O„zbekiston respublikasi


«Toshkent» RFB bo„limlarining vazifalari



Download 0,62 Mb.
bet92/108
Sana26.04.2022
Hajmi0,62 Mb.
#583092
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   108
Bog'liq
ARM Alladustov R.D. Moliya bozori va birja ishi. O\'-q 2019

4. «Toshkent» RFB bo„limlarining vazifalari


"Toshkent" Respublika fond birjasi ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilganligi tufayli uni boshqarish organlarining tarkibi o‗ziga xos xususiyatga ega. Aksiyadorlarning umumiy yig‗ilishi boshqaruvning oliy organi hisoblanadi, bu faqat investitsiya muassasalari bo‗lishi mumkin. Aksiyadorlarning umumiy yig‗ilishlari oralig‗idagi davrda birjani boshqarish bilan Kuzatuvchi kengash shug‗ullanadi. Kengashning a‘zolari Aksiyadorlarning umumiy yig‗ilishi tomonidan saylanadi. Birjaning joriy faoliyatini boshqarishni birja a‘zolaridan tarkib topgan Boshqaruv
amalga oshiradi, unga Rais boshchilik qiladi. Boshqaruv faoliyatini tekshiruvchi organ Taftish komissiyasi bo‗lib, uning xulosalarisiz aksiyadorlarning umumiy yig‗ilishi Boshqaruvning yillik hisobotini tasdiqlash huquqiga ega emas.
"Toshkent" RFBning barcha funksional bo‗linmalarini ikki guruhga bo‗lish mumkin. Birinchi guruh – bu oddiy korxonalarga xos bo‗linmalardir. Bunga qo‗yidagilar kiradi: ishlar boshqarmasi, birjaga to‗lanishi lozim bo‗lgan yirimlar va to‗lovlarning o‗z yilida kelib tushishini nazorat qiluvchi hisob–kitob to‗lovining moliya boshqarmasi, huquqiy boshqarma, nashriet xizmati, ommaviy axborot vositalari bilan ishlash xizmati va tashqi aloqalar xizmati bilan axborot boshqarmasi. Mazkur bo‗linmalarning vazifalari barchaga ma‘lum, ya‘ni istalgan boshqa xo‗jalik yurituvchi subyektlarning vazifalari bilan bir xil. Ikkinchi guruh – bu muayyan birja xususiyatlariga ega bo‗lgan faqat fond birjalariga xos bo‗lgan bo‗linmalar. Ularga qo‗yidagilar kiradi:

  1. savdolarni. tayyorlash va o‗tkazish boshqarmasi, u savdolarni tashkil etishga doir amalga oshiriladigan butun chora–tadbirlar majmuasiga – brokerlarni tenglashtirishdan tortib, to ular tomonidan bitimlar tuzish va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish bo‗yicha operatsiyalarning to‗liq tugallanishigacha javob beradi. Unga qo‗yidagilar kiradi:

  2. savdolarni tayyorlash va o‗tkazish xizmati, u savdolarni tayyorlash, tashkil etish va o‗gkazish ishlarining to‗liq jarayonini, ya‘ni brokerlardan qimmatli qog‗ozlar oldi–sotdisiga doir talabnomalarni qabul qilishdan tortib, to maxsus dasturiy–texnik savdo majmuasi yordamida o‗tkaziladigan savdolarga xizmat ko‗rsatish ishlarini amalga oshiradi;

  3. bitimlarni ro‗yxatga olish va rasmiylashtirish xizmati, u birjada tuzilgan bitimlarni ro‗yxatga olish, savdo tadbirlarining yakunlovchi bosqichida ularning rasmiylashtirish ishlarini amalga oshiradi;

  4. -XIFlar dasturiga xizmat ko‗rsatish xizmati, u maxsus kompyuter dasturidan foydalangan holda xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiyalarini XIFlarga sotish bo‗yicha elektron kimoshdi savdolarining o‗tkazilishini tashkil etishning o‗ziga xos vazifalarini amalga oshiradi;

  5. aksiyadorlar, birja a‘zolari bilan o‗zaro hamkorlik qilish va shu‘ba xo‗jalik jamiyatlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, u aksiyadorlar bilan ishlash, birjaga a‘zolikni rasmiylashtirish, brokerlik idoralarini akkreditatsiyalash, ularning pasportlarini yuritish, tashkiliy talablarga rioya etishini nazorat qilish (brokerlarda shaxodatnomalarning mavjudligi, a‘zolik badallarining o‗z yilida to‗lanishi, yil davomida brokerlik joyidan foydalanish), brokerlik joylarining ijara shartnomalarini, birja a‘zolarining tarkibidan chiqishni rasmiylashtirish vazifalarini amalga oshiradi, shuningdek, birjaning mintaqaviy shо‗ba korxonalarining faoliyatini nazorat qiladi;

  6. texnikaviy ta‘minot boshqarmasi birja tizimlari xizmati, agrotexnikadan foydalanish va unga xizmat ko‗rsatish xizmati hamda aloqa xizmatidan tarkib topgan. Birja tizimlari xizmati qimmatli qog‗ozlar bilan savdo qilishning amaldagi tizimining tegishlicha ishlashini ta‘minlaydi, uning faoliyat ko‗rsatishini nazorat qiladi, takomillashuvi ustida ish olib boradi. Birja savdo tizimlarining rivojlanishini birjani faoliyat ko‗rsatishining boshlang‗ich bosqichidan (u yilda savdolar bitta binoda "ovoz orqali" o‗tkazildi (1994–1995y.y.)), oraliq bosqichidan (unda savdolar "ovoz orqali", lekin selektor aloqasi orqali birjaning viloyatlardagi mintaqaviy bo‗linmalarini qo‗shish bilan (1995–1996 y.y.)) boshlab va to hozirgi bosqichgacha (unda savdolarning elektron tizimi mavjud bo‗lib, uning faoliyat ko‗rsatishi zamonaviy asbob–uskuna va aloqa vositalari, shu jumladan, yo‗ldosh aloqasi bilan

jihozlangan yagona savdo majmuasini ta‘minlaydi) ko‗zatish mumkin.
Orgtexnikadan foydalanish va unga xizmat ko‗rsatish xizmati murakkab birja savdo tizimi hamda fond birjasining turli bo‗linmalarida mavjud bo‗lgan kompyuter parkini ta‘minlaydi.
Ekspert–kotirovka xizmati, tahliliy xizmat va metodologiya xizmatini o‗z ichiga olgan ekspert–tahliliy boshqarma tegishli ravishda qimmatli qog‗ozlar narxining birja kotirovkasi, qimmatli qog‗ozlari birja savdolarida kotirovka qilinayotgan yoki kotirovkaga taqdim qilingan emitentlarning moliyaviy–xo‗jalik faoliyatini tahlil qilish; o‗tgan savdolar haqida turli xil hisobotlar va ma‘lumotlarni tayyorlash (birja aylanmalarini viloyatlar, tarmoqlar, uyushmalar, konsernlar,
birlamchi hamda ikkilamchi bozorlar va shu kabilar bo‗yicha guruhlash) bilan bog‗liq ishlar majmuasini amalga oshiradi; yaqin va o‗zoq xorij fond birjalarining ish tajribalarini ham qonuniy, ham texnikaviy nuqtai nazardan, shuningdek, uni mahalliy sharoitlarda qo‗llash imkoniyatlarini tadqiq qilish.
Fond birjasining tarkibiy tuzilmalari qatorida komissiyalar alohida o‗rin tutadi. Ular, odatda, fond birjasining xodimlari – yuqori malakali, tajribali mutaxassislaridan tarkib topadi.
Ekspert–kotirovka komissiyasi qimmatli qog‗ozlarning birja savdolarida kotirovka qshshnishiga ruxsat etilishi imkoniyatlarini aniqlaydi, listing, delisting, relisting va shu kabi tadbirlarni amalga oshiradi.
M a l a k a komissiyasi tegishli imtixonlarni o‗tkazish yo‗li bilan brokerlarga birja savdolarida qatnashish uchun ruxsat berish imkoniyatlarini aniqlaydi.
N i z o l a r bo‗yicha komissiya savdolarni o‗tkazish, bitimlarni ijro etish jarayonida brokerlar o‗rtasida, brokerlar va ularning mijozlari o‗rtasida, mijozlar va birjaning mutaxassislari o‗rtasida yuzaga keladigan bahsli vaziyatlarni hal etish bilan shu g‗ullanadi.
Intizomiy komissiya birja savdosi qoidalari, ustav va birjaning boshqa asosiy hujjatlari bo‗zkunchilarining aybdorlik darajasini aniqlaydi hamda tegishli jazolarni tayinlaydi, jazolarning ijro etilishini nazorat qiladi.
"Toshkent" Respublika fond birjasi respublikaning har bir viloyatida o‗zining shо‗ba bo‗linmasiga ega.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish