O„zbekiston respublikasi


Tijorat banklarining investitsiya muassasalari sifatidagi faoliyati



Download 0,62 Mb.
bet80/108
Sana26.04.2022
Hajmi0,62 Mb.
#583092
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   108
Bog'liq
ARM Alladustov R.D. Moliya bozori va birja ishi. O\'-q 2019

Tijorat banklarining investitsiya muassasalari sifatidagi faoliyati


Bu vazifalar banklarga juda azaldan berilgan va mustaxkamlanib, hozirgi yilda ham saqlanib qolgan. O‗zbekiston fond bozori shakllanishi davri (1991–1994 yillar)da ko‗pgina tijorat banklari ayni mana shu vazifaga katta e‘tibor berishgan. Banklar brokerlik idoralariga ega bo‗lib, ular (mijoz hisobidan va uning topshirig‗i bo‗yicha) fond birjasida hamda birjadan tashqari aksiyalar bozorida dilerlik va brokerlik operatsiyalarini amalga oshirib, buning uchun vositachilik xaqi olishgan. Tijorat banklari uchun korporativ qimmatli qog‗ozlar bilan savdo qilish oddiy kredit berishga nisbatan katta xatar bilan bog‗liqdir. SHu sababli O‗zbekistondagi ko‗pgina tijorat banklari, ayniqsa 1993–1995 yillarda korporativ qimmatli qotozlar bozorida o‗zlarini nixoyatda extiyotlik bilan tugdilar. Lekin 2000-yil boshiga kelib, O‗zbekistondagi banklar ushbu bozorda o‗zlarini ancha dadil his qildilar. 1996-yil
martidan boshlab kredit muassasalari davlat qisqa muddatli obligatsiyalari (DQMO) bilan dilerlik va brokerlik operatsiyalarini amalga oshira boshladilar. Buning ustiga vositachilik xizmatlari ko‗rsatish bozorida banklar umuman olganda anchagana foydali holatda bo‗ldilar, chunki hozirgi yilga qadar ham DQMO bozorida faqat tijorat banklarigagina yo‗l ochiq. Banklarning vositachilik operatsiyalari tarkibida vositachilik xaqi evaziga qimmatli qog‗ozlar bilan bitimlarni ro‗yxatdan o‗tkazish vazifasini alohida ajratish mumkin. Bitim yagona hisob yuritish ro‗yxati (registri)da qayd etiladi va bitim qatnashchilari – bank mijozlari (qimmatli qog‗ozlarni xarid qiluvchi va sotuvchi) ro‗yxatdan utish to‗g‗risida qayd etilgan shartnomani oladilar. Ro‗yxatdan o‗tkazilgan barcha bitimlar to‗g‗risidagi axborotni banklar qimmatli qog‗ozlar bozorini tartibga soluvchi organga davriy ravishda topshirib turadilar.
Agar bank brokerlik operatsiyalarini amalga oshiradigan bo‗lsa, u xar bir mijoz uchun hisobraqam ochishi va mijozning qimmatli qog‗ozlari bilan amalga oshirilgan barcha operatsiyalarga doir ma‘lumotlarni yozib borishi, bunda qimmatli qog‗ozlarning turi, operatsiyalar sanasi, sotilgan va xarid qilingan qimmatli qog‗ozlar ning narxi va sonini ko‗rsatishi shart.
Ko‗pgina hollarda banklarning fond bozoridagi faoliyatini investitsiya kompaniyalari ish–faoliyati bilan tenglashtirish mumkin. Banklar aksiyalar, obligatsiyalar, depozit va jamg‗arma (omonat) sertifikatlarini chiqaradi, shu tarzda mablag‗larni jalb etib, resurslar yaratib, keyinchalik bu resruslarni korporativ va davlat qimmatli qokozlariga investitsiya qilib hamda to‗g‗ridan–to‗g‗ri investitsiyalarni amalga oshirib, ulardan foydalanadi. O‗zbekistonda tijorat banklariga anderrayting bilan shug‗ulanish man etilmagan. SHunday qilib, tijorat banklari investitsiya kompaniyalari vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishi mumkin.
G‗arb davlatlarida banklar qimmatli qog‗ozlarni birlamchi tarqatish yilida qimmatli qoyuzlarni chiqarish va ularni birlamchi joylashtirishni tashkil etishda vositachilar sifatida faol ish olib boradi. Banklarning qimmatli qog‗ozlarni xususiy joylashtirish bo‗yicha vazifasi (matbuotda e‘lon qilmasdan va obunachilar keng qatlamining ishtirokisiz) keng tarqaldi. Rossiya Federatsiyasida, masalan, investitsiya banklari mavjud bo‗lmagani tufayli, tijorat banklari emitentlar uchun hujjatlarni va
qimmatli qog‗ozlar chiqarish shartlarini ishlab chiqadi, fond bozorini tartibga soluvchi organda qimmatli qog‗ozlar chiqarishning ro‗yxatdan o‗tkazilishini ko‗zatadi, sarmoyadorlarni qidirib topish bilan shurullanadi, birlamchi tarqatishni amalga oshiradi, qog‗ozlarni chiqarish yakuni to‗g‗risida hisobot tuzadi, qimmatli qog‗ozlarning sotilishini kafolatlaydi va x.k

    1. Download 0,62 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish