Moliya bozorining iqtisodiyotdagi ahamiyati va o‘rni
Moliya bozorining bozor munosabatlari tizimidagi ahamiyati uni tomonidan quyidagi qulay sharoitlarni ta‘minlanishi bilan bog‗liq asosiy vazifalari asosida belgilanadi:
iqtisodiyotning real sektoriga investitsion moliya resurslarni samarali jalb qilinishi;
kapitalni samarasiz tarmoqdan samaralisiga qayta taqsimlanishi;
davlat budjetiga xizmat ko‗rsatishi, uning kamomatini (defitsitini) qoplash uchun pul mablag‗larini samarali jalb qilinishi;
iqtisodiyotning holatini aniq bozor indikatorlari yordamida baholanishi;
inflyatsiya sur‘atlari (templari) va valyuta kurslari o‗zgarishiga operativ ta‘sir ko‗rsatilishi;
davlatning kredit-pul va budjet-soliq siyosatini obyektiv va mutanosiblikda olib borilishi;
mulkka egalik huquqini ishlab chiqarish vositalariga qayta taqsimlanishi;
jahon globallashuvi jarayonlariga milliy iqtisodiyotni integrallashuvi.
Moliya bozorining tuzilmasi va qatnashchilari. Birjalar faoliyati.
Moliya bozorining mazmun-mohiyati va hususiyatlaridan kelib chiqib, uni 1-chi rasmda ko‗rsatilgan model yordamida ifodalash mumkin6. Ushbu model oltita bir-biri bilan uzviy bog‗langan quyidagi unsurlardan iborat: emitent (E), investor (I), professional (malakaviy) qatnashchi (PQ), savdo tizimlari (ST), moliya bozorini tartiblashtiruvchi regulyatorlar, ya‘ni davlat regulyatori (DR), nodavlat regulyatorlar (NR). Bunda regulyatorlar birgalikda moliya bozorini muvozanatiy tartiblashtirish asosida uning barqarorligi va xavfsizligini ta‘minlaydi.
6SH.Shohazamiy Moliyaviy bozorlar va birja ishi 2011-yil.
Nodavlat regulyatori sifatida odatda o‗zini o‗zi muvofiqlashtiruvchi notijorat institutlar tushuniladi. Ushbu modelda moliya bozori qatnashchilarining (unsurlarining) bir-biridan farqli maqsadlari, vazifalari va faoliyat hususiyatlari asosida quyidagilarni ifodalash mumkin.
Unsurlarni shartli ravishda to‗rt guruhga: savdo qatnashchilari, savdoni tashkillashiruvchilar, regulyatorlar va informatsion (reyting) agentliklarga ajratish mumkin. Birinchi guruhga emitentlar (moliyaviy instrumentlarni taklif qiluvchilar, sotuvchilar), investorlar (moliyaviy instrumentlarga resurslarini yo‗naltiruvchilar, haridorlar), professional qatnashchilar (investitsiya institutlari bo‗lmish brokerlar, dilerlar, treyderlar, anderrayterlar; banklar; sug‗urta kompaniyalari; fondlar; xoldinglar; moliya-sanoat guruhlari va h.k.) kiradi. Ikkinchi guruhga savdoni tashkillashtiruvchi institutlar (birjalar, elektron savdo tizimlari, chakana savdo
Do'stlaringiz bilan baham: |