xorijiy strategik investorlar, kompaniya mehnat jamoasi, affilior shaxslari va administratsiyasida mujassamlashib qoladi. Natijada kompaniyaning korporativ boshqaruv mexanizmi, investitsion va emission siyosatlari samarasizlashadi, moliya bozorida esa ko‗proq moliyalashtirishning qarz usulini ulush kiritish usulidan ustunligi ustuvor xarakterga ega bo‗ladi, aksiyalar bozori sust rivojlanadi.
Markaziy va sharqiy Yevropa mamlakatlining ko‗pchiligida moliya bozori kontinental modelga moslashgan bo‗lib, ularda asosan banklar katta rol o‗ynaydi. Boshqalarida esa anglo-sakson va kontinental modellarning elementlari aralash mavjud.
Moliya bozorining aralash modelini 55-dan ortiq mamlakatda kuzatish mumkin: Isroil, Iordaniya, Xitoy, Koreya, Livan, Oman, Tayvan, Namibiya, Bolgariya, Vengriya, Latviya, Litva, PolSha, Slovakiya, Sloveniya, Turkiya, Xorvatiya, Chexiya, Estoniya, sobiq Yugoslaviya davlatlari, Boliviya, Kayman Orollari, Urugvay, Chili, Ozerbayjon, Armaniston, Belarussiya, Ukraina, Kazog‗iston, O‗zbekiston kabilar.
Xorijiy banklarning sho‗ba kompaniyalari ishtirok etuvchi aralash brokerlik bozorlarga 12 mamlakatni kiritish mumkin: Xindiston, Pokiston, Tailand, Filippin, JAR, Gretsiya, Ruminiya, Argentina, Braziliya, Venesuela, Meksika, Peru.
Xorijiy banklarning sho‗ba kompaniyalari ishtirok etmaydigan aralash brokerlik bozorlarga 15 mamlakatni kiritish mumkin: Quvayt, Baxreyn, Malayziya, Mongoliya, shri-Lanka, Botsvana, Gana, Kipr, Makedoniya, Bermud Orollari, Kolumbiya, Salvador, Ekvador, Yamayka.

    1. Download 0,62 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish