Valyuta birjasining ish sxemasi
Savdoda faqat aksiyadorlar va birja a‘zolari qatnashish huquqiga ega. Birjaga valyuta operatsiyalari o‗tkazish litsenziyasiga ega bo‗lgan banklar yoki davlatdan mos keluvchi ruxsatnoma olgan moliya tashkilotlari a‘zo bo‗lishi mumkin. Birjaga a‘zolar qabul haqida qaror Birja kengashi tomonidan qabul qilinadi. Birja a‘zolari 50 ming AQSH dollari miqdorida yoki uning rubldagi ekvivalentida birjaning sug‗urta fondiga badal va bir martalik a‘zolik badali to‗laydilar. Birja a‘zolari quyidagi huquqlarga ega:
birja operatsiyalari o‗tkazishda o‗z nomidan va o‗zining hisobiga, o‗z nomidan va mijozlar hisobiga ishtirok etish;
birja savdosi bo‗yicha hisob-kitoblar tizimidan foydalanish;
direksiya va Birja kengashidan birja a‘zolarining bevosita birja faoliyatiga aloqador qarorlari haqida axborot olish;
Birja kengashiga birja faoliyati masalalari bo‗yicha ko‗rib chiqish uchun takliflar kiritish.
Birja a‘zolarining majburiyatlari:
birja Nizomi qoidalari, birjada valyuta operatsiyalarini o‗tkazish Qoidalari, birjaga a‘zolar qabul qilish Qoidalari, birjada valyuta bitimlari bo‗yicha hisob- kitoblar tartibiga amal qilish;
Birja kengashi va direksiyasining birja savdosi qatnashchilari faoliyatini tartibga solishchi qarorlarini bajarish;
birjada tuzilgan bitimlar bo‗yicha majburiyatlarni o‗z vaqtida bajarish;
yillik faoliyat natijalari haqidagi malumotlar va yillik balansni ochiq matbuotda e‘lon qilish;
birja a‘zolari o‗z dilerlarining faoliyati uchun to‗liq javobgar hisoblanadi.
Birja savdolari yakunlangach, kurs makleri savdo qatnashchilariga birja guvohnomalari va operatsion varaqlar taqdim etadi, undan bo‗lib o‗tgan savdo natijalari qayd etiladi.
Forex bu – nima?
FOREX (Foreign Exchange Market yoki FX) bozori – xalqaro banklararo valyuta bozori. Mazkur bozorning qatnashchilari tijorat banklari, valyuta birjalari, brokerlik kompaniyalari, markaziy banklar, xedj va investitsiya fondlari hisoblanadi. Forex da sutkaning 24 soati mobaynida kundalik 3 trln. AQSH dollari miqdoridagi aylanma bilan valyuta savdosi amalga oshiriladi.
Forex bu – qanday?
Bu savolga javob berishdan oldin ayrim jihatlar va ta‘riflarga to‗xtalib o‗tish lozim. Birinchi navbatda, Forex ga katta foyda keltiradigan yangi biznes sohasi sifatida qaraymiz.
Bugungi kunda, qanchalik qayg‗uli bo‗lmasin, kapitalni jamg‗arish dastlabki davri yakunlangan va an‘anaviy biznesning istalgan sohasida foyda me‘yori asta- sekinlik bilan tenglashada, so‗ngra pasayadi va pirovardida yakuniy xulosaga olib keladi: an‘anaviy biznesda ko‗p pul ishlab topib bo‗lmaydi. Tabiiyki, biz kichik biznes haqida gapiryapmiz, biz realistmiz va pulini ko‗paytirish uchun hech bo‗lmasa unga ega bo‗lish kerakligini tushunamiz.
Forex – tentaksifat boshliqlar va dangasa xodimlarsiz, har doim kimdir tortib olishni istaydigan asosiy vositalarsiz, ko‗p sonli tekshiruvlarsiz, raqobatsiz va yana ko‗p narsalarsiz, nisbatan yangi biznes turidir.
Forex da hamma narsani aql, iroda, tahlil qila olish va qaror qilish qobiliyati hal qiladi. YUqorida aytib o‗tganimizdek, Forex bu – xalqaro banklararo valyuta bozori. Umuman olganda bu bozorda istalgan valyuta juftliklari kotirovka qilinishi mumkin. Aytaylik, masalan, «belorus quyonchasi»/mongol tugrigi juftligi. Xo‗sh, bundan nima?
Forex bozorining boshqa bozorlar oldidagi ko‗p sonli afzalliklaridan biri bu uning likvidligidir (chuqurligi bo‗yicha, moliyaviy ma‘noda, Mariana cho‗kmasidan chuqurroq bo‗ladi). Kotirovka qilish kam, hali sizning tugrik/quyonchalaringizni kimdir va aynan sizni qoniqtiradigan narxda sotib olishi ham kerak. SHuning uchun biz «yonayotgan va qimirlayotgan» narsa bilan emas, balki bozorda kotirovka qilinadigan narsalar bilan shug‗ullanamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |